Hujayra o’simlikning eng mayda tirik qismi bo’lib hisoblanadi. Hujayra nafas oladi, oziqlanadi, o’sadi va bo’linib ko’payadi. O’simliklar hujayrasining shakli va o’lchami nihoyatda xilma-xildir. Bir hujayrali organizmlarning xujayrasi, asosan ovalsimon, shar yoki egik tayoqcha shaklida bo’ladi. Ko’p hujayrali organizmlar hujayrasining shakli va o’lchami ularning holati va bajaradigan funksiyasiga bog`liq. Shuning uchun ular ustinsimon, ko’p qirrali, yumaloq, urchuqsimon va cho’ziq bo’lishi mumkin. Yuksak o’simliklar hujayralari ikki xil morfologik toifaga: parenximali va prozenximali hujayralarga farqlanadi. Parenximali hujayralar sharsimon, to’g`ri burchakli yoki ustinsimon, umuman bo’yi eniga tengroq bo’ladi. Prozenximali hujayralarni esa, bo’yi enidan bir necha marta ortiq bo’ladi. Masalan: kanop tolasi, paxta tolasi xujayrasi. - Yuksak o’simliklar hujayralari ikki xil morfologik toifaga: parenximali va prozenximali hujayralarga farqlanadi. Parenximali hujayralar sharsimon, to’g`ri burchakli yoki ustinsimon, umuman bo’yi eniga tengroq bo’ladi. Prozenximali hujayralarni esa, bo’yi enidan bir necha marta ortiq bo’ladi. Masalan: kanop tolasi, paxta tolasi xujayrasi.
- Hujayraning ichki bo’shlig`ini to’ldirib to’rgan shilimshiq modda sitoplazma protoplazama, plazma deb ataladigan yarim suyuq kolloid massadan, ancha quyuq jisim - yadro va alohida qo’shilmalar- plastida, mitoxondriya va ribosomalardan tuzilgan. Shu kabi hujayraning tirik qismlari, umumiy nom bilan protoplast deb ataladi. Hujayraning po’sti va xujayra shirasi, uning o’lik qismi bo’lib hisoblanadi.
III.XULOSA - Biz ushbu mustaqil ish orqali juda kata tushunchalarga ega bo`ldik ya`nikim hujayra nazariyasi, uning yaratilish tarixi, unga xissa qo`shgan olimlar haqida.
- Ushbu mavzudan shunday xulosa kelib chiqadiki, demak, barcha tirik organizmlar hujayradan tuzilganligi(viruslar bundan mustasno) , u hujayra barcha organizmlarning ajralmas qismi ekanligi, hujayra ko`payishi, rivojlanishi, o`sishi, bo`linishi, moddalarni tanlab o`tkazishi mumkinligi haqida.
- ko`p hujayralilarda har xil ixtisoslashgan hujayralar birlashib to`qimalarni, to`qimalar birlashib organlarni, organlar birlashib, yaxlit orgaanizmlarni tashkil qiladi.
- Hujayralar tuzilishi kimyoviy tarkibi va bajaradigan funksiyalarini o`rganish faqat boilogik qonuniyatlarni to`g`ri tushunish uchungina emas, balki, tibbiyotda, veterenariyada, qishloq xo`jaligida ham katga ahamiyatga ega.
- Ushbu mavzu bo`yicha xulosam shuki, hujayra boilogiyasida hali ham aniqlanmagan biz bilmagan ma`lumotlar bisyor. Shuni aytish joizki, mana shu bilmagan ma`lumotlar ustida yana takror va takror bosh qotirishimiz, o`z ustimizda ishlashimiz kerak. Zero kelajak biz yoshlarni qo`limIzdadir
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR - 1. Boyqobilov T. B Ikromov T.X - Sitologiya. Toshkent “O`qituvchi” 1980
- 2. Xoliqov P.X Sharofiddinxo`jayev N.Sh Olimxo`jayev P.R va b. Biologiya. Toshkent “Ibn Sino” 2017
- 3. Mavlonov.O . Biologiya- Toshkent “Nihol” nashriyoti- 2017
- 4. Abdulov I.A Qodirov N.Z - Sitologiya .Toshkent-2014
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |