Urganch davlat universiteti «pedagogika va psixologiya» kafedrasi



Download 8,65 Mb.
bet135/306
Sana03.01.2022
Hajmi8,65 Mb.
#314824
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   306
Bog'liq
PKA majmua MAGISTR

TARBIYA PARADIGMALARI


  1. Tarbiya paradigmalari tushunchasi.

  2. Zamonaviy tarbiya paradigmalari:

  3. Pedagogik paradigma.

Tarbiya paradigmalari tushunchasi.

Faoliyatli yondashuv pedagogik jarayonning barcha komponentlarini yaxlit tarzda o‘rganishni talab etadi. Uning maqsadi, motivlari, harakatlari, operatsiyalar, boshqarish usullari o‘zgartirishlar kiritib turishni, olingan natijalarni nazorat va tahlil etishni taqozo qiladi. Bunday tarzda tekshirishda faoliyatning barcha tomonlari boshdan oxirigacha to‘liq qamrab olinadi.

SHaxsiy yondashuv. Bunda umumiy nazariy asos: shaxsning jamiyatdagi, jamoadagi o‘rni, ular o‘rtasidagi munosabat, barkamol avlod tarbiyasi, shaxsni ob’ekt va sub’ekt sifatida bir vaqtda qarab chiqish asos qilinib olinadi.

Bunday yondashuvda har qanday tashqi ta’sir bevosita shaxs ichki sharoitlari, qarashlari, munosabatlari orqali, uning bevosita ongli faoliyati orqali amalga oshirilsagina o‘z samarasini berishi haqidagi nazariy fikr asos qilinib olinadi.



Tizimli yondashuv - pedagogik masalalarni hal etishda barcha shakl va metodlarni o‘zaro bog‘liq va yaxlit holda tanlash va qo‘llashni hamda bulardan eng qulay, maqbul variantni izlab topish, etishmayotganini to‘ldirish orqali maqsadga to‘laqonli erishishdir.

Tizimli yondashuv pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi uchun o‘ta muhim va istiqbolli yondashuv hisoblanadi.

Pedagogik talab tarbiya jarayonida boshlang`ich usuli bo`lib, tarbiyalanuvchining muayyan faoliyatini rag`batlantirishni yoki to`xtatishni va aniq amaliy hamda insoniy sifatlarni namoyon qilishni ta`minlaydi.

Talab qilish usuli o`quvchilarning ko`pgina ahloqiy sifatlarini shakllantirishga yordam beradi, shu bilan birga tarbiyalanuvchilarda o`ziga nisbatan mas`uliyat va talabchanlikni rivojlantirishda alohida vazifani bajaradi.

Yagona pedagogik talablarni qarab chiqar ekanmiz, faqat bizning jamiyatimizdagina xalqning ma`naviy-siyosiy birligini mustahkamlashda pedagogik talab tarbiya jarayonining ta`sirchan usuliga aylanishi mumkin.

O`qituvchi o`quvchilar bilan ishlar ekan, ularni faoliyatini tashkil etar ekan, o`z ko`rsatmalari bilan o`quvchilarning ayrim harakatlarini rag`batlantiradi. O`quv va tarbiyaviy ishlar jarayonida ularga muayyan mulohazalar bildiradi, tanbeh beradi yoki rag`batlantiradi, yakun yasaydi. Uning ayrim buyruqlari qisqa va lo`nda bo`lib, sezilar-sezilmas majbur qilishga o`xshab ketsa-da boshqalari acha keng tushintirish yo`l-yo`riqlar shakliga ega bo`ladi. Bir xillari o`quvchilarni faqat ishga jalb qilish zaruriyati tufayli, boshqalari bolalarning ayrim ko`nikma va malakalarini o`zlashtirishga tuzatish kiritish ehtiyoji bilan vujudga kelgan; ayrimlari o`quvchilarning keraksiz va noto`g`ri harakatlarini to`xtatsa, boshqalari muvaffaqiyatli harakatlarni mustahkamlaydi va qo`llab quvvatlaydi. Pedagogning talabisiz o`quvchilarning o`quv va ijtimoiy foydali faoliyatini tashkil etishni tasavvur etib bo`lmaydi.

Tajribali pedagog bolalar huzuriga keng harakatlar dasturi bilan birga boradi., o`z tarbiyalanuvchilaridan har biri qachon nima qilinishini aniq muayyan tarzda biladi. Zero, talablar ana shu dasturni ularning ishlari va xatti-harakatlarida amalga oshirish vositasidir, xolos. Tarbiya jarayonida pedagogik talablarning asosiy turlari va shakllarini qarab chiqamiz.

Pedagogning talablari vositasiz talablar bo`lishi mumkin, bunda tarbiyachi ulardan muayyan harakatlarga erishishni kutadi.

Pedagogning talablari vositali talablar bo`ladi, bunda o`qituvchi o`z talablari bilan bolalarda o`z do`stalriga nisbatan navbatdagi talablarni keltirib chiqaradi. Talablarning asosiy shakllari, bu usulning u yoki bu shaklini tanlash pedagogik vaziyatni ikkita asosiy shartdan, ikki omilda vujudga keladi.

Birinchi omil – kimdan talab qilinsa, o`shaning talab qiluvchiga munosabatidir.

Ikkinchi omil – bu tarbiyalanuvchining pedagog rag`batlantiradigan faoliyatiga munosabatidir. Umuman olganda, bu munosabatlarni biz ijobiy, betaraf va salbiy munosabatlar deb ta`riflaymiz, holbuki amalda bu munosabatlarning juda ko`pdan-ko`p ko`rinishlari ham bo`lishi mumkin.

Endi talab shakllariga to`xtalib o`tamiz.

Talab to`ppa-to`g`ri bo`lishi mumkin, bunda o`qituvchining murojaati qat`iy, dadil ohangda ifodalangan aniq ko`rsatmaga ega bo`lishi mumkin.

To`ppa-to`g`ri talab o`quvchilar bilan ishlashning birinchi kunlarida ayniqsa ta`sirchan bo`ladi. Samimiy, oshkora, ishonarli, qizg`in va qat`iy talab bo`lmasa, tarbiyaviy jarayonni boshlab bo`lmaydi, binobarin, kimda-kim ikkilanuvchilardan berilgan va`dani shuvab ketuvchilardan ish boshlashni o`ylasa, u xato qilgan bo`ladi. Shuni ham aytib o`tamizki, to`ppa-to`g`ri talab ko`pincha o`quvchining pedagogga yoki u boshlangan faoliyatga betaraf munosabatda bo`lishi sharoitida ishlatiladi. Bunday vaziyatda to`ppa-to`g`ri, vositasiz talabning quyidagi qoidalariga rioya qilish ayniqsa muhimdir.

Birinchi qoida: odatda talab, ijobiy bo`lishi, ya`ni mutlaqo muayyan xatti-harakatni keltirib chiqarish, bolalarning u yoki bu harakalarini shunchaki ta`qiqlamasligi, to`xtatmasligi lozim.

Albatta, o`qituvchining ta`qiqlashlaridan ayniqsa o`quvchilar belgilangan xulq-atvor qoidalarini har-xil tarzda buzgan hollarda foydalaniladi.Biroq pedagoglar talablarning asosiy mazmunini ta`qiqlashlar tashkil etmaydi.

Ikkinchi qoida: to`ppa-to`g`ri talab yo`l-yo`riq tarzda, ya`ni bir xil ma`noli, aniq va tushinarli bo`lishi lozim. Dastlabki paytlarda o`quvchilarning yangi harakatlarini rag`batlantirganda talab yo`l-yo`riq berish bilan qo`shilib ketganday bo`ladi, ularni aniq ta`riflab beradi.

Uchinchi qoida: pedagog har qanday oqilona, aniq va tayyorlangan to`ppa-to`g`ri talabi albatta bajarilishi, oxirigacha etkazilishi kerak.

Shuni esda tutish kerakki, o`xshash pedagogik harakat qonunning namoyon bo`lishi natijasida har bir yangi talabning bajarilishi pedagogni keyingi talablarining kuchli va ta`sirchanligini oshiradi, o`quvchida tarbiyachiga aql-idrok bilan aniq bo`ysunish odatini shakllantiradi. Va aksincha: har bir bajarilmagan talab shundan keyingi talablarning samaradorligini pasaytiradi.

Talab mazmun jihatdan ham, shakl jihatdan ham rivojlanib boradi. Pedagogik vaziyat qandaydir o`zgarmas bir narsa emas. U yoki bu usullarni tatbiq etib, bolalar faoliyatida muvaffaqiyatga erishib, pedagog shu bilan birga vaziyatning zarur yo`nalishida rivojlanishni boshqaradi. Pedagog to`ppa-to`g`ri talablarni qo`yar ekan, bolalar bilan muayyan munosabatlarga kirishadi va ayni vaqtda ularda bajariladigan faoliyatga munosabatni shakllantiradi.

Vositali talablarda tarbiyachining maqsadi to`g`ridan-to`g`ri ifodalanmaydi, pardalangan shaklda bo`ladi va rag`batlantiruvchi omil sifatida faqat talabning o`zidan emas, balki psixologik omillardan-bolaning turli kechinmalaridan, his-tuyg`ularidan foydalanadi. Vositali talablarni uch guruhga bo`lish mumkin.



Download 8,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish