Somoniylar sulolasi davlat boshqaruvi.
Jahon tarixida ulkan iz qoldirgan davlatlardan biri bu Arab xalifaligidir. VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalifalik kengaya borib, uning g’arbiy va sharqiy chegaralari kengaya bordi.
Narshaxiyning yozishicha, ,,673-yil kuzida Arab qo’shinlari Amudaryodan kechib o’tib, Buhoro shahri va boshqa viloyatlarni istilo qila boshladi. Keyingi yurishlari Qutayba ibn Muslim boshchilik qildi.”1 Shunday qilib VIII asrda o’rta Osiyo ham arablar iskanjasiga tushib qolgandi. Lekin tezda arablar istilo qilgan yerlarda axolining mustaqillik uchun kurashi boshlangan edi. Dastlab Xuroson va keyinchalik Movaraunnaxr o’z mustaqilligiga erishdi. Arablardan mustaqil bo’lgan bu davlatga samoniylar sulolasi asos soldi. Buxoro shaxri samoniylar davlatining poytaxti edi. Shunday qilib, buxoro sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi.
,,Ismoil Samoniy o’zbek davlatchilig tarixidagi 1600 yildan ortiq tajriba va an’analarni uddabironlik bilan davom ettira bilgan davlat arbobi xisoblanadi”2. U avvalo, mamlakat siyosiy birligini ta’minlash ishiga bel bog’lab Farg’ona, Sayram, Shosh, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Chag’oniyon, Xuttalon, Kesh, Xuroson, Seyiston, G’azna kabi qator viloyatlarni o’z hukmi ostida birlashtirdi. Demak hukmdor sifatida Ismoil Somoniy davlatchilik asoslarini qaytadan tiklashga muvaffaq bo’lgan. Keyinchalik esa, markaziy davlat boshqaruvini joriy eta olgan edi. Bu tizim asosini oliy hukmdor dargohi (saroyi) va devonlar (vazirliklar) majmui tashkil qilgan. Oliy hukmdor Amir unvoniga ega bo’lgan. Oliy hukumdorning ijrosi horis amiriga yuklatilgan. Dargoh havfsizligini amalga oshirish xizmatini bosh hojib va uning hodimlari olib borgan. Dargohda dasturxonchi, eshikog’asi, sharbatdor kabi xizmatlar ham bo’lgan. Har bir devonga idoralar qurib berishgan. Devonlar soni 10 ta bo’lgan. Har biri uchun alohida binolar qurilgan. Jumladan: bosh vazir devoni, moliya ishlari devoni, davlat rasmiy hujjatlarini ishlab chiqish devoni, soqchilar boshlig’i devoni, xat-xabarlar mutasaddisi devoni, saroy ish boshqaruvchisi devoni, muhtasib devoni, vaqflar devoni bilan qozilik ishlari devonidan iborat bo’lgan. Viloyat boshlig’i hokim, shahar boshlig’i esa, rais deb atalgan. Hokimni oliy hukmdor, raisni hokim tayinlangan. Davlat ishiga davlat tilini yaxshi biladigan, huquq me’yorlarini to’liq bilish, tarix, adabiyotni bilishi zarur edi. Shunday qilib davlatchilikning o’sha zamon uchun eng yuqori nuqtasi bu samoniylar davlatchiligi edi. Shu boisdan ham allomallarimiz davlatchilikning mag’zini anglab ,, Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga eltishdir” deb yozgan edi. Oddiygina qilib insonni deyilyapti, uning na mazhabi, na millati, yo boshqa tomoni ajratilayotgani yo’q. Demak hali O’rta asrlardayoq, somoniylar sulolasi hukmronligi zamonida mamlakatimizning davlatchilik tarixida buyuk maqsadlar qo’yishib, davlat shu maqsadlarga o’z faoliyatini qarata olgan. Xullas yurtimizda somoniylar hukmronlik qilgan asrlar jo’shqin voqealarga boy, namunali va saboqli davrdir.
,,Somoniylar davrida harbiy qo’shin ikki toifaga bo’lingan: doimiy ravishda faoliyat ko’rsatuvchi saralangan qismlar gvardiya va zarur hollarda viloyatlardan yig’iladigan qismlar. Saralangan qismlardagi xizmat kamida sakkiz bosqichdan iborat bo’lib, oddiy piyoda askarlikdan visoqboshi, ya’ni to’rt kishidan iborat guruhga boshliq darajasigacha bo’lgan yo’lni bosib o’tishga to’g’ri kelgan. Keyin u aylboshi (kichik qo’shin boshlig’i) maqomini egallashi mumkin bo’lgan. Bu darajaga tegishli tartib-intizom, talablar doirasida xizmat qilingandagina erishish mumkin edi”1. Ko’rdikki somoniylar davrida davlat boshqaruvi va harbiy xizmatning o’z davri uchun murakkab va salohiyatli tizimi tashkil etilgan. Mazkur masalaga katta e’tibor bilan qarab kelinganini shundan ham bilsa bo’ladiki, xazinadagi umumiy yillik daromad 45million dirhamni tashkil etgan holda shundan 20 million dirham davlat boshqaruvi va lashkarga sarf etilgan. Albatta, o’shanda ham poraxo’rlik, mansabni suiste’mol qilish kabi illatlar uchrab turgan. Ammo davlat tizimida va lashkarga ketgan sarf-xarajatlar o’zini oqlagan. Masalan, lashkar mamlakatning ichki va tashqi xavfsizligini ta’minlagan. Davlat idoralari esa, manba tili bilan aytganda, kanallar, yer osti ariqlari (koriz) qazish, ko’priklar qurish, shahar qishloqlar obodonchiligi, dehqonchilik borasida g’amxo’rlik qilish, karvon yo’llari xavfsizligini ta’minlash, karvonsaroylar, turli maqsadlar uchun mo’ljallangan binolar, bozorlar, yangi shaharlar bunyod etish kabi katta va serxarajat, ko’pchilik bilan bitadigan tadbirlarga bosh-qosh bo’lib ketgan. Shuning uchun ham bu davrda dehqonchilik, hunarmandchilikning ko’plab sohalari gurkirab rivojlanib, farovonlik hukm surgan.
O’tgan asrlarda bo’lgani kabi Farg’ona, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari, Shosh, Xorazm, Xuroson viloyatlarida dehqonchilik ishlari yuksak darajada amalga oshirib borilib, bug’doy, arpa, sholi, paxta, tariq, zig’ir, kunjut, kanop, no’xat, mosh, yosmiq, beda kabi qator ekinlar yetishtirilgan. Hosildorlik shu darajada bo’lganki, bir siqim don ekib, yuz siqim, hatto undan ham ko’p hosil olingan.
Bog’dorchilik, xususan, uzumchilik va polizchilik sohalarida ham yutuqlar shu kabi edi. Uzumning o’nlab navlari, mevalardan olma, shaftoli, o’rik, nok, anjir, behi, olcha, olxo’ri, anor, bodom, yong’oq, poliz ekinlaridan qovoq, qovun, sabzavotdan bodring, baqlajon, sabzi, piyoz kabilar yetishtirilgan. Xullas, bu boradagi mirishkorlik shu darajada bo’lganki, chet ellardan kelganlar yerning unumdorligi, hosilning yuqoriligi, hamma yerning ko’m-ko’k, ya’ni obod bo’lib turushini ko’rib hayratga tushganlar.
Hunarmandchilikning ahvoliga nazar tashlansa, shu narsa ma’lum bo’ladiki, paxta, ipak, jundan turli xil matolar, tayyor kiyimlar tayyorlanib, o’lka va yon-atrof ahlining talabi qondirilib kelingan. Qog’oz ishlab chiqarishda mamlakatimiz o’rta va yaqin sharqda, Yevropa mamlakatlari orasida birinchilikda turib, ularni bu noyob mahsulot bilan ta’minlab kelganini alohida ta’kidlash lozim. ,,Samarqand qog’ozi kabi qog’ozni , -deb yozgan edi X asr tarixchisi Istaxriy, -dunyoning hech bir yerida uchratmaysiz. Shuningdek shishasozlik (rang-barang shisha idishlar) bezaklar, deraza uchun oyna ishlab chiqarish, kulolchilik (ayniqsa, sopol idish, buyumlarni sirlash) borasida katta tajribaga ega bo’lingan. Ko’nchilik, gilam to’qish, misgarlik, qurolsozlik, temirchilik, kunjut, chigit, zig’ir, kanopdan may olish kabi o’nlab sohalar faoliyat ko’rsatib, jamiyat hayotini yaxshilashda muhim o’rin tutgan.
Somoniylar davrida konchilikka ham katta e’tibor berilgani ma’lum. Ayniqsa, Farg’ona vodiysida bu borada katta ko’lamdagi ishlar amalgam oshirilib, Axsikat, Navqotda oltin, kumush, yuqori Nisoda toshpaxta (astbest), qatron, kumush, oltin, feruza, temir, mis, qo’rg’oshin, Isfara tog’larida toshko’mir, qora, qizil ranglardagi talk slyuda, So’x yaqinida simob, O’zgandda novshadil konlari ishlab turgan. Shuningdek Farg’onada bu vaqtda tuz, neft kabi qimmatli xom ashyolar ham qazib olingan. Tuz konlari Iloqda Ohangaron vodiysi mavjud edi. Ammo bu yerda asosan kumush, qo’rg’oshin qazib olishga zo’r berishgan. Bundan tashqari mazkur vodiy tog’larida gilvata o’tga chidamli oq loy (kaolin), achchiqtosh, feruza, ofit (serpantin) ametist kabi qazilma boyliklari ham bo’lgan. Temir, oltin, mush, kumush, novshadil kuporos, aqiqning yo’l-yo’l turi, tuz konlari Ustrushonada (Shosh, Farg’ona, Chag’aniyon, Samarqand viloyatlari bilan o’ralgan makon) ham ishlab turgan.
Mintaqaning boshqa yerlarida (Xuroson, Badaxshon) ham yoqut, zaharmurda, oltin, kumush, la’l, tuz, toshpaxta, feruza, marmar, oltingugurt, margumush, agat konlari mavjud edi. Arxeologik qazishlar shuni ko’rsatadiki, konchilik texnalogiyasi o’z davri uchun yuqori darajada bo’lgan.
Shunday qilib, somoniylar davri tariximizda o’ziga xos o’rin tutib, bu davrda savdo-iqtisod rivojlanishi mamlakat taraqqiyotini ko’rsatuvchi omildir. Bu davrda savdoda oltin tangalar, ismoiliy, muhammadiy, g’itrifiy, musayyabiy, xorazmiy dirhamlari muomalada bo’lgan. Savdo gurkirab o’sganligi holatlari quyidagicha ta’riflanadi ,,Movaraunnahrning eng asosiy bozori, savdogarlar oqib keladigan joyi bu Samarqanddir. Movaraunnahrda ishlab chiqariladigan aksar mahsulotlar avval Samarqandga olib kelinadi”. Xuddi shunday ta’rifni Buxoro, Poykent, Binkat, Xo’jand, Termiz, Urganch shaharlariga nisbatan ham qo’llasa bo’ladi. Shunday qilib, hukmron sulola bo’lmish Somoniylar hukmronligi davrida mamlakat taraqqiyotida olamshumul ahamiyatga molik ishlarga erishildi. Somoniylar davri iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti ilm-fan rivojini ta’minladi. Bu asrlarda (IX-X) mamlakat obro’sini yer yuziga yoygan ilm-ahillari orasida Al-Xorazmiy,matematik va geograf olim Ahmad Farg’oniy, Farobiylar o’zlarining yaratgan ilmiy asarlari bilan o’rta asr ilmini osmonu-falakka ko’tardilar. Ularning soni o’nlab, hatto yuzlabdir, desak mubolag’a bo’lmaydi. Birgina Muhammad ibn Muso Xorazmiyni o’zi butun olamga tatiydi. U arab xalifaligi hamda Yevropani hind hosobiga o’rgatdi. Ya’ni ularga noma’lum 1dan 9 gacha bo’lgan raqam shakllari orqali qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lishning eng maqbul va ilg’or yo’llarini ko’rsatib, sharhlab berdi. Bungacha Yevropaliklar Rim raqamlari bilan tanish edilar xalos.
Yo bo’lmasa olimning ,,Al-jabr-al-muqobala hisobi haqida kitob” asari matematik algebra (aljabrning lotincha jaranglashi) sohasiga asos soldi. XIV asrdan boshlab algebra Yevropada yoyila boshlaydi.
Har qanday regulyar hisoblash jarayonini anglatadigan matematik tushuncha algoritm ham bizning ajdodimiz nomi bilan bog’liq, ham to’g’ri, ham ko’chma ma’noda (al Xorazmiy-algorizm, algoritm). Buyuk astronom , matematik va geograf Ahmad Farg’oniy Hosib ya’ni hisobdon, matematik laqabi bilan mashhur bu ajdodimiz ovropaliklar nazdida Alfraganus nomida e’tiborlidir. Uning o’z vaqtida yerning dumaloqligini isbotlashda keltirgan dalillari hozir ham o’z qadrini yo’qotmaganligini o’ziyoq o’zbek ilmining kishilik madaniy taraqqiyotiga qo’shgan salmoqli o’rnini belgilab beradi. Yana bir mashhur va kishilikni oyoqqa turgazishida ko’p mehnati singan ajdodimiz Farobiy haqida ham uzoq so’zlash mumkin. Uning ,,ikkinchi muallim” laqabi bo’lib, ,,Birinchi muallim” sharqda Aristotel tushuniladi.
Farobiy diqqatini tortgan fan va madaniyat sohalariga bir nazar tashlasak: falsafa, mantiq, matematika, geometriya, astronomiya, fizika, optika, kimyo, tibbiyot, biologiya, musiqa, tilshunoslik, she’riyat, notiqlik, hattotlik, siyosatshunoslik, huquqshunoslik, axloqni ko’rishimiz mumkin. Bu sohalarda u zot amalgam oshirgan ishlar sanog’ining o’zi bir kenglikni talab qiladi. Siyosatshunoslik bobida ham qalam tebratgan mutafakkir ming yil burunoq davlatchilikning mag’zini anglab, ,,Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga eltishdir”-deb yozgan edi. Bunda oddiygina qilib insonni deyilyapti, uning na mazhabi, na millati, yo boshqa tomoni ajratilayotgani yo’q. Davlatning jamiyat hayotidagi ma’suliyati va shunga yarasha boshqarish huquqi ishora bo’lyapti”1.
X asr ikkinchi yarmida mamlakatimizda yana ikki buyuk zot o’tgan. Ular: Ibn Sino va Abu Rayhon Beruniylardir. Bu olimlar faoliyati tufayli o’rta asr fani yana bir bosqich yuqoriga ko’tarilgandi. Xullas, yurtimizda somoniylar sulolasi hukmronlik qilgan davrda jo’shqin, qizg’in voqealarga boy, namunali va saboqli davr bo’ldi. Eng muhimi bu davrda mamlakatimizning, xalqimizning tarixiy, madaniy taraqqiyotidagi an’ana va tajribalarimizning naqadar mustahkam poydevorga ega ekanligi namoyon bo’ldi. Zero yuqorida aytilganidek, tushkunlik, qaramlik davrini boshdan kechirgan jamiyat yana yuksaklikka ko’tarila oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |