Ashtarxoniylar davriga kelib, XVII-XVIII asrning birinchi yarmi davlat boshqaruvida hokimiyat markazda ham viloyatlarda ham bir idora dargohda mujassamlashib borgan. Ashtarxoniylar zamonida qushbegining mavqei o’sgan. Ya’ni qushbegi amirlarning eng ulug’i hisoblangan.
Demak, ashtarxoniylar davrida markaziy hokimiyatning zaiflashuvi, mahalliychilik, siyosiy bosh-boshdoqlik kuchaya bordi. Davlatning siyosiy mavqei susayaborishi bilan hayotdagi xalqaro mavqei ham susaya borgan. Bu vaqtda ilm-fan, texnika taraqqiyotida harbiy san’atda ilgarilab borayotgan Yevropa davlatlari bilan aloqa o’rnatish, jahon siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-madaniy davrasiga kirish, buning orzusida dunyoviy fikrlash, siyosat yuritish an’anasi bizning siyosatchilar, davlat arboblarida bo’lmagan. Shuning uchun ajdodlarimiz gidravlika, mashina, mexanizmlar, eng zamonaviy harbiy qurollardan bexabar qolaverganlar. Ta’kidlash joizki, XVIII asrga kelib bu vaqtgacha 2400 yillik ulkan davrga ega bo’lgan o’zbek davlatchiligida bo’linish, tarqoqlik yuzaga keldi. Millat va jamiyat boshqaruviga da’vogar uch yerda: Buxoro, Xiva va Qo’qonda mujassamlashgan bu davlatchilik davlatning yemirilishiga va nihoyat chorizm bosqiniga dosh berolmay qaramlikka yuz tuban bo’lishiga olib keldi.
XVI asrga kelib Xorazmda siyosiy kuchlar o’zboshimchalikka berilib, mamlakatni tarqoq ahvolga solishgan. Xorazmni 1505-1770-yillarda shayboniylar sulolasi boshqargan. Xorazmda 1770-yili hokimiyat qo’ng’irot sulolasi vakili Muhammad Amin qo’liga o’tadi.
Xiva xonligi davlat boshqaruvida Munis ,,Abdulg’ozixon o’zbekdan uch yuz yetmish kishiga amal berdi. Alarning 32 tasiga o’z yonidan o’rin berdi. Ikki shayhulislom, ikki qozi, bir rais, bir mutavalli, bir naqib, to’rt otaliq, to’rt inoq, to’rt mirob, to’rt chig’atoy inohi va bir vazirkim, halo mehtar derlar va bir qushbegi, bu ikkovi o’rinsiz ham xon huzurida oyoq ustida turadilar”1.
Xiva xonligida inoq vazifasi katta ahamiyat kasb etgan. Lekin, XIX asr 1-yarmiga kelib, muhim lavozim qushbegi hisoblangan. Keyinchalik devonbegi lavozimi oliy hukmdordan keyingi ikkinchi kishi hisoblangan. Devonbegi oliq, soliq, moliya ishlari, harbiy masalalar , hatto dushman bilan muzokara olib borish sulh tuzishi huquqiga ega bo’lgan. Shuningdek, dorug’a, qutvol, taqsobo, shig’ovul, yasovulboshi, yuzboshi kabi vazifalar mavjud bo’lgan.
Qo’qon xonligida esa, boshqaruv tizimi qushbegi, devonbegi, otaliq, parvonachi, dodxoh mavqei baland hisoblangan lavozim edi.
Mingboshi lavozimi harbiy hisoblanib, ba’zi zamonlarda nihoyatda yuqori bo’lgan. Chunonchi, qushbegi, parvonachi lavozimlari egalariga mingboshi harbiy lavozimi berilgan. Jumladan: Qo’qonda Musulmonqul mingboshi hatto hokimiyatni qo’lga olib, hokim ishlarini yurgizgan.
Ta’kidlash joizki, bu uch xonlikda ham hukmron mang’itlar, qo’ng’irotlar, minglar sulolalaridan chiqqan namoyondalar ham o’z davri va doiralarining o’qimishli kishilari edi. Qo’qon xoni Umarning ,,Amiriy”, malika Mohlaroyimning ,,Nodira”, ,,Komila”, ,,Maknuna”, Xiva xoni Muhammad Rahimxon II ,,Feruz”, uning ukasi Otajon To’ra Murod ,,Murodiy” taxallusida sherlar bitganlar. Abulg’oziy Bahodirxonning ,,Shajarai turk”, ,,Shajarai tarokima” kabi o’zbek tilida asarlar yozgan.
Shunday qilib, xalqimiz XVIII-XIX asrlarda dunyoning ko’pchilik xalqlari va mamlakatlaridan orqada bo’lmaganlar. Ammo davlat siyosatida yakka hukmronlik asosida qurilgan ijtimoiy-siyosiy tizimdagi yetakchi kuchlar xonu-amirlar, beku-amaldorlar faoliyatida zamonaviy taraqqiyot asoslarining inkor etilishi, ulardan milliy manfaat yo’lida foydalana bilmaslik tor doiralarida o’ralashib komillik, dunyo miqyosida fikrlashning yo’qligi pirovardida qimmatga tushdi.
Siyosiy jihatdan tarqoq, hududiy parchalanganlik, harbiy jihatdan qoloq bo’lgan mamlakat XIX asrning 60-70-yillarida Chorizm tomonidan istilo qilindi.
Xulosa.
Shunday qilib biz, ,,O’zbek davlatchiligi tarixi va uning taraqqiyot bosqichlari” mavzuidagi malakaviy ishimizda ajdodlarimiz yashagan bu jonajon makonda qadimgi davrlardayoq kichik-kichik kishilarning guruhlari yashagan xududlarda jamoaviy uyushmalardan yiriklari siyosiy birlashmalarga uyushib davlat asoslari tashkil qilib, o’zaro kurashlar zaminida qanday yo’sinda davlatga birlashganliklari va bu birlashmalar sinovlardan keyin tom ma’noda davlat shakllanishining evolyutsion jarayonlari hamda inqilobiy holatlarini ko’rdik.
Ma’lumki, ,,O’zbek davlatchiligining tamal toshlari bundan 2700 yil muqaddam shu muqaddas zaminda ayni Xorazm vohasida qo’yilgan”. Buni ko’plab tarixiy tadqiqotlar isbotlaydi. Shuningdek dastlabki davlatchalar bo’lmish Baqtriya, Parfiya, Girkaniya, Marg’iyona va Farg’ona kabi viloyatlar ham har biri o’ziga xos va, o’zaro farqli tarzda davlat birlashmalariga uyushgan. Avvalo hududimizga ahamoniylar so’ngra grek-makedoniyaliklar hujumi va istilolari oqibatida qadimgi davlatchiligimiz ichki iqtisodiy rivojiga qattiq ta’sir qilgani holda, tashqi siyosiy aloqalarni ham bug’ib qo’ygan.
O’z mustaqilligiga erishgan Xorazm va boshqa davlatlar o’zlarining ichki va tashqi siyosatlarini olib borganlar. Ilk o’rta asrlardayoq bu davlatlarga sharqdan Xitoy, janubi-g’arbdan Eron va boshqa davlatlarning siyosiy harakatlariga qarshi o’laroq yana turkiy qabilalarning O’rta Osiyoga hujumlari va ularning siyosiy-iqtisodiy faoliyatlariga qarshi turgan vatanimiz hududlarida ilk o’rta asrlarda tarix sahnasiga chiqqan Xorazm, Baqtriya, Parfiya, Farg’ona va Tohariston kabi davlat birliklari ko’p xollarda alohidalik maqomida faoliyat ko’rsatganlar. Shunday qilib miloddan boshlab davlatchilikda saltanatchilik namoyon bo’la boshlaydi.
Ta’kidlash joizki, saltanatchilikning o’ziga yarasha ijobiy va salbiy oqibatlarini ko’rsatish zarur. Mamlakatni birlashtirish, xududiy yaxlitlikni ta’minlash, savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, madaniy aloqalarni o’stirish, xalqaro maydonda izchil va faol siyosat yuritishda saltanatchilik shubhasiz, ijobiy ahamiyat kasb etadi. Saltanat parchalanib, sulolalar almashinuvi oqibatida shakllangan an’analarning o’zgarishi sodir bo’ladi.
Temuriylar saltanatining parchalanishi, shayboniylarning hokimiyatga kelishiga olib keldi. Siyosiy tarqoqlik oqibatida O’rta Osiyoni Chorizm iskanjasiga tushib qoldi.
Davlatchilik tarixida munozarali davr o’zining ,,mayda davlatlari” birliklaridan iborat bo’lgan bo’lsa, islom davri jamiyatda boshqaruvning yagona mafkurasini shakllantirdi. ,,Davlatchilik” masalasining tadqiqotchisi Azamat Ziyo X-XIII asrlarni davlatchiligimiz tarixidagi o’ziga xos ,,oltin davr” deydi. Shuningdek, navbatdagi o’ziga xos bir masala (oltin davr) boshqaruvning klassik shakllarini yuzaga kelishi, ilk uyg’onish” natijalari, ilm-fan rivoji, tarixiy bosqich sifatida belgilash zarur. Tarixda Temur va Temuriylar davri alohida bosqich tarzida qarash zarur. Bu davrda mamlakat butun dunyoning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-madaniy markaziga aylandi. Ta’kidlash joizki, davlatimiz Amir Temurgacha ham, undan keyin ham ana shunday taraqqiyot darajasiga erisha olmagan. XVI asrdan boshlab davlat boshqaruvi an’analarining orqaga qaytish jarayoni kechdi.
Davlatchiligimiz tarixidagi salbiy omillardan biri-bu yagona davlatning bir necha mustaqil siyosiy bo’laklarga bo’linib ketishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |