2.1.1 – rasm. Bug’doy boshoqlari
Bundan 20 yil avval, ya’ni sovet tuzumi davrida respublikamizda
tayyorlangan g‘allaning barchasi davlat oldidagi majburiyatni qoplash
uchun topshirilgan. Mashaqqatli mehnat bilan hosil yetishtirgan dehqon,
donsiz, unsiz qolib ketar edi. Respublika aholisini boqish uchun 3,5-
4 million tonna g‘alla chetdan olib kelingan. Bugungi kunda mamlakatimiz-
da tayyorlanayotgan umumiy hosilning 37 foizi davlat oldidagi shartnomani
bajarish uchun topshirilmoqda. Tayyorlangan donning aksariyat qismi
55 foizdan ortig‘i fermer xo‘jaliklari va aholi ixtiyorida qoldirilishi
belgilangan.
2.2. Mustaqillikdan so’ng donchilikning rivojlanishi
Donchilik Respublikamizda dehqonchilgida juda muhim o’rinda turadi.
Respublikada aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini to’laroq qondirish
chorvachilikni em-xashak bazasini mustahkamlash, don yetishtirishni ko’paytirish.
Respublikada don uchun kuzgi va bahorgi g’alla ekinlari – bug’doy, arpa, javdar,
so’li, shuningdek, sholi,makkajo’xori,oq jo’xori, tariq,qo’noq,marjumak ekiladi.
Dukakli don ekinlari – no’xat, mosh, loviya, eryong’oq, moyli don ekinlari kunjut,
soya, kanakunjut, maxsar, kungaboqar, indov va boshqalar etishtiriladi.
G’allachilik – dehqonchilikning qadimiy tarmog’i. Qadimdan qizil bug’doy,
asosan lalmikor erlarga 90 yillargacha ekilgan.
Respublika mustaqillikka erishganidan so’ng, g’alla mustaqilligiga erishi, don
mahsulotlariga bo’lgan talab ehtiyojini respublikaning o’zida etishtirilgan hosilga
qondirish muhim strategik vazifaga aylandi. Respublikamizning qariyb barcha
viloyatlarida kuzgi va bahorgi bug’doy etishtiriladi.
Keyingi yillarda g’allachilikning ustivor suratlarda rivojlantirish bo’yicha katta
amaliy ishlar bajarildi, g’allachilik, paxtachilik qatorida birinchi darajali tarmoqqa
aylandi. G’alla etishtirishni ko’paytirish maqsadida g’allaga lalmikor yerlardan
sug’oriladigan yerlar ham ajratildi.
1995-yili mamlakatda g’alla mustaqilligini taminlash yo’lida katta qadam tashladi
respublikada jami ekinlar maydonining 40%i (1600 ming ga. ziyod) g’alla ekiniga
ajratildi. Uning 62 %i yoki 828 ming ga. sug’oriladigan erlardir. 1996 yili g’alla
maydonlari 1700 ming ga. tashkil etdi (uning 1200 ming ga. sug’oriladigan yer)
Hosildorlik respublika bo’yicha 21,1 ts/ga. bo’ldi. Sug’oriladigan erlardagi ayrim
tuman va xo’jaliklarda hosildorlik yana ham yuqori (42-31 ts/ga) bo’ldi.
Respublikaning g’allaga bo’lgan ehtiyojini to’la taminlashda (bir yila 6 mln.
tonna, jon boshiga ilmiy asoslangan yillik meyori 300 kg.) hosildorlikni oshirish,
yuksaltirish, urug’chilikni yaxshilash, navli urug’ni ekish muhim ahamiyatga ega.
Sholikorlik – bilan respublikamizning deyarli barcha viloyatlari shug’ullanadi.
Ma’lumotlarga ko’ra 1913-yil hozirgi O’zbekistonda 161,1 ming ga. yerga sholi,
Sholipoyaning har gektaridan 8- 13 ts. hosil olingan. 1960 yil sholi maydonlari
kengaytirildi, mahalliy navlar o’rniga, hosildorligi 60- 70 ts/ga.
beradigan, keskin ob-havo sharoitlari, kasallik va zararkunandalarga chidamli,
doni to’kilmaydigan navlar ekila boshlandi.
Hozirgi paytda sholi ekiladigan maydonlar 180 ming ga. etdi. Asosiy sholi
maydonlari Qoraqolpog’iston Respublikasi (100 ming ga.), Xorazm (38 ming ga.),
Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarida joylashgan. Makkajo’xorichilik –
60-yillardan don va silos bostirish maqsadlarida tez rivojlandi. Respublikaning
tuproq, iqlim sharoitida bahorda va ikkinchi martta ekinzorlarga yozda ekiladi.
Makkajo’xori ham deyarli barcha viloyatlarda ekiladi. Respublikamizda
181,0 ming t. makkajo’xori doni etishtiriladi, don bo’yicha hosildorlik 384 ts/ga
yetdi. Andijon viloyatida 56,0 ts/ga yetdi. Makkajo’xori doni emlik jihatidan
barcha donli ekinlardan arzon turadi (1 kg makkajuxori donining oziqlik qimmati
1,34 oziqa birligiga teng).
Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik. Bu tarmoqda sabzi, lavlagi,
sholg’om, turp, rediska, pomidor, kartoshka va boshqa ekinlar ekiladi.
Bu tarmoq ham qadimiy tarmoqlardan hisoblanadi. Asosiy poliz ekinlari bo’lgan
qovun, tarvuz.
Unga ko’k em, pichan, yem, kilos, senaj uchun bir yillik va ko’p yillik o’tlar,
xashaki ildizmeva (lavlagi), xashaki poliz (qovoq, tarvuz), donli makkajo’xori,
suli, arpa ekinlari kiradi.
Yiliga 5 mln t ortiqroq pichan, jumladan tabiin pichanzorlardan 270 ming t pichan,
5 mln t makkajo’xori kilosi tayyolanadi. 967 ming ga maydonga ozuqa ekinlari
ekiladi.
Respublikada g’alla maydonlarining kengayishi bilan chorvachilik uchun somon
tayyorlash hajmi keskin ko’paydi.
Donli ekinlar salmog’i turli yillarda turlicha bo’lgan. Dastlabki yillarda
hosilni salmog’i past bo’lgan bo’lsa keyinchalik ortib borgan.
2.2.1 – rasm
Arpa , dukkakli donlar hosildorligi keyingi yillarda kamayib bormoqda.
1991- yil mamlakatda yiliga 940 ming tonna don yetishtirilayotgan edi. 1 ga
yerning hosildorligi 17 sentenerni tashkil qilardi. 90- yillar boshida mamlakatga
un va boshqa mahsulotlar olib kirishiga har yili 900 mln dollar sarflanardi.
2015 – yil yakuniga ko’ra esa O’zbekistonda 7.5 mln tonna don yig’ib
olindi. Bu 2014 – yil hosilidan 600 ming tonna kamroqdir. 1 ga yerning
hosildorligi o’rtacha 55 sentnerni, ayrim hududlarda 60 – 77 sentnerni tashkil
qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |