Urganch davlat universiteti tarix fakulteti



Download 326,5 Kb.
bet5/21
Sana19.01.2017
Hajmi326,5 Kb.
#664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Farg’ona. Turkistonning qator davlatlari haqida ko’plab ma’lumotlar to’plagan Xitoylik elchi Chjan Syan ,, Dovondan (Farg’onadan) g’arbga tomon Ansigacha (Parfiyagacha) bo’lgan ulkan hududda kishilar turli lahjalarda so’zlashsalarda, ammo ularning urf-odatlari o’xshash va muomalada bir-birlarini tushunadilar” -deb ko’rsatgan. Xitoyliklar Farg’onani Dovon (ulug’ van) deb atagan.

Miloddan oldingi II-I asrlardagi Xitoy manbalari bu yerda dehqonchilik, chorvachilik ayniqsa yilqichilik keng rivojlanganini ko’rsatadi.

Dovon (Farg’ona) ma’lum siyosiy uyushmani tashkil etgan bo’lib, davlatni boshqaruvchi hukmdor Van (podsho) unvoni bilan ish yuritgan. Davlat hukmdori mamlakatning siyosiy va diniy hayotida katta ahamiyatga ega bo’lgan oqsoqollar kengashiga tayanib ish ko’rgan. Oqsoqollar urush va sulh tuzish masalalarini hal etishda ishtirok etganlar va hatto hukmdorning taqdirini ham hal etganlar.

Dovon podshohlarining bosh shahri Ershi va ikkinchi shahar Yuchen deb ko’rsatiladi. Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra miloddan oldingi II-ming yillikdayoq dehqonchilik madaniyati yuksak bo’lganligi ko’rsatiladi. Farg’onada yetishtiriladigan uzum va beda o’simliklari xitoyliklar uchun yangilik bo’lgan. Milodning I-II-asrlariga kelib, qadimgi Farg’ona vodiysida ko’p sonli manzilgohlar, qal’alar, qo’rg’on va ko’xna shaharlar qurulganki, bugungi kunda buni arxeologlar o’z qazishmalarida aniqlab berganlar.

Bunday aholi yashovchi manzilgohlarning keng yoyilishi sug’orma dehqonchilik va irrigatsiya ishlarining yuqori darajada rivojlanishi natijasi edi. Xitoylik muallif ,,Davanda yetmishga yaqin katta-kichik shaharlar mavjud. Davan va Dahya (Baqtriya) o’rtasida o’xshashliklar ko’p” kabi guvohliklari diqqatni o’ziga jalb qiladi”1.

Farg’onaning miloddan oldingi I-mingyillikning so’ngi asrlaridagi tashqi siyosatida Xitoy alohida o’rinda turgan. Xitoyliklar Farg’ona va u orqali O’rta Osiyo va Eron bilan savdo aloqalari o’rnatgan. Xitoyliklarni Farg’ona otlari-arg’umoqlari qiziqtirganki, shu sababdan bu otlarni samoviy otlar-uchar otlar deb atashgan.

Yuqorida ko’rsatilgan 70 shahardan Ershi Farg’onaning markazi bo’lib, unda hukmdor qarorgohi bo’lib ikki qator devor bilan o’ralgan. Lekin, qadimgi Farg’onada har doim ham osoyishtalik bo’lgan emas. Xitoyliklar Farg’onaga bir necha marta bostirib kirishga muvaffaq bo’lishgan.

Miloddan oldingi 104-yili 6000 otliq askar va o’nminglagan piyodalar bilan Xitoy qo’shini Farg’ona sarhadlariga hujum uyushtirgan. Lekin ko’plab talofat ko’rgan dushman orqaga qaytishga majbur bo’lgan. Shunga qaramasdan miloddan oldingi 102-101-yili dushman 60000 qo’shin, 100000 ho’kiz, 30 ming ot, 100ming hachir, eshak va tuyalar bilan yana hujum qilib ancha hududlarni bosib oladilar. Lekin farg’onaliklar Xorazm qo’shini yordami bilan xitoyliklarni quvib chiqarishgan. Shunday qilib Farg’ona (Dovon) Xitoy, Hindiston va boshqa sharq davlatlari bilan savdo aloqalari o’rnatib xalqaro savdoda muhim o’rin tutgan.

Tohariston. ,,Miloddan oldingi I-mingyillikning so’ngi I-II asrlarida mintaqaning Baqtriya qismida Tohariston yuzaga keldi. Baqtriya hududida turgan siyosiy kuchlar toharlar (yuechjilar) edi”1. Baqtriyaga ko’chgan yuechjilar 10000 xonadon-40000 kishi bo’lgan. Toharlar (yuechjilar) beshta siyosiy xonadondan iborat bo’lgan. Ular xyumi, shuanmi, gueyshuan (kushon), xeytun, gaofu lardan iborat edi. Ularning sardori yabg’u (jabg’u) unvoniga ega bo’lib, har bir yabg’u o’z qarorgohida o’tirgan. Ma’lumotlarga binoan yuechjilar ham eftaliylar va chingiziylarga o’xshab o’lkani ,,chetdan turib” boshqargan. Toharlar Baqtriyada hukmron siyosiy kuch sifatida viloyatning iqtisodiyot va madaniy hayotiga ko’p ham aralashmay, asosan o’z turmush tarzlaridan kechmagan holda mavjud mahalliy sulolalar bilan ma’lum asoslarda munosabatda bo’lganlar. Ular Baqtriyaga kelib o’rnashib olgach, mahalliy aholi bilan yaqinlashib ketganliklari, to’la ko’chmanchilik turmush tarzidan yarim ko’chmanchi, o’troq hayot kechirish yo’liga o’tib borganliklari begumon.

Milodiy I asrnini ikkinchi yarmiga kelib guyshuanlar (kushonlar) sulolasi hukmronligi boshlanadi. Bu davrda Baqtriyada 1mlnga yaqin aholi yashagan. Bu davrda asosan dehqonchilik, sun’iy sug’orish, hunarmandchilik, quruvchilik, haykaltaroshlik, zargarlik, to’qimachilik kabi hunarmandchilikning turli sohalari yuksak rivoj topgan edi. Shuningdek bu davrda tanga zarb etish davom qilgan va savdo-sotiq gurkirab rivojlangan.

Baqtriya bu davrlarda Turkistonning yuqori qismi Hindiston, o’rta va yaqin sharq va janubiy Yevropa mamlakatlari bilan savdo-aloqalarini rivojlantirishda muhim o’rin tutib kelgan. Toharistonning tashqi aloqalariga doir ma’lumotlar yetarli emas, lekin yunonliklar bergan ma’lumotlariga ko’ra toharlarning 124-123-yillarda parfiya bilan jang qilganligi ko’rsatiladi. Lekin keyingi davrlarda Parfiyaliklarning kuchli qarshiliklari toharlarni sharqqa yurishlarini to’xtatib qo’ygan. Shunday qilib, davlatchiligimiz tarixida o’zining o’rniga ega bo’lgan Tohariston keyingi davrlar milodiy I-IV asrlarda kushonlar davlatiga bog’liq saltanat tashkil topishida o’tgan davr shart-sharoitlari muhim ahamiyat kasb etgan.

Miloddan oldingi I-mingyillikdayoq mamlakatimizda davlatchilik asoslari qaror topib, mazkur jarayonda Xorazm, Baqtriya, Parfiya, Farg’ona va Tohariston kabi siyosiy birliklarning o’rni katta bo’lgan, o’sha qadim zamonlardayoq dunyo hamjamiyati madaniy taraqqiyotida o’z munosib o’rnimizni mustahkamlashda ular muhim omil bo’lib xizmat qilganlar.




Download 326,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish