Kushonlar davlati. Mamlakatimiz davlatchiligi tarixida yangi milodiy davrning boshlanishi kushonlar sulolasi faoliyati bilan bog’liqdir.
Kushonlar I-IV asrlarda Turkistonning katta qismini o’z siyosiy hukmronligi ostida tutib turgan kuchdir. Shuni ta’kidlash joizki, ,,kushonlar mintaqadagi deyarli barcha siyosiy birliklar, makonlarni xatto qo’shni mamlakatlarni ham bir siyosiy markaz atrofida birlashtirib o’zbek davlatchiligi tarixida saltanatchilik bosqichini olgan siyosiy kuch edi”1.
Shuni ta’kidlash joizki, Toharistonda mavjud besh siyosiy xonadon (xyumi, shuanmi, guyshuan, xeytun va gaofu)lardan bo’lgan guyshuan atamasi aslida kushonning xitoycha ifodasidir. Manbalarda milodiy I asrda kushonlarning hokimi sifatida Kiokzyukyu ko’rsatiladi. Lekin keyingi davrlarda hukmronlik qilgan Kudzula Kadfiz Baqtriyani o’ziga bo’ysundirgach, qo’shni viloyatlarni So’g’diyona, Marg’iyona, Hindistonning shimoli-g’arbiy qismini ham egallaydi. Kushoniylar hukmdorlari Vima Kadfiz davrida, so’ngra Kanishka hukmronligi davrida (I asr oxiri II ass birinchi choragi) saltanat o’z taraqqiyotining yuqori bosqichiga chiqqan edi. Kanishka kushonlar davlati qudratiga qudrat, shuhratiga-shuhrat qo’shgan hukmdor edi. Shunday qilib Kanishka davrida Turkistonning asosiy qismlari bir siyosiy hokimiyat ostida birlashib, qudratli saltanat vujudga kelgan. U o’zi kengaytirgan ulkan saltanatni chorak asr atrofida boshqargan. Lekin undan keyingi hukmdorlar davrida (Vasishka, Xuvishka, Kanishka, Vasudeva, Kanishka III) kushonlar saltanati sekin-asta zaiflasha bordi.
Kushonlar avvallari yabg’u unvonida o’z sulolalari doirasida faoliyat ko’rsatganlar. Saltanatga asos solinganidan keyin an’anaviy satrapliklar tuzumidan keng foydalana boshlangan. Satraplar oliy hukmdor tomonidan uning ishonchini qozongan, o’z doirasi namoyondalari orasidan tanlab olingan. Xullas satraplar Baqtriyaliklar orasidan bo’lishi shart edi. Saltanat tayanchi yaxshi qurollangan qo’shindan iborat edi. Tarixiy ma’lumotlarga binoan umumiy qo’shin soni 150-200000 nafar kishini tashkil qilgan.
Kushonlarning jang qurollari o’tkir qilich, xanjar, nayza, jangovar bolta, sopqondan iborat edi. Lekin kamonni takomillashtirishdagi mahoratlari Ural oldi yerlari orqali Shotlandiyaga, sharqda Eron, Hindiston va Xitoyga borib yetgan”1.
Kadfiz II davrida o’tkazilgan pul islohati iqtisodiy munosabatlarni yanada jadallashtirishga xizmat qilgan muhim tadbir edi. Kushonlar davrida sun’iy sug’orish tajribasi yana takomillashtirilgan. G’allachilik, sholikorlik, paxtachilik, bog’dorchilik, uzumchilik, yem-hashak yetishtirish keng yo’lga qo’yilganligi ayniqsa, xarakterlidir.
Hunarmandchilik ayniqsa, kulolchilikda nozik idish-asboblar yasalganki, ayniqsa qadah idishlar nafisligi tufayli jaranglashda billur qadahlardan hech ham qolishmaydi”1 Qolaversa shishasozlik (oynasozlik) o’z zamonidagi eng yuksak natijalardan biri edi. Bu davrda Baqtriya, So’g’diyona, Farg’onada shishasozlik sohasida ulkan yutuqlarga erishildi. Madaniy hayotdagi o’zgarishlar esa, kushonlar davrining rivojlanishidagi o’ziga xos tomonlarni ko’rsatadi. Bu davrda so’g’dcha, xorazmcha, parfiyacha, baqtriyacha yozuvlar mavjudligining o’zi mamlakatning madaniy ravnaqi belgisidir. Shunday qilib, davlatchiligimiz tarixida kushonlar davrida siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda erishilgan yutuqlar dunyo o’tmishida o’ziga xos muhim iz qoldirdi.
Eftalitlar. V asrga kelib siyosiy maydonga eftalitlar sulolasi kirib keladi. Xitoy manbalarida ularni turkey tilli xalqlar (tukyus) deb ta’riflab, uyg’ur qabilalariga tegishli deb ko’rsatiladi. Ma’lumki V asr ikkinchi yarmida kushonlar zaiflashib ular o’rniga oliy hokimiyatni eftalon avlodlari qo’lga kiritgan. Lekin kushonlar saltanatining g’arbiy sarhadlariga Eron sosoniylari xavf tug’dirib turgan. Eftaliylar zamonida ham saltanatni yakka hukmdor boshqargan. Lekin taxtga otadan keyin bolaga emas balki, kim loyiq deb topilsa, o’sha taxtga o’tqizilgan. Mamlakat poytaxti avval Baqtriyada, so’ngra Boykentga ko’chirilgan. Savdo-sotiq gurkirab rivojlangan. Shunday qilib, V-VI asrlarda mintaqada eftaliylar sulolasi hukmronlik qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |