II.BOB. RESPUBLIKAMIZDA DONCHILIKNING RIVOJLNISH XUSUSIYATLARI
2.1. Mustaqillikkacha donchilikning rivojlanishi
2.2. Mustaqillikdan so’ng donchilikning rivojlanishi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Don ekinlari donli ekinlar don uchun ekiladigan eng
muhim qishloq xoʻjaligi ekinlari guruhi; Don ekinlari doni insonning asosiy
oziq-ovqat mahsuloti; sanoatning koʻpgina tarmoklari uchun xom ashyo,
shuningdek, chorva mollari uchun yem. Donining tarkibi va mahsuloti isteʼmol
qilinishi jihatdan gʻalladoshlarga mansub gʻalla ekinlari (bugʻdoy, javdar, arpa, iyuli,
suli, makkajoʻxori, joʻxori va boshqalar), shu jumladan yormabop
ekinlar (tariq, joʻxori va marjumak va boshqalar), dukkakdoshlarga mansub
dukkakli don ekinlari (loviya, noʻxat, soya, vika va boshqalar) boʻlinadi. Don
ekinlari ichida gʻalla ekinlari yetakchi rol oʻynaydi. Don ekinlari eng zaruriy oziq-ovqat
mahsulotlarini yetishtirib beradigan o ‘simliklarning katta guruhi hisoblanadi.
Don ekinlari asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lgan don va yorma
yetkazib beradi.Don ekinlarining donidan un, undan esa non va non
mahsulotlari tayyorlanadi. G‘alla ekinlarining doni yuqori quvvatli oziqa bo ‘lib,
chorvachilikni omixta yem, dag‘al va shirali oziqa bilan ta ’minlaydi. Bundan
tashqari g ‘alla ekinlarining doni sanoatda qayta ishlanib, kraxmal, spirt va
boshqa bir qator mahsulotlar olinadi. Demak, don ekinlari sanoatning eng
muhim xom ashyosi hisoblanadi. Donchilik qishloq xo‘jaligining eng
muhim tarmog‘idir. Ekin maydoni jihatidan ham don ekinlari boshqa
qishloq xo‘jalik ekinlari orasida birinchi o ‘rinni egallaydi. Dunyo b o ‘yicha 1
milliard gektardan ortiqroq yerga ekin ekib, dehqonchilik qilinadi. Shu ekin
maydonlarining 70 foizdan ortiqroq qismiga don ekinlari ekiladi.
Mamlakatimizda mustaqillikka erish il and an keyin don yetishtirishni
ko‘paytirish , mamlakat aholisining, donga bo‘lgan talabini qondirish
bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi, farmon va qonunlar qabul qilindi.
O’zbekistonda donchilik juda muhim tarmoq hisoblanadi. Donning asosiy
qismini bug’doy, arpa, sholi, makkajo’xori va oq jo’xori tashkil qiladi.
Qishning yumshoq va nam kelishi hamda bahorgi yog’ingarchilik kuzgi
g’alla uchun qulay sharoit yaratadi. Bug’doyning kuzgisi lalmi bug’doyga
qaraganda serhosil bo’ladi. Bu aholining asosiy oziq – ovqat mahsuloti
hisoblanadi. Sababi o’zbek xalqi dasturxoni nonsiz bo’lmaydi. Donli
ekinlarning yetishtirishda sholikorlik ham kattagina o’rin tutadi. Sholi
vegetatsiyasi davri uzoq , serquyosh , suvga mo’l yerlarga yaxshi o’sadi. U
hosildorlik jihatdan jihatidan faqat makkajo’xoridan keyin turadi. Sholi
Xorazm, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent viloyatida , Zarafshon
va Farg’ona vodiylarida ko’p ekilad . Amudaryo quyi oqimi sohillaridagi
unumdor qo’riq yerlarni ishga solish va ularni sug’orish uchun suv
boyligidan foydalanish ko’plab sholi yetishtirish imkonini bermoqda.
Endilikda yetishtirilgan guruchni chetga eksport qilish imkoniyati tug’ildi.
O’zbekiston ko’p yillik taran, zig’ir, kunjut, maxsar, tamaki , ham o’stirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |