Urganch davlat universiteti «pedagogika va psixologiya» kafedrasi



Download 8,65 Mb.
bet184/306
Sana03.01.2022
Hajmi8,65 Mb.
#314824
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   306
Bog'liq
PKA majmua MAGISTR

Umumiy qobiliyat egalari yuqori intellektual imkoniyatlarga ega bo‘lib, muammoning yoki biron-bir masalaning echimini tezda topishi, faoliyatiga ijodiy yondashishi bilan ajralib turadi.

Maxsus qobiliyat egalari esa-biron-bir aniq (masalan, matematika, musiqa, rasm chizish, shaxmat o‘ynash, sport) faoliyat turiga qobiliyati bo‘lgan va mana shu faoliyat bilan shug‘ullanishni afzal ko‘radilar.

Iqtidorli bolalar bu umumiy va maxsus qobiliyatlarni o‘zida mujassam etgan bolalardir. Ular boshqa bolalardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadilar:

- qiziquvchanligi;

- doimo turli savollarga javob axtarishligi;

- nutqi, tafakkuri, xotirasining tez rivojlanishi;

-erta yoshdanoq musiqa, rasm chizish, kitob o‘qish, matematikaga qiziqishi;

- yuqori darajadagi bilish faolligi va o‘quv faoliyati;

- masalalarning echimini topishda maqsadga intiluvchanlik va originallik;



-tafakkurning unumdorliligi ;

Pedagogik nuqtai nazardan umumiy va maxsus qobiliyat yosh davrlarini inobatga olgan holda muhim jihatlarga bog‘liq. Erta yosh davrlar - maktabgacha va kichik maktab yoshida iqtidor umumiy hamda universal qobiliyat sifatida ko‘rilishi va rivojlanishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan bu “umumiy qobiliyat” o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib ma’lum bir yo‘nalishni belgilaydi. Ayni vaqtda bu iqtidor bola tomonidan qay darajada namoyon bo‘layotganligiga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. Aniq namoyon bo‘lgan, ya’ni psixolog, pedagog, ota-onalar tomonidan e’tibor berilgan qobiliyat “aktual”, atrofdagilar payqamaydigan qobiliyat “potensial”qobiliyat deyiladi. Ko‘pgina mashhur olimlar, bastakorlar, rassom va yozuvchilar (masalan, yosh V.A.Motsart, F.Galton, I.Mechnikov, K.Gauss, N.Vinner, G.Leybnits, V.Gyugo) erta yoshdayoq o‘zlarining qobiliyatlarini namoyon qilganlar. Va aksincha ko‘p hollarda bolalikda hech qanday iqtidorga ega bo‘lmagan bolalar etuklik davrda muvaffaqiyatlarga erishishlari mumkin. Bu aqliy potensialga ko‘pincha atrofdagilar e’tibor bermasliklari mumkin. Tabiiyki, har bir holatda iqtidorni payqamaslikning sabablari turlidir. Potensial qobiliyat haqiqatdan ham ma’lum bir vaqtgacha namoyon bo‘lmagandir. Balki, ota-onalar pedagoglar va kattalar tomonidan bola qalbining nozik harakatlaridagi o‘zgarishlarga etarlicha ahamiyat berilmagandir, intuitiv holda buni payqamagandirlar yoki bilimlari etmagandir. YOki aksincha, bu narsalarni tushunmaganliklari sababli boladagi buyuk potensial imkoniyatlarni sezmaganlar, va hattoki, bu ijodkorlikni, intellektual tashabbusni negativ xususiyat sifatida qabul qilganlar. Boshqa, xususiyatlarni esa qadrliroq deb hisoblaganlar, ya’ni, hammamizga shaxsiy tajribamizdan ma’lumki, tirishqoqlik, itoatkorlik, saranjom-sarishtalik kabi xislatlarni fikrlar originalligi, dadillik, harakatlardagi va mulohaza yuritishdagi mustaqillikdan ustun qo‘yadigan ota-onalar, o‘qituvchilar, oliy o‘quv yurtlari professor o‘qituvchilari, rahbarlar uchraydi. Amerikalik olimlar tomonidan 400 ga yaqin taniqli odamlarning tarjimai holi o‘rganib chiqilganda ulardan 60 foizi maktab ta’limi davrida jiddiy muammolarga duch kelganliklari aniqlandi. Aktual va potensial qobiliyatlar tushunchasining mavjudligi rivojlanishni oldindan prognoz qilish muammosini muhim deb hisoblaydi. SHaxsning qanday sifatlari va xarakter xususiyatlari, fe’l-atvoridagi va faoliyatidagi fazilatlari kattalarga kelajakda bolaning buyuk olim, rassom yoki davlat arbobi bo‘lishi mumkinligini aniqlashga yordam beradi. Bu savolga javob topish birmuncha mushkuldir. Psixologlar bolaning kelajagini “bashorat” qilish imkonini beradigan qator qonuniyatlarni belgilab berganlar, lekin asoslangan prognozlar berishga hali erishilgani yo‘q. SHu bilan birga jahon pedagogika va psixologiyasi sohasidagi tajriba shuni ko‘rsatadiki, bolaning imkoniyatlariga ishonchning pedagoglar va ota-onalarning mahoratiga yo‘g‘rilganligi mo‘‘jizalar sodir etishga qodir. Ba’zi hollarda hayotda insonga tabiat tomonidan berilgan qobiliyatdan ham ko‘ra u ana shu xususiyatni qanday rivojlantira olgani muhimdir.

Iqtidorli bolalarni aniqlash davomiy jarayon bo‘lib, shaxsning rivojlanishini chuqur tahlil qilish bilan bog‘liq. Bunda qator psixologik-pedagogik talablar mavjud:

– bolaning o‘zini tutishi va faoliyatini kompleks baholash, bunda imkon qadar ko‘proq bolaning qobiliyatlari va turli axborot manbalaridan foydalanish;

– identifikatsiyalash (o‘xshatish) jarayonining davomiyligi (turli vaziyatlarda bolaning o‘zini tutishini kuzatish);

– bolaning qiziqish va layoqatlariga mos keladigan faoliyat doirasida o‘zini tutishini tahlil etish (maxsus tashkil etilgan o‘yin-mashg‘ulotlarga jalb etish);

– bolaning faoliyatiga ekspert baho berish (rasmlari, yozgan she’rlari, texnik modellari, matematik masalalarni echish usullari.), bunda yuqori malakali sohaga oid ekspert-mutaxassislarni ( matematiklar, filologlar, shaxmatist va muhandislar)taklif etish.

– har bir bolaning individualligini hisobga olgan va turli psixodiagnostik metodikalarni qo‘llagan holda tashxis qilishning ko‘p bosqichli va takroriy usullaridan foydalanish;

– tashxis ishlarini real hayot va faoliyat doirasida (kuzatish, suhbat, o‘qituvchilar va ota-onalarning ekspert bahosi )amalga oshirish.

Iqtidorli bolalarni aniqlashda shu yosh davrdagi iqtidorning rivojlanishi darajasini, iqtidorning turli faoliyat doirasida amalga oshirish xususiyatlarini, bola rivojlanishining potensial imkoniyatlarini differensiatsiya (tabaqalashtirish) qilish talab etiladi.

Bugungi kunda ta`lim tizimining rivojlanishidagi asosiy yo`nalishlardan biri qadriyatli paradigmaga o`tish jarayoni ro`y bermoqda. Mazkur yondashuvga yo`nalganlik qarashlarning kontseptual tizimlari, an`anaviy va innovatsion jarayonlarning qadriyatli asoslarini yaqinlashuvini obyektiv jihatdan talab etadi. Ana shu sababdan pedagogik hodisalarni o`rganishda aksiologik yondashuvning tarixiy ildizlarini, shakllanish va rivojlanish omillarini hamda mazmun-mohiyatini to`la anglab olish o`ta muhimdir.

Aksiologik muammolar bilan mil. av. VI-V asrlardayoq qadimgi yunon olimlari - Geraklit, Demokrit, Suqrot, Aflotun, Aristotellar shug`ullana boshlashgan. Ular asosiy aksiologik savollarni shakllantirishga harakat qilganlar: oliy baxtga erishish mumkinmih Hayot mazmuni nimadah Haqiqat bormih Go`zallik nimah

Sharq mutafakkirlaridan Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Alisher Navoiylar inson hayoti, uning ta`lim va tarbiya olishi muhimligini o`z asarlarida ko`rsatib berish orqali pedagogik aksiologiyaning tamal toshini qo`yganlar.

Uzoq vaqtlar nazariy-pedagogik masalalar mustaqil tadqiqot sohasi sifatida emas, falsafa doirasida qarab kelingan. Biroq Sharq mutafakkirlarining g`oyalari ta`lim, tarbiya, ta`lim metodikasi bilan uzviy bog`liq bo`lib, pedagogik fikrlar rivojida hal qiluvchi rol o`ynagan. Misol uchun, X asrda al-Xorazmiy tomonidan qo`llanilgan kuzatilgan voqea va hodisalarni tushuntirishda muntazamlilik, ketma-ketlik tamoyilini XIX asr oxirida Abdulla Avloniyning pedagogik asarlarida uchratish mumkin.

Shaxsga yo`naltirilgan qadriyatli bilimlar ikki jihatga qaratilgan: ichki - shaxsiy muvaffaqqiyatga erishish vositasi sifatida (Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy) va tashqi - o`z-o`zini anglash va o`z-o`zini takomillashtirish vositasi sifatida (Yusuf Hamadoniy, Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Abdulloh Barraqiy (Barqiy), Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Abdulxoliq G`ijduvoniy Xojagon, Bahouddin Naqshband).

Qadimgi va o`rta asrlarda shakllangan an`analar Sharq uyg`onish davriga kelib, o`ziga xos ahamiyatga ega bo`ldi. Ta`lim va tarbiya masalalari qaytadan ko`rib chiqila boshiandi va ularni hal qilishning yangi yoilari izlab topildi. Insonparvarlik yo`nalishiga ega bo`lgan ta`lim mazmuniga qo`yiladigan talablar o`zgardi. Ustoz va ta`lim oluvchi o`rtasidagi munosabatlar o`zgardi, faollik, o`rganish jarayonida ta`lim oluvchilarning mustaqilligi qadriyati o`sib bordi. Ta`lim oluvchining bilishga qiziqishini shakllantirish g`oyasi rivojlandi. Mazkur davrda pedagogik g`oyalar markazida bolaning individual rivojlanishi qo`yilsa-da, biroq shaxs jamiyatga qarama-qarshi qo`yilmagan. Bu bilan bogiiqlikda ta`lim ijtimoiy taraqqiyot sharti sifatida belgilangan.

Buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug`bek esa, «bilim olishga intilish davlat ravnaqiga yo`l demakdir», degan aksiomani ilgari surib ta`limning aksiologik qadriyat statusini aniq belgilab bera olgan edi.

Keyinchalik ma`rifatparvar pedagog olimlar - Zavqiy, Avaz O`tar, Dilshodi Barno, Furqatlarning, jadid pedagog olimlari -Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziylar ta`limning davlat-jamiyat-shaxs rivojidagi integratsiyasini o`z qarashlari orqali ochib berishgan.

Faqatgina XX asrning boshlaridan boshlab aksiologiya dastlab falsafaning alohida yo`naiishi sifatida o`rganila boshlandi. Bu harakatni 1902 yilda nemis olimi P.Lapi boshlab bergan. Shundan so`ng Yevropa faylasuflari mazkur masalaga jiddiy e`tibor qarata boshladilar. Biroq sobiq sovet davlatida XX asrning 60-yillarigacha mazkur masalaga idealistik yo`nalish sifatida qaralib, tadqiq etilmagan. Ana shu davrdan boshlab rus olimlaridan B.G.Ananyev, V.A.Vasilenko, O.G. Drobnitskiy, B.G.Kuznetsov, N.M.Kuznetsov, A.A.Ruchka, V.P.Tugarinov, V.A.Yadovlar qadriyat muammosini tadqiq eta boshlaganlar. O`zbek olimlaridan J.T. Tulenov birinchilardan bo`lib, qadriyatlar falsafasini tadqiq etgan. Keyinchalik fayiasuf olimlardan E.Yusupov, S.Komilova, I.Karimov, Q.Nazarov, S.Valieva, M.Rustamova, K.TuIenovalar aksiologiyaning turli jihatlarini yoritishga harakat qilganlar.



Download 8,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish