Xorazmshoh Anushtaginlar davlati. Xorazm davlati o’z mustaqilligiga G’aznaviylar va saljuqiylar hukmronligiga qarshi kurashi jarayonida erishdi. ,,996-yilda shimoliy Xorazm shohi Ma’mun ibn Muhammad (995-997) ikki qismga bo’linib ketgan o’lkani birlashtirib xorazmshoh unvonini oladi”1 va Urganchni o’z poytaxtiga aylantiradi. Shuni ta’kidlash joizki, Xorazmda XI-XIII asr boshida kechgan siyosiy va uning mintaqaga ta’siri katta qiziqish uyg’otadi. Anushtaginlar sulolasining boshlovchisi Anushtagin (vafoti 1097) hisoblanadi. Anushtaginlar sulolasining keyingi hukmdorlari Otsiz, Alouddin Takash so’ngra Alouddin Muhammad davrida Ozarbayjon, Eron, Xurosondan Hindistongacha yerlar Xorazmshohlar izmiga tushgan edi. Shunday qilib Chingizxon bosqini arafasida Xorazmshohlar sulolasi dunyoning eng qudratli siyosiy kuchlaridan biriga aylangandi. Orol dengizidan Hind okeanigacha, Iroqdan sharqiy Turkistongacha bo’lgan ulkan hudud taqdiri Xorazmda hal bo’lardi”2.
Anushtagin Xorazmshohlar davrida davlat boshqaruvi ikki nizomdan iborat bo’lib, u dargoh va devonlar majmuidan iborat edi. Hojiblik hizmati xorazmshohlar davrida ham saqlangan. Hojiblarga muhim vazifalar topshirilgan. Xo’jalik xizmati ustozdorga yuklatilgan. U dargohning barcha masalalari bilan shug’ullangan. Bosh xazina mablag’laridan nonvoyxona, oshxona, otxona va saroy xizmatchilarining xarajatlarini qoplagan. Uzetozlar bu kishilardan tilxat olgan. Amiri oxur mansabi ham ma’suliyatli hisoblanib, uncha-muncha kishi bu lavozimga tayinlanmasdi. Podshohning ov ishini amiri shikor uyushtirgan. Saroydagi muhim xizmatlardan yana biri toshtordir. U yuvinish anjomlarini saqlovchi ma’nosini bersada, bu mansabdagi kishi sultonning eng yaqin odamiga aylangan. Shunday qilib Anushtagin Xorazmshohlar o’z xalqini dunyoga olqishlash yo’lida sa’y-harakat qilib kelganlar. Va shu boisdan tarixga buyuk Xorazmshohlar nomi ila kirib kelgan.
Bu davrda davlat boshqaruvi ikki tizimdan: dargoh va devonlar majlisidan iborat bo’lgan. Dargohda hojib, ulug’ hojib tutgan mavqesi haqida aytilgandi. Hojiblik xizmati Xorazmshohlar davrida ham o’z ahamiyatini saqlab qoldi. Ulug’ hojib hukmdorning g’oyatda muhim vazifalar, masalan, maxsus muzokaralar olib borish va hatto, vazirlar faoliyatini taftish etish kabilar topshirilgan. Shuningdek hojib lavozimidagi amaldorga butun bir viloyat noibligi topshirilgan”1.
Amiri oxur mansabi ham ma’suliyatli hisoblanib, uncha muncha kishi bu lavozimga tayinlanmagan. Chunki uning bo’yniga sultonga tegishli otlar parvarishi yuklatilgan. Otlarning soni esa, 30 mingtagacha bo’lgani ma’lum.
Podshohga ovlarni o’rniga qo’yish tadbirlarini amiri shikor nazorat qilgan. Saroydagi muhim xizmatlardan yana biri bu toshtdordir. Garchi toshdor yuvinish anjomlarini saqlovchi ma’nosini bersa-da, ammo aslida bu mansabni egallagan kishi sultonning eng yaqin kishilaridan biriga aylangan. Hukmdor unga o’zining eng maxfiy filrlarini ham izhor qilishi mumkin edi.
Yana bir muhim lavozim bu qissadordir. U hafta davomida sultonga tushgan arzlar, shikoyatlarni yig’ib, juma kuni kechasi hukmdorga topshirardi. Keyin esa har bir arzchi shikoyatiga tegishli javobini berardi. Bu mansabga ham har kim tayinlana berilmasdi. Zero, hukmdor bilan oddiy xalq o’rtasida aloqa bog’lab, raiyyat ahvoli va zoridan xabardor qilib turish sababli ishini hamma ham halol bajara olmasligi tabiiy. Dargohda shuningdek, chashnigir-sultonga beriladigan ovqat, ichimliklarni tekshirib ko’ruvchi, jomador, sultonning kotibi (davatdor), sharobdor, farrosh, bayroqdor (amiri alam), xos xizmatkorlar boshlig’i (maliki xavas) kabi xizmat va vazifalar bo’lgan. Ijroiya ishlarini devonlar (vazirliklar) olib borib, bu tizim tepasida vazir (bosh vazir) turgan. Vazir ham hukmdorning eng yaqin kishilaridan, birinchi maslahatchisi sifatida gavdalanadi. O’z faoliyatida u faqat sulton oldidagina javobgar bo’lgan. Rasmiy tadbirlar turli maqsaddagi muzokaralarda hukmdor nomidan ish tutgan. Unga barcha amaldorlar, noiblar, harbiylar bo’ysungan. Ishdan olish, ishga tayinlash, maosh, nafaqa tayinlash, xazina va soliq tizimini nazorat etish, mahalliy vazirlar hisobotini olish kabi qator vazifalar uning vakolatida bo’lgan.
Devonlarga kelsak, ularning faoliyati saljuqiylar zamonidagi tizimdan deyarli farqlanmagan. Insho yoki tug’ro devoni rasmiy hujjatlar, yozishmalarni tuzish bilan shug’ullangan.
Moliya ishlari bilan istifo devoni, davlat nazorati tadbirlari bilan ishrof devoni, harbiy masalalar, chunonchi qo’shinni qurol-aslaha bilan ta’minlash, qo’shin qismlari shaxsiy tartibini nazorat qilish, harbiylarga ajratilgan yer-suv nazorati, harbiy ko’riklar o’tkazish kabilarni nazorat qiluvchi devon devoni xos deyilgan. Haqiqatan ham bu mahsus devon hisoblanib, hukmdor sulolaga tegishli yer-suv, mol-mulk, sulton mamluklariga maosh berish vazifalari bilan bog’liq bo’lgan. Ikki og’iz so’z Xorazmshohlar qo’shini haqida: Xorazmshohlar o’z davrini eng qudratli lashkariga ega bo’lganlar. Yuqorida zikr etilgan qoraxitoylarga qarshi harbiy yurishda Sulton Muhammad ixtiyorida 600 ming otliq askar bo’lgan. Huddi shunday kuch Bag’dod yurishiga tashlangan. Mog’ullar bosqini arafasida esa, Xorazmshohlar taxminan 600 ming otliqni o’z qo’l ostida birlashtirish imkoniga ega edilar.
Oliy hukmdorning maxsus shaxsiy gvardiyasi haros ham bo’lib, ular faqat mamluklardan iborat bo’lgan. Sulton Muhammadning shaxsiy gvardiyasi 10000 kishini tashkil qilgan. Shuningdek, harbiy nazoratchi, sipohsolar, sohibi jaysh (viloyat qo’shini boshlig’i), amir ul-umaro, malik (10000 qo’shin boshlig’i), chovush (chopar), josus (razvedkachi) askar qozisi kabi xizmat va vazifalar bo’lgan.
Ulkan mintaqadagi siyosiy yaxlitlik va barqarorlikka erishilishi, tabiiy ravishda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda ijobiy o’zgarishlar hosil bo’lishiga sabab bo’lishi aniq edi. Mamlakatda sun’iy sug’orishga katta e’tibor berilgan. Natijada dehqonchilikning rivojlanishida uzilish bo’lmagan. Ilgarigi ma’lum bo’lmagan mahsulot turlarining barchasi yetishtirilgan. Shaharlarda hayot qaynab, savdo-sotiq, hunarmandchilik rivojlangan. Mamlakatda ishlab chiqarilgan turli xildagi gazlamalar, zargarlik buyumlari, kiyim-kechaklar, gilam, poyondoz, teri, jun, yog’-moy, sovun, qurol-aslaha, egar-jabduqlar va meva, quruq meva, ipakliklar, javohirlar va boshqa ko’plab mahsulotlar ham ichki bozorda, ham tashqi bozorda xaridorgir edi. Albatta, bunda tegishli davlat idoralarining hissasi ham katta bo’lgan. Chunonchi, doim bo’lganidek, muxtasiblar bozorlardagi narx-navo, mahsulotlarning sifati, toshu tarozuning ahvolidan xabardor bo’lishni to’xtatmaganlar. Karvon yo’llarida to’xtash joylari, suv omborlari, havzalari qurilgan yo borlari tamirlangan. Katta karvonlarni qo’riqlab borishga hatto sultonning shaxsiy pahlavonlari ham jalb etilgan.
Xorazmshohlar davri fan va madaniyat ravnaqi a’lo darajada edi. Yurtimiz an’anaviy ravishda fan va madaniyat beshigi bo’lib kelarkan, gap faqat u yoki bu davrda iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot ahvoli va davlat arboblarining nechog’lik ilm-ma’rifatli ekanligi, qolgan barcha xorazmshohlarning barchasi chuqur bilim egasi edilar. Xorazmshoh Otsiz qasidalar, ruboiylar yozgan, san’at va ilmga katta ixlos bilan qaragan. Takash, El-Arslon, Sulton Muhammad va boshqa xorazmshohlar keng bilimli she’r va san’atni qadrlovchi bo’lganlar, nazmda ijod qilganlar. Xorazmshoh Ma’mun II (1010-1017) fan va madaniyatga homiylikda o’rta asrlardagi eng dongdor hukmdorlardan sanalib, poytaxt Urganchda o’z davrining akademiyasiga asos soldi. Bu maskanda yaratilgan shart-sharoitlardan Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Abu Saxl Masixiy, Abdulxayr Hammor Nasr Iroq, Ibn Miskavayx kabi buyuk daholar bahramand bo’lib, o’z ijodlarini charxlagan edilar. Kezi kelganda shuni ham qayd etib o’tish kerakki, Xivaning 2500 yilligi tantana qilingan 1997-yilda O’zbekiston prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov farmoni bilan Xorazmda Ma’mun Akademiyasi qaytadan tiklandi. Demak, ,,oradan ming yil o’tib tarixiy adolat qaror topdi va bu hol shubhasiz o’zbek davlatchiligi tarixini tiklashda katta ahamiyat kasb etadi”1.
Do'stlaringiz bilan baham: |