Urganch davlat universiteti tarix fakulteti


Temur va temuriylar davri



Download 326,5 Kb.
bet3/21
Sana19.01.2017
Hajmi326,5 Kb.
#664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Ilmiy o’rganilishi. Darhaqiqat, uchrashuvda qo’yilgan muammolar o’z yechimini topdi. Shu jumladan akademiklar A.Muhammadjonov, Bo’riboy Ahmedov, G.A. Pugachenkova, A. Asqarov, K. Shonyozov, Hamid Ziyoyev, Azamat Ziyoyev va boshqa olimlarning ilmiy faoliyatlarida davlatchilik tarixi va uning o’ziga xos xususiyatlari hamda o’zbek xalqining kelib chiqishi masalalari ilmiy dalillar asosida va chuqur tahlillar zaminida yoritilgan. Biz bitiruv malakaviy ishimizga olgan ,,O’zbek davlatchiligi tarixi va uning taraqqiyot bosqichlari’’ mavzuimizni yuqorida nomlari zikr etilgan tadqiqotlardan foydalangan holda bajardik. Shuningdek malakaviy ishni tayyorlashda Xorazm viloyatining mustaqil respublikamiz iqtisodiyotiga munosib hissa qo’sha bilgan fidoiy tadbirkorlari hamda fermerlik harakati ilg’orlarining xotiralari, mahalliy muzeylar eksponatlari va axborot-resurs markazlarida mavjud bo’lgan materiallaridan foydalangan holda bajardik. Ishimizni yaratishda respublikamiz prezidenti mustaqil davlatimizning bunyodkori Islom Karimovning asarlari ilmiy va nazariy asos, ilmiy yo’l-yo’riq, qiyosiy va nazariy jihatdan asosiy ko’rsatma bo’lib xizmat qildi.

O’zbekiston hududida, umuman, O’rta Osiyo mintaqasida eng qadim zamonlardan kechgan davlatchilik tarixi masalasi ilgari maxsus o’rganilmagan. Hech qachon shu tarzda mavzu va maqsad qilib qo’yilmagan. Shuning uchun ham biz mazkur yo’nalishda ilgari amalga oshirilmagan biron maxsus ishni xotiramizga keltira olmaymiz. Har holda shunday faktni uchrata olganimiz yo’q. Shunga qaramay, mamlakatimiz o’ramida O’rta Osiyo mintaqasida davlatchilik tizimi bo’lgani hech qachon inkor etilmagan. Biroq, mazkur davlatchilik tizimlari to’g’ridan-to’g’ri o’zbek jamiyati bilan bog’liq tarzda va shu yurtda uzluksiz kechgan bir jarayon sifatida hech qachon qarab chiqilmagan.

Mustaqillik sharofati bilan biz o’tmish taraqqiyot yo’limizni hech bir mafkuraviy aqidasiz o’rganish va yoritish imkoniga ega bo’ldik. Chunki ,,tarix xotirasi, xalqning, jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining holis va haqiqiy tarixni tiklash, milliy o’zlikni anglash, ta’bir joiz bo’lsa, milliy iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida g’oyat muhim o’rin tutadi”1-degan edi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov.
Ilk davlatchilik asoslari (miloddan oldingi davr) ,,O’zbek davlatchiligining tamal toshlari bundan 2700 yil muqaddam shu muqaddas zaminda ayni Xorazm vohasida qo’yilgan. Shu ma’noda milliy davlatchiligimiz tarixi Misr, Hindiston, Yunoniston, Eron kabi eng qadimiy davlatlar tarixi bilan bir qatorda turadi. Darhaqiqat, Respublika prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, davlatchiligimiz tarixi qadimiydir. Mazkur davlatchilik asoslari ko’xna Xorazmda paydo bo’lgani haqida ko’plab olimlar: Tolstov S.P, Dyakonov I, Vorobyeva M, Vaynberg B va boshqalar ta’kidlashgan. Buni ,,Avesto” ma’lumotlari ham tasdiqlaydi.

Akademik B.G’ofurov Avestoning ,,Gota”, ,,Gohlar” qadimgi Xorazm davlatida yaratilgan deb ko’rsatiladi. Aynan shu fikrni V. Morkvariy, S.P. Tolstov, Kisevling, I. Dyakanov, M. Vorobyeva, B. Vaynberg kabi olimlar o’z asarlarida ko’rsatishgan.

Tarixiy manbalarda ko’rsatilishicha, miloddan oldingi I-mingyillik boshlaridayoq o’lkada Xorazm, Baqtriya, Arriana, Parfiya, Girkaniya, Marg’iyona, Farg’ona kabi viloyatlar mavjud bo’lgan. Shuni ta’kidlash joizki, ko’plab manbalarda ko’rsatilishicha, Ahamoniylar bosqinigacha bo’lgan davrda o’lka asosiy qismini birlashtirib turuvchi siyosiy omil, markaz Xorazm hisoblangan. Rivoyat va afsonalarda ko’rsatilganidek, Xorazmning eng qadimiy siyosiy sulolalari haqida siyovushiylar tilga olinadi. Uzoq davr mobaynida mustaqillik uchun olib borilgan kurashlardan so’ng miloddan oldingi IV asrdagina Xorazm Ahamoniylar zulmidan halos bo’ladi. Hatto Aleksandr Makedonskiy bosqini davrida ham Xorazm o’z mustaqilligini saqlab qola olgandi.

Shunday qilib Xorazm Aleksandr bosqinidan ham, undan keyingi Salavkiylar saltanatidan ham mustaqil holda yashab kelgandi. Salavkiylar saltanati inqirozi tufayli unga qaram bo’lgan So’g’diyona, Baqtriya, Parfiya uning tarkibidan ajralib chiqqandilar. Lekin, bu o’lkalar o’z mustaqilligini saqlab qololmasdan, miloddan oldingi 170-yillarda So’g’diyona va Shosh, Xorazm ta’sir doirasiga tortilgan. Sayyoh kuzatishlariga binoan ,,Xorazm davlati hududlari sharqda Farg’ona, janubda Parfiya va Baqtriya bilan chegaradosh bo’lsa, g’arbiy sarhadlari Buxoro va Xorazm vohalarini o’z ichiga olgan”1.

Shuningdek, xitoylik tarixchilar miloddan oldingi I asrda Xorazmga Orol va Azov dengizilari oralig’idagi alanlar (osetinlar ajdodlari) va Ural oldi o’rmon qabilalari ham u yoki bu shaklda qaram bo’lganligini yozib qoldirishgan. Demak, miloddan oldingi so’nggi asrlarda xorazmlik siyosiy kuchlar Qora dengizdan to Farg’onagacha bo’lgan ulkan hududda o’z siyosatlarini yurgizib turgan, katta qudrat egasi hisoblanganlar. Xorazm davlati hukmdorlari bu vaqtda o’z tangalarini zarb qildirishgan. Bu tangalarning bir tomonida podshoh tasviri, ikkinchi tomonida esa otliq askar tasviri tushirilgan bo’lgan. Pul tizimining yo’lga qo’yilishi iqtisodiy munosabatlarning ravnaqiga turtki bo’lgan.

Mamlakatda savdo-sotiq rivojlangan bo’lib, sun’iy sug’orish uchun qanal-ariqlar qazilgan. Dehqonchilikning o’sishi shaharlarning rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan. Shuningdek, Xorazm davlati zamona talablari darajasida harbiy qo’shin saqlab uni zamonasining mavjud qurol-yarog’lari bilan ta’minlangan edi. Manbalarda ko’rsatilishicha Xorazm lashkari 120 ming kishilik qo’shindan iborat bo’lgan.

Tarixiy manbalarda Xorazm qo’shinining harbiy taktikasi hamda otlari, o’zlari og’ir sovutlarga chulg’anib yelkama-yelka qatorga tizilib, kamon, nayza, uzun qilich bilan qurollangan chavandozlar raqibni o’zlariga yaqinlashtirmasdan kamon o’qlari, uzun nayzalar yordamida dushman yon-atrofini o’rab olish bilan qirib tashlash usuliga asos solganlar. Shunday qilib, og’ir otliq saflari bilan jang qilish mahorati boshqa mamlakatlarga o’lkamizdan tarqalganini alohida ta’kidlash lozim.

Ma’lum bo’lishicha yangi milodiy davr boshlanishi arafasida Xorazm o’z zamonasining eng qudratli va rivojlangan siyosiy-iqtisodiy, madaniy markazlaridan biri bo’lgan.

Miloddan oldingi asrlar mintaqa siyosiy haritasida Xorazmdan tashqari Baqtriya, Parfiya, Farg’ona, Toxariston kabi davlat birliklari ham faoliyat ko’rsatgan.


Download 326,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish