Ta`limiy maqsad: o`quvchilarni bosh miya haqida egallagan bilimlarini boyitib borish, bosh miya katta yarim shari,tuzilishi,vazifasi,ahamiyati haqida bilim berish.
Tarbiyaviy maqsad: mavzu mohiyatini yoritish maqsadida “Miya yomg’iri” o’yinidan unumli foydalanish. Xotira mashqi o’yini orqali o`quvchilarda zukko, bilimdon, topqir bo`lish fazilatlarini tarbiyalash. O`quvchilarni anatomiya faniga qiziqishini orttirib borish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarga ilmiy atamalar orqali ularni nutq madaniyatini oshirish, faollik qobiliyatini rivojlantirib borish.
1.O’quvchilar o’tgan mavzuni mustahkamlash uchun “Venn diagramasi” orqali bosh miya qismlarini,ularning o’xshashlik va farqini ajratim ikkalasiga tegishli bo’lgan umumiy belgini beradi .
2 O’quvchilar 3 ta guruhga bo’linib bellashadilar.
3 Dunyo va O’zbekistondagi yangiliklar, prezidentning yangi farmonlari haqida o’quvchilar ma’lumot berishadi.
4.”Raqamlar so’zlaganda” va “Miya yomg’iri” o’yinlarini bajarish.