4.5.4. Ang’izga ekilgan oshqovoqning tuproqning kapillyar
naychalari orqali suvni ko’tarish xususiyati ta’siri
O‘tloqi allyuvial tuproqlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ularga
sizot suvlarinig doimiy ta‘siridir. Sizot suvlari tuproqning kapillyar naychalari
orqali ko‘tarilib uning namlik rejimiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Sizot suvlarini
minerallashmaganligi sharoitida tuproqni kapillyar naychalari orqali ko‘tarilishi
tufayli o‘simliklar ildizi tarqalgan qismigacha zaxlanishi yuz beradi va ulardan
o‘simliklar unumli foydalanadi. Lekin sizot suvlarining yer yuzasiga juda yaqin
joylashishi oqibatida ularning kapillyar naychalar orqali ko‘tarilishi o‘ta
jadallashadi, natijada tuproqning zaxlanishi hamda botqoqlanishi yuz beradi. SHo‘r
yerlarda esa shu bilan birga tuproqning qayta sho‘rlanishi ham sodir bo‘ladi.
O‘tloqi tuproqlarda tuproqning bu xususiyatini o‘rganish ekinlarni sug‘orish
rejimlarini to‘g‘ri belgilashda, sug‘orish va zovur-kollektor tarmoqlarini
loyihalashtirishda suvdan foydalanish rejalarini tuzishda katta ahamiyatga ega.
Sizot suvlarining kapillyar naychalari orqali ko‘tarilish xususiyati
tuproqning mexanik tarkibiga, qatlamlarning qalinligiga, joylashish xususiyatlariga
hamda sizot suvlarining joylashish chuqurliklariga bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘p yillik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha tuproqning mexanik tarkibi sizot
suvlarinig joylashish chuqurligiga bir xil bo‘lgan sharoitda sizot suvlari katta
masofagacha ko‘tarila olar ekan, tuproqning mexanik tarkibi va qatlam qalinliklari
turlicha bo‘lgan sharoitda esa ko‘tarilish balandligi qatlamlarining o‘zaro
joylashishiga bog‘liq bo‘lib, katta zarrachali (qum) qatlam kichik zarrachali (loy)
qatlam ustida joylashganda kapillyar naychalar orqali namlikning ko‘tarilishi
kamayar ekan, aksincha kichik zarrachali (mexanik tarkibi og‘ir, loy) qatlam katta
zarrachali qatlam
Tajriba maydoni tuprog‘ining kapillyar naychalar orqali sizot suvlarini
ko‘tarilish xususiyatini aniqlash uchun tadqiqotning boshlanishida tuproq
kesmalarida namlikni kesim devori tozalangan va tozalanmagan usulda aniqlash
yo‘li bilan amalga oshiriladi. Olingan natijalar sizot suvlarining joylashish
65
chuqurligi 170-175 sm bo‘lganda namlikning kapillyar naychalar orqali ko‘tarilish
balandligi 120-130 sm gacha borishi kuzatildi. Chunki ikkala tuproq kesmasida
ham 120-130 sm chuqurlikdan keyin qum, shag‘al aralash qatlam joylashgan
bo‘lib, bu qatlam sizot suvlari oqimini ta‘minlab o‘ziga xos tabiiy zovur vazifasini
bajarib turadi. Demak tajriba dalasida sizot suvlarinig joylashish chuqurligi 170-
175 sm bo‘lganda, ularning kapillyar naychalar orqali ko‘tarilish balandligi 120-
130 qatlamgacha borar ekan.Ekinlarni sug‘orish me‘yorlarini belgilashda
tuproqning ushbu xususiyatini e‘tiborga olish zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |