1-jadval
Iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda tadbirkorning asosiy huquqlari27
o‘z faoliyati uchun istalgan turdagi firma ochish
|
mulk va mulkiy xuquqlarni boshqa firmalardan sotib olish
|
o‘zining mulki bilan bozor munosabatlarining boshqa iqtisodiy sub’ektlar faoliyatida qatnashish
|
tomonlar kelishuvi bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar mulkni ijara va boshqa shartnomalarda foydalanish
|
shartnoma va boshqa shartnomalarda ishchilarni yollash yoki bo‘shatish pul mablag‘larini saqlash uchun bankda o‘z nomiga yoki firma nomiga hisob raqamini ochish
|
hisob-kitob, kredit va kassa operatsiyalarini barcha turlarini amalga oshirish
|
shaxsiy tadbirkorlik faoliyatidan cheklanmagan foyda olish
|
Iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda tadbirkor asosiy huquqlarni amalga oshirishi bilan birga tadbirkor quyidagi xislatlarga ega bo‘lishi lozim:
- faoliyat sohasini kasbiy bilish, ma’lum miqdorda marketing faoliyati, boshqaruv bilimlarini ishlab chiqarish tajribasi, jalb qilinadigan resurs va pul mablag‘lari, bozordagi o‘rni va o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olish;
- iqtisodiy fikrlash, ishlash madaniyati, amaliy tajriba, ishlab chiqarish tashkil etish, maqsadga erishish va foyda olish uchun o‘z tavakkalchiligiga ishonib harakat qilish hamda bozor imkoniyatlarini tahlil qilish va foydalanish:
Tadbirkorlar o‘z ishini o‘z foydasi yoki firma foydasi uchun tashkil etadi. Shuning uchun ham, tadbirkorlik faoliyatiga eng kuchli motivatsiyalar xosdir. Yuqori texnologiyali sohalarda shaxsiy ish odatda aniq ilmiy-texnik fikrlar bilan bog‘langan bo‘ladi. Chunki, tadbirkorlar mahsulot yaratish texnologiyasini yaxshi tushunadi.
Tadbirkorlik faoliyati konversion omadga erishishga yo‘naltirilgan, ya’ni foyda va tadbirkorlik daromadini olish, bu egalik qilishning bunday faoliyat amalga oshiriladigan bozor shartlari bilan kelishilgan va faqat iqtisodiyotning bozor tizimi bilan bog‘liq bo‘ladi. Tadbirkorlikning sof foydasini ko‘p qismi shaxsiy iste’molga emas, balki keyingi xo‘jalik faoliyatining samaraliroq yo‘nalishlarini rivojlanishga yo‘naltiriladi. Tadbirkorlik faoliyati kapitalni eng yaxshi tarzda ishlatishga yo‘naltirilgan bo‘ladi, jumladan bular jumlasiga shaxsiy va boshqa mulk hamda moliyaviy, material, texnik va mehnat resurslari kiradi.
Umuman aytganda, nisbatan barqaror va bozor kon’yunkturasi o‘zgarishlariga tez moslashuvchan, yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradigan kichik biznesni jadal rivojlantirish masalasini hal etish bizning sharoitimizda hamon muhim ahamiyatga molik masala bo‘lib qolmoqda. Ushbu masalani hal etishda kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi vazifalari quyidagidardan iborat:28
- iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash;
- yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar etkazib berish;
- yangi ish o‘rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni ta’minlash;
- bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish;
- ilmiy-texnikaviy inqilobni jadallashtirish;
- resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish;
- soliq tushumlari hajmining o‘sishini ta’minlash;
- aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish va boshqalar.
Darhaqiqat, tadbirkorlar mulk xo‘jaligi foydalanuvchi va boshqaruvchisi sifatida chiqadi. Bu esa mulk sub’ekti sifatida uning harakatlarini qamrab oladi, ya’ni uning davriy qaytarilishidagi haqiqiy jarayonni amalga oshirish uchun zarur. Bu yo‘nalishlar quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- erkin va mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish imkoni, ya’ni egalikni uning haqiqiy ko‘rinishida amalga oshirish;
- ishlab chiqarishning barcha ishtirokchilari va faoliyatining barcha turlarini muvofiqlashtirish;
- ishlab chiqarish va sub’ektni tashkillashtirish, pul mablag‘lari xarajati mulkning ijaraga olinishi va berilishi.
Ma’lum bir mahsulot ishlab chiqarish va tadbirkorlik foydasini olishda vosita sifatida foydalaniladigan mulkka egalik, foydalanish xuquqiga ega mulkdor boshqaruvchiga aylanadi, mulkchilik munosabatlari esa boshqaruv munosabatlariga aylanadi. Shunday qilib, tadbirkorlikning mohiyati bozorning o‘zgaruvchan sharoitida kapital, mulk, patent huquqlari va resurslar ko‘rinishlari, kapital mulkni eng yaxshi ishlatish imkonini topish va bu imkoniyatlarni amaliy faoliyatga aylanishiga erishishdan iborat bo‘ladi.
Tadbirkorlik iqtisodiyotda alohida bozor xo‘jaligining sub’ektlarini bo‘lishini taqozo etadi va bunda o‘zaro huquqiy, yuridik, moliyaviy va boshqa munosabatlarga kirishadi. Bunday sub’ektlar kontragent, tomonlar va boshqalar deb nomlanadi. Iqtisodiy alohidalik ularning xo‘jalik erkinligi va ularning faoliyat natijalari uchun mulkiy javobgarlikni bildiradi.
Tadbirkorlik faoliyati sub’ektning xo‘jalik faoliyati natijalari uchun mulkiy javobgarlikni taqozo etadi. O‘z faoliyatini yuridik shaxs tashkilisiz olib borayotgan tadbirkor faoliyat bilan bog‘liq majburiyatlarga mamlakat qonunida ko‘rsatilgan mulk ko‘rinishidan tashqari butun mulki bilan javob beradi. O‘z faoliyatini yuridik shaxs sifatida olib borayotgan tadbirkor firmaning huquqiy holatiga qarab mulkiy javobgarlikni oladi. Bu butun kapital va shaxsiy mulk bilan yoki faqat kapital bilan amalga oshiriladi.Tadbirkorlik ishining natijalari uchun jamoa ma’muriy javobgarlikni emas, balki shaxsiy iqtisodiy javobgarlikni taqozo etadi. Shuningdek, tadbirkor quyidagi majburiyatlarga ega bo‘ladi (1-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |