4.5.3. Ang’izga ekilgan oshqovoqning tuproq hajm ogirligiga(zichligiga) ta’siri
Haydov qatlamining tuzilishi tuproqda biokimyoviy, kimyoviy va fizik
jarayonlarni kechishida muhim ro'l o‘ynaydi. O‘simliklar ildiz tizimining
rivojlanishiga bevosita ta‘sir etadi va u orqali oshqovoq o‘simligining umumiy
rivojlanishini belgilaydi. Tuproqning suv fizik xossalari uning turi, mexanik
tarkibi, tuzilishi, organik va mineral moddalarning miqdori, strukturasi,
madaniylashganligi va yerga ishlov berish darajalariga bog‘liq holda turlicha
bo‘ladi. O‘tloqi tuproqlar respublikada tarqalgan tuproqlarga nisbatan qulay suv-
fizik xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi.
Biz tajriba dalasida turli oshqovoqni sug‘orish rejimi ta‘sirida tuproqning
suv-fizik xossalarini o‘rganishga alohida e‘tibor qaratdik. Tuproq haydov
qatlamining tuzilishini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib uning
hajmiy og‘irligi hisoblanadi. Tuproqni ushbu xossasining o‘zgarishini aniqlash
maqsadida bajarilgan tadqiqotlar natijalari 4.5.3.1- jadvalda keltirilgan. Bundan
ko‘rinib turibdiki, tajriba qo‘yish oldidagi tuproqning hajmiy og‘irligi haydov
qatlami (0–30 sm) da 1,36 g/sm
3
ni, haydovosti qatlami (0–50 sm) da 1,43 g/sm
3
ni va umuman 1 m. li qatlamda o‘rtacha 1,39 g/sm
3
ni tashkil etdi. Dalani
shudgordan oldin sug‘orish, shudgorlash, ekishga tayyorlash, ekish va urug‘ suvi
berish tuproqning hajmiy og‘irligiga turlicha ta‘sir etdi (4.1- rasm ). Masalan,
tajriba sxemasiga muvofiq shudgordan oldin sug‘orilgan va sug'orish rejimini
CHDNS nisbatan tuproq namligi 60 foiz bo‘lgan 1- variantlarida 0–30 sm. li
qatlamda tuproqning hajmiy og‘irligi 1.42 va 0–50 sm. li qatlamda 1,44 g/sm
3
ni
tashkil etgan bo‘lsa, sug'orish rejimini CHDNS nisbatan tuproq namligi 70 foiz
bo‘lgan 2- variantda tegishlicha 1,40 va 1,42 g/sm
3
ni (yuqoridagi variantdagiga
nisbatan 0,02 g/sm
3
kam), sug'orish rejimini CHDNS nisbatan tuproq namligi 80
foiz bo‘lgan 3- variantda esa 1,38 va 1,40 g/sm
3
ni tashkil etdi. Bu 1 va 2–
variantlardagiga nisbatan 0,04 g/sm
3
kamdir.
Umuman olganda tuproq hajmiy og‘irligining variantlar bo‘yicha o‘zgarishi
haydov va haydovosti qatlamlarida kuchli namoyon bo‘ldi. Chuqur qatlamlar (50–
63
100 sm) da bu ko‘rsatkichning tajriba boshi va oxiridagi qiymatlari deyarli farq
qilmadi.
4.5.3.1- jadval
Tajriba dalasi tuprog‘ining hajmiy og‘irligi, g/sm
3
(Uch yil uchun o‘rtacha)*
Tuproq
gorizontla
ri, sm
Tajriba bo-
shida
o‘rtacha (3-
var.)
Variantlar bo‘yicha hajmiy og‘irlik
1
2
3
1
2
3
Mavsum boshida
Mavsum oxirida
0-10
1,33
1,39
1,37
1,35
1,45
1,47
1,46
10-20
1,36
1,42
1,41
1,39
1,47
1,50
1,48
20-30
1,39
1,45
1,43
1,41
1,50
1,53
1,561
30-40
1,42
1,47
1,44
1,44
1,53
1,54
1,52
40-50
1,43
1,46
1,44
1,43
1,48
1,51
1,50
50-60
1,43
1,43
1,43
1,43
1,44
1,47
1,46
60-70
1,42
1,42
1,42
1,42
1,43
1,44
1,44
70-80
1,40
1,40
1,41
1,41
1,41
1,42
1,42
80-90
1,38
1,39
1,38
1,39
1,38
1,39
1,39
90-100
1,38
1,38
1,39
1,38
1,38
1,39
1,39
0-30
1,36
1,42
1,40
1,38
1,47
1,50
1,48
0-50
1,39
1,44
1,42
1,40
1,49
1,52
1,49
0-70
1,40
1,43
1,42
1,41
1,47
1,49
1,48
0-100
1,39
1,42
1,41
1,41
1,45
1,47
1,46
Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlar asosida xulosa qilib aytish mumkinki,
dalani ekishga tayyorlash, ekish va undan keyin bajariladigan agrotexnika
tadbirlarini amalga oshirish tuproqning zichlanishiga turlicha ta‘sir etar ekan, bu
holat ushbu tadbirlarni bajarish muddatlarini belgilashda, ularni qulay
texnologiyalarini tanlashda inobatga olinmog‘i maqsadga muvofiqdir.
64
Do'stlaringiz bilan baham: |