Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


O’zbekistonda donli ekinlarning hududlar bo’yicha joylashishi



Download 2,09 Mb.
bet5/11
Sana25.06.2022
Hajmi2,09 Mb.
#703200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Axmedova

1.2. O’zbekistonda donli ekinlarning hududlar bo’yicha joylashishi
Respublikamiz mustaqillikdan so’ng don mustaqilligini ham qo’lga kiritdi.
Donli ekinlar xalqimizning muhim ozuqa mahsuloti hisoblanadi. Biroq donli
ekinlar O’zbekistonning turli hududlarida turlicha tarqalga. Bunga eng asosiy
sabab – tabiiy sharoit hisoblanadi. Har bir don mahsulotining rivojlanishi turli
iqlim sharoitini talab qiladi.


1.2.1 - rasm. Donli ekin turlari
Bug’doy eng muhim don mahsuloti hisoblanadi. O’zbek xonadonini nonsiz
tasavvur qilib bo’lmaydi. Bug’doy respublikamizning barcha viloyatlarida
yetishtiriladi. Bug’doy iqlimi iliq, lalmikor tuproqda yaxshi o’sadi. Qishning
yumshoq va nam kelishi bug’doyning hosiliga sezilarli hissa qo’shadi.
Bug’doyning kuzgisi lalmi bug’doyga qaraganda serhosil bo’ladi.

1.2.2 - rasm. Bug’doyning o’sishi

Respublikamizda eng ko’p ,,Chillaki’’ ,,MARS-1’’ navlari eng ko’p


yetishtiriladi.
Respublikamizda eng ko’p bug’doyni Qashqadaryo viloyati yetishtiradi.
O’zbekistonda 2020- yil davomida 7,6 mln. tonna bug’doy yetishtirilgan.
Shundan 885,7 ming tonnasi Qashqadaryo viloyatiga to’g’ri keladi. Bunga
Qashqadaryo viloyatining qulay iqlim sharoiti va dasht yerlarga boyligini
sabab qilib ko’rsatishimiz mumkin. Ikkinchi o’rinda Samarqand viloyati
813,1 ming tonna bug’doy yetishtiradi. Bu viloyat ham dasht yerlari va
qulay iqlim sharoitiga ega. Qishloq xo’jaligining intensiv rivojlanganligi ham
muhim ahamiyatga ega. Uchinchi o’rinda Farg’ona viloyati 759,3 ming
tonnani tashkil etadi. Farg’ona viloyati qishloq xo’jaligi ham intensiv
rivojlanmoqda. Bug’doy yalpi hosili yildan yilga oshib bormoqda. Bu o’tgan
yilga nisbatan solishtirganda o’sish sur’ati 101,7 % ga teng. Eng kam tonnani
Qoraqalpog’iston Respublikasiga to’g’ri keladi. Yerlarning sho’rlashishi,
chuchuk suvning yetishmasligi bug’doy hosilini kamaytiradi.
Hududlar kesimida yetishtirilgan don hajmi:
- Qashqadaryo - 885,7 ming
- Samarqand - 813,1 ming
- Farg'ona - 759,3 ming
- Jizzax - 732,6 ming
- Surxondaryo - 678,3 ming
- Andijon - 652,0 ming
- Toshkent - 567,0 ming
- Buxoro - 546,6 ming
- Namangan - 510,7 ming
- Sirdaryo - 467,2 ming
- Xorazm - 435,5 ming
- Qoraqalpog'iston R. - 277,7 ming tonna
Donli ekinlar yetishtirishda sholikorlik ham katta o’rin tutadi. Sholi
vegetatsiya davri uzoq, serquyosh, suvga mo’l hududlarda yaxshi o’sadi. U
hosildorlik jihtdan faqat makkajo’xoridan keyin turadi. Sholi Xorazm,
Qoraqalpog’iston respublikasi va Toshkent viloyatida, Zarafshon va Farg’ona
vodiylarida ko’p ekiladi.
Mamlakatimizda sholi hozirgacha sugʻoriladigan yerlarda ekilib, iqlim
oʻzgarishlari uning hosildorligiga deyarli taʼsir koʻrsatmaydi. Qurgʻoqchilik
sharoitlarida ham talab qilinadigan agrotexnologiyalarni oʻz vaqtida qoʻllashga
rioya qilinsa, undan yuqori hosil olish mumkinligi amaliyotda oʻz isbotini topgan.
Jahon tajribasida sholi yetishtirishning bir qancha usullari mavjud.
Respublikamizda bu ekin aksariyat holda urugʻi qadalgandan keyin uni suvga
bostirib qoʻyish texnologiyasi asosida yetishtiriladi. Bunda hosil pishib yetilgunga
qadar sholipoyalardagi suv sathini 5-7, 10-12, 15-20 santimetr qalinlikda ushlab
turish talab etiladi.
O‘zbekistonda sholi ekishning quyidagi usullari bor: qo‘lda ekish, ko‘chatlarni va
guruchni mexanizatsiyalashgan usulda ekish, suvga botirib ekish usullari. Joriy
yildan suvni tejash maqsadida guruchni ko‘chatlab ekish usuli qo‘llanila boshlandi.
Bu usulda sholi ko‘chatini kichik maydonlarda yetishtirish hisobiga yillik suv
meʼyorining katta qismi iqtisod qilinadi. Bunda sholi ekiladigan joylarning iqlim
sharoitidan unumli foydalanish hamda o‘rim-yig‘imni erta muddatlarda o‘tkazish
imkoniyati yaratiladi. Qolaversa, har bir gektar yerdan unumli foydalanish
natijasida 2 marotaba hosil yetishtirish mumkin.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda sholining 19 navi yetishtiriladi, bular: Avangard,
Alanga, Gulzar, Guliston, Guljaxon, Jayxun, Ilg‘or, Istiqbol, Istiqlol, Iskandar,
Lazurniy, Mustaqillik, Nukus 2, Nukus 70, Sanam, Sitora,Tantana, Tarona, Uz
ROS. Lazurniy navi Xorazm viloyatida ko’p ekiladi. O‘suv davri 128-132 kun,
o‘simlik bo‘yi 115-120 sm. Ro‘vagi uzunligi 22-24 sm ni tashkil etadi. 1000 dona
don og‘irligi 34-35g. Shishasimonligi 100%. Guruch chiqishi 63-65%, shu
jumladan butun guruch chiqishi 65-70%. Yotib qolishga chidamliligi 4 ball va
to‘kilishga chidamli. Navdan qulay sharoitlarda 8,0-9,0 t/ga hosil olish mumkin.
Ekish muddati 20-aprel-5-may. Urug‘ meʼyori 6,0 mln. dona/ga.


Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish