O’rta Osiyoda siyosiy tarqoqlik sharoitida sulolaviy boshqaruv.
O’zbek davlatchiligining chorizm istilosidan oldingi so’nggi bosqichi, XVI asrdan, hokimiyat shayboniylar qo’liga o’tishdan boshlandi. Zero bu davr davlat boshqaruvida shu choqqacha shakllanib kelgan an’analardan chekinib borish holati ko’zga tashlanadi. Bunga sabab ,,shayboniylarning o’zlari ham, ular suyangan harbiy-siyosiy qatlamlar ko’chmanchi muhit vakillari”-deb yozgan edi Azamat Ziyo.
XVI asrda Temuriylar saltanatini barbod bo’lishi bilan Turon va Eronda ikki yangi siyosiy kuch shayboniylar va qizilbosh (safaviylar) siyosiy maydonga chiqib, Temuriylar mulklari uchun o’zaro kurash boshlagandilar. Movaraunnahrda g’alaba qozongan shayboniylar vakillari jumladan, Abdullaxon II davrida mintaqani birlashtirishga erishgan edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |