Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


-MAVZU. TURIZM XIZMATLAR BOZORIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISH



Download 6,6 Mb.
bet30/141
Sana03.01.2022
Hajmi6,6 Mb.
#315126
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   141
Bog'liq
Turistik xizmatlar bozori(1)

17-MAVZU. TURIZM XIZMATLAR BOZORIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISH

Reja:

  1. Turizm va mehmonxona biznesida tadbirkorlik faoliyatini boshqarish strategiyasi, boshqaruv bug‘ini va boshqaruv bosqichi.

  2. Turizm va mehmonxona biznesida tadbirkorlik faoliyatining boshqaruv strukturalarini tashkiliy turlari.

  3. Chiziqli (pog‘onali) struktura. Chiziqli shtabli struktura. Funksional struktura.

  4. Dasturli-maqsadli. Matritsali struktura.

  5. Turizm va mehmonxona biznesida raxbarning boshqaruv uslubi.

  6. Xodimlar odobi. Qabullar o‘tkazish qoidalari.

Tadbirkorlik faoliyati ijtimoiy-iqtisodiy mazmunga ega faoliyat hisoblanadi. Chunki, bu faoliyat xo‘jalik faoliyatining asosiy turi bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. O‘z nomi va uning xavf-xatariga doimiy asosda ular tadbirkorlar deb aniqlanadi.

Bu faoliyat davlat huquqiy normalariga rioya qiladi va o‘z faoliyati uchun mulkiy javobgarlik hamda bozor xo‘jaligining alohida sub’ektlarining resurs va kapitallarni eng yaxshi ishlatish yo‘li bilan ko‘zlangan natijaga etishishni ko‘zlaydi.25

Bozor islohotlarining hozirgi bosqichidagi g‘oyat muhim vazifa, avvalo, ishlab chiqarish sohasidagi davlat korxonalarini xususiylashtirish va ular negizida vujudga kelayotgan tadbirkorlik tuzilmalarini aniq maqsad bilan qo‘llab-quvvatlash orqali mulkdorlar sinfini shakllantirishdan iborat.

Jamiyatimiz uchun yangi bo‘lgan mana shu ijtimoiy tur uning faoliyat sohalari shakllarini o‘rganishning nazariy ehtiyojlarigina emas, balki amaliy zaruratni ham shart qilib qo‘ymoqda.

Hozirgi kunda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim vazifasi - ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish, uni hal etishning asosiy yo‘li esa, ishlovchining mehnat natijalariga qiziqishini oshirishdir. Bozor munosabatlari mehnat bozorida biznesni yuritish, o‘z ish o‘rnida turli muammolarni hal etish qobiliyatiga ega xodimlarga talabning ortishiga olib kelmoqda.

Bozor munosabatlari chuqurlashuvi, iste’molchilar talablariga mos keluvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish doirasi kengayishi, aholining ish bilan bandligining oshishi biznes rivojiga bog‘liqdir.

Avval aytib o‘tganimizdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash, imkoniyatlar berish borasidagi davlatimizning oqilona iqtisodiy siyosati tufayli mamlakatimizda qulay makroiqtisodiy muhit yaratilib kelinmoqda. Natijada, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari soni ko‘paymoqda.

Tadbirkorlik alohida faoliyat turi sifatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ma’lum fikrlash doirasi, o‘zga xo‘jalik xulqi va uslubini taqozo etadi. Chunki, tadbirkorlik faoliyatining eng muhim vazifasi individual tadbirkor faoliyati yoki firmaning samarali ishlashini ta’minlashdan iborat.

Bu esa yangi sharoit va yangiliklar hamda xilma xil manbalarda qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun resurslardan samarali foydalanishni ko‘zlaydi.

Tadbirkorlik mustaqil faoliyat sifatida bu faoliyat sub’ektlarini turli yo‘nalishlarda erkinligi va mustaqilligini taqozo etadi. Tadbirkorlik xo‘jalik foliyati sifatida shaxsiy tadbirkorlik yoki firma faoliyatini sohasi va turidan qat’iy nazar, xo‘jalik jarayonini tashkil etish va boshqarishni taqozo etadi.

Avvalo, tadbirkorlik faoliyati yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslar - bu yakka tadbirkorlar bo‘lsa, yuridik shaxs esa mulkiy xuquq va majburiyatlarni oluvchi hisoblanadi.

U xo‘jalik oborotida o‘z nomidan chiqadi. Uning tarkibiga kiruvchi shaxslardan mustaqil ravishda ishlaydi va kirayotgan majburiyatlari bo‘yicha o‘zining mulkiy javobgarligini oladi.

Yuridik shaxsning mulki a’zolarining shaxsiy mulkiga ajratiladi. Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati yakka tartibdagi xususiy tadbirkorlik faoliyatiga kiradi. Yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyati jamoa tadbirkorligiga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, tadbirkorlik faoliyati – bu tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida foyda olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.26

Tadbirkorlik faoliyatini yuqorida keltirilgan ikkala shakli ham tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli mulk va kapitalni xususiyligiga asoslangani bilan birga chetdan olinadigan moliyaviy mablag‘larga asoslanadi. Tadbirkorlik faoliyatining ikkala shaklida ham ishchilarning yollanma mehnati qo‘llanishi yoki qo‘llanmasligi mumkin.

Yakka tadbirkor aniq mulkka qo‘yilgan kapital mulkdori bo‘lishi mumkin, egalik qilish huquqi foydalanish xuquqini oladi, ya’ni kerakli resurslardan foydalanib xo‘jalik jarayonini tashkil etishga qo‘yayotgan mulkning yakka tadbirkor jismoniy shaxs sifatida o‘z kapital va mulkiga ega bo‘lmasligi ham mumkin. Biroq, natijada tadbirkorlik daromadi va foydani olish bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini tashkillashtirish uchun arenda qilingan mulklarni va zayom mablag‘larini jalb qilishi mumkin.

Yakka tadbirkorlik faoliyati zamonaviy sharoitlarda yuqori texnologiya va fikrlar bilan bog‘liq yangi sohalarda keng tarqaldi, u jismoniy shaxs sifatida patentlar va ularni tashkillashtirish va ishlab chiqarishga singdirish uchun moliyaviy mablag‘larga ega bo‘ladi.

Yakka tadbirkorning faoliyat sohasi va yo‘nalishni tanlashda yirik firmadagi menejerdan ko‘ra ancha katta harakat erkinligiga ega. Tadbirkor xo‘jalik faoliyatini o‘z nomidan va o‘z xavfiga amalga oshiradi.

Demak, tadbirkor - bu shaxsiy tashkillashtirishga shaxsiy mablag‘larini qo‘yayotgan va shaxsiy tavakkalchilikni uning natijalari bilan o‘ziga olayotgan shaxsdir. Boshqa bozor munosabatlari ishtirokchilarini xo‘jalikning aloqalarini amalga oshirib, tadbirkor shartnoma tomoni bo‘lib chiqadi.

U boshqarayotgan firma yoki o‘z nomidan shartnomani imzolash huquqini aniq shaxsga berishi mumkin va ana shunday vakolatlar chegarasini belgilaydi.

Shular bilan birgalikda, tadbirkor quyidagi xuquqlarga ega bo‘ladi (.1-jadval):




Download 6,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish