Urganch davlat universiteti «pedagogika va psixologiya» kafedrasi


TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISHGA DOIR YONDASHUVLAR



Download 8,65 Mb.
bet131/306
Sana03.01.2022
Hajmi8,65 Mb.
#314824
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   306
Bog'liq
PKA majmua MAGISTR

TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISHGA DOIR YONDASHUVLAR.


  1. Falsafiy-antropologik yondashuv tarbiya jarayonini tashkil etishning metodologik asosi sifatida.

  2. Tarbiya jarayoniga germenevtik yondashuv.

  3. Sinergetik yondashuv asosida tarbiya jarayonini tashkil etish.


Pedagogika fanining metodologiyasi - bu, umumiy fan metodologiyasidan va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, pedagogik hodisa va jarayonlar hamda ularni tadqiq etish metodlarining, shuningdek, olingan bilimlarni ta’lim-tarbiya amaliyotiga tatbiq etish yo‘llarining bosh asosidir yoki asosiy yo‘nalishidir.

Hozirgi paytda tarbiya va ta’limni turli fanlar nuqtai nazaridan yaxlit tarzda o‘rganish ehtiyoji tug‘ilganligi munosabati bilan pedagogik fanlar tizimida metodologik muammolarni ishlab chiqish katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu holda fan tadqiqotlariga yondashuvda zarur bo‘lgan etakchi qoida va prinsiplarni belgilashning metodologik asoslarini ishlab chiqish juda muhim.

Bu borada pedagogika fanlari doktori, professor Nurali Saidahmedovning «Uzluksiz ta’lim» jurnalining 2004 yil 1-sonida e’lon qilingan «Zamonaviylik. Metodologiya. Pedagogika» mavzusidagi pedagogika fanining metodologiyasiga oid ilmiy maqolasi mazkur masalaga oydinlik kiritadi.

Pedagogika fani muammolari ichida eng zarur metodologik muammo shu fan predmetini, tarbiya va ta’lim maqsadlarini, ularning manbalarini, tarbiya va ta’limning ijtimoiy yo‘nalishini, shuningdek pedagogikaning jamiyat ideologiyasini aniqlash bilan bog‘liq. Ayniqsa, O‘zbekistoniing milliy maktablari yo‘nalishini, milliy tarbiya masalalarini, umuman olganda pedagogika fanining keyingi taraqqiyoti muammolarini hal etishning bosh yo‘nalishini, asosini aniqlash metodologiyaga yangicha yondashishni talab etmoqda. Lekin, ushbu masalani jahon amaliyotidagi shu masala bo‘yicha qarashlarga ijodiy, tahliliy, tanqidiy yondashmasdan, ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xosligi nuqtai nazaridan baholamasdan hal etish mumkin emasligini esdan chiqarmaslik kerak. CHunki shu vaqtgacha ishlab chiqilgan, umumlashtirilgan, ta’lim, tarbiya amaliyotida o‘z samarasini bergan, pedagogikaning nazariy masalalarini hal etishda bosh omil bo‘lib xizmat qilgan metodologiya yutuqlari ham hisobga olinishi zarur.

Demak, hozirgi zamon pedagogika fani muammolarini hal etishda bosh asos - metodologiya va uning manbalari qaysilar degan masalani hal etish muhimdir.

Bizningcha, pedagogika fani uchun, birinchi navbatda, umumiy asos - dialektik materializm.



Ikkinchi asos, bu kelajak shaxs modulini yaratish, yangi - barkamol shaxs tarbiyasining asosiy yo‘nalishini, ta’lim-tarbiya maqsadlarini belgilovchi omillarni ko‘rsatib beruvchi davlat siyosati, bu borada chiqarilgan qonunlar va farmonlar.

Uchinchi asos - ta’lim-tarbiya, shaxs muammolarini hal etishda jahon fani erishgan tajribalar.

To‘rtinchi asos - ta’lim-tarbiya borasidagi xalq pedagogikasi manbalari.

Beshinchi asos bo‘lib esa xalq og‘zaki ijodi, yozma manbalar, yodgorliklar, klassiklar, ma’rifatparvarlar, mutafakkirlar ijodi namunalari xizmat qiladi.

Ijtimoiy munosabatlar ko`lamining kengayishi o`sib kelayotgan avlodni o`ta murakkab xususiyatga ega munosabatlar jarayoniga har tomonlama yetuk etib tayyorlash vazifasini qo`ymoqda. Psixologik, intellektual va fiziologik jihatdan yetuk inson hayotiy qarama-qarshilik, xususan, turli buzg`unchi g`oyalar ta`siriga tushib qolish, nosog`lom turmush kechirish va noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etishdan o`zini saqlab qola oladi. SHuningdek, shaxsning aqliy salohiyatga egaligi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta`minlovchi asosiy omildir. O`zbekiston Respublikasida demokratik va huquqiy jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro`y berayotgan voqea-hodisalarga shaxsiy munosabtini bildirishga imkon beradi. Ijtimoiy borliqda kechayotgan o`zgarishlarga nisbatan shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi shaxs faolligini ko`rsatuvchi muhim jihatlardan biridir. Qolaversa, mustaqil fikr egasi bo`lgan shaxs o`z imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon eta oladi. Muvaffaqiyatli ravishda olib borilayotgan ta`limiy islohotlarning ham asosiy maqsadi erkin, mustaqil fikriga ega barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Bu xususida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni e`tirof etadi: «Amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi har bir fuqaroning shaxs sifatida shakllanishi uchun, o`z qobiliyatini, o`z talantini ishga solib hayotini yanada yaxshilashi, ma`nan boyitishi uchun barcha imkoniyatni yaratib berishdan iboratdir».

Komil insonni shakllanirish masalasi barcha davrda ham muhim ijtimoiy vazifa sifatida kun tartibiga qo`yilgan. Xususan, zardushtiylik dinida komillikning asosi ezgu fikr, ezgu so`z va ezgu amal (harakat)dan iborat ekanligi ta`kidlansa, islom ta`limoti g`oyalariga ko`ra yetuklikning bosh mezoni – ilmlilik, bilimli bo`lishdir.

SHarq mutafakkirlarining asarlarida ham komil inson qiyofasining yoritilishiga alohida ahamiyat berilgan. Xususan, Abu Nasr Forobiy komil insonni shakllantirish va fozil jamoa (etuk jamiyat)ni shakllantirish tarbiyaning bir butun, yaxlit ikki yo`nalishi ekanligiga urg`u beradi. Allomaning fikricha, fozil jamiyat komil inson sa`yi-harakati bilan barpo etilishi mumkin. SHu bois mamlakatni boshqaruvchi shaxs o`zida eng oliy insoniy fazilatlarni mujassam eta olishi zarur, deb hisoblaydi. «Aql to`g`risidagi» risolasida Abu Nasr Forobiy rahbar shaxs qiyofasida namoyon bo`lishi lozim bo`lgan o`n ikki fazilatni keltirib o`tadi. Bizning fikrimizcha, mazkur fazilatlar har bir zamonaviy shaxsda o`z aksini topa olishi kerak, zero, ular inson hayotini mo``tadil kechishi hamda muayyan kasbiy faoliyatlarni tashkil etishda muvaffaqiyatlarga erishishni kafolatlaydi.

Abu Rayhon Beruniy ham komillikning asosini ilmli bo`lishda deb hisoblaydi va barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urg`u beradi. Allomaning fikricha, axloqiylik, to`g`rilik, odillik, tadbirkorlik, o`zini vazmin tutish, kamtarlik, insof, ehtiyotkorlik, shuningdek, aadolatli va vijdonli bo`lish komil inson qiyofasida aks etishi zarur bo`lgan eng asosiy sifatlardir.

Abu Ali ibn Sino ham kamolotga erishishning birinchi mezon sifatida bilimli bo`lishni alohida qayd etadi. Bilimli insonning adolatli bo`lishi esa uning yanada yuksalishini ta`minlaydi, deya baholab alloma, adolatni ruhiy lazzat (ruhiy xotirjamlik)ning muhim ko`rsatkichi ekanligini uqtiradi.

Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy o`rinni egallaydi va o`z orzusidagi komil inson shaxsini asarlarining qahramonlari timsolida gavdalantirishga urinadi. Mutafakkir qarashlarida komil inson quyidagi sifatlarga ega bo`lishi borasidagi g`oya ilgari suriladi: aqlli, axloqli, bilimli, ijodkor, qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saxovatli, sabr-qanoatli, adolatli, muruvvatli, sog`lom, jismonan baquvvat, mard va jasur..

Abdulla Avloniy komil insonni tarbiyalash borasidagi qarashlari bilan SHarq mutafakkirlarining fikrlarini boyitar ekan, komil inson qiyofasida, yana shuningdek, vatanparvarlik, hamda intizomlilik sifatlari ham namoyon bo`lishi kerak, deb hisoblaydi. Alloma millat taqdirining jonkuyari sifatida milliy til taraqqiyoti jamiyat ma`naviy rivojini ta`minlovchi asosiy omil, deya baholaydi.


Mustaqillik yillarida pedagogika fanida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishga oid ko‘plab yondashuvlar vujudga keldi:

  • muntazam rivojlanuvchi shaxsni O‘zbekistonda oliy darajadagi ijtimoiy qadriyat sifatida tan olish;

  •  har bir talabaning betakrorligi va o‘ziga xosligini hurmat qilish;

  •  talabalarning ijtimoiy huquqlari va erkinliklarini tan olish;

  •  ta’lim-tarbiya jarayonini talaba shaxsiga yo‘naltirish asosiy maqsad ekanligini e’tirof etgan holda ob’ekt-sub’ekt, sub’ekt-sub’ekt munosabatlarini yo‘lga qo‘yish orqali ta’lim natijasining samaradorligini ta’minlash;

  • o‘qituvchi hamda talabalar orasida o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni o‘rnatish;

  •  ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda insonning oliy qadriyat ekanligi haqidagi bilimlar va yondashuvlarga tayanish va hokazolar.

Haqiqatan ham inson ma`naviyatini yuksaltirmasdan turib, jamiyatimiz turmush tarzida, mamlakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishib bo`lmaydi. Islohotlarning birinchi bosqichida milliy ma`naviyatni izga tushirib olish yo`lida ko`zlangan maqsad asosan amalga oshirildi va ikkinchi bosqichda amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalarga zamin hozirlandi. Ma`naviy parokandalik davriga barham berildi. Birinchi Prezident Islom Karimov “O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida” kitobida ta`kidlaganidek: “Xalqning ma`naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o`ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo`lidan muvaffaqiyatli ravishda olg`a siljitishda hal qiluvchi ta`bir joiz bo`lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir”1.

Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat va davlat o`zini ustqurmalariga munosabati turli ma`rifiy-madaniy g`oya va tushunchalar anglagan vatanparvarlik tuyg`usi bilan millat, xalq manfaatlari, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy ravnaqi uchun mas`uliyatli, ilmiy bilim, mehnat va kasb- hunar ko`nikmalarini o`zida mujassam etgan madaniyatli shaxsni tarbiyalab etishtirishdan manfaatdordir. Bunday shaxsni shakllantirishda asrlar davomida xalqimizning ma`naviy ehtiyoji, talabi asosida yaratilgan qadriyatlar muhim rol o`ynaydi.

Ma`lumki, uzluksiz ta`lim oldiga qo`yilgan eng muhim maqsad - umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayangan holda ta`lim-tarbiyaning mazmunida insonparvarlik g`oyasini kuchaytirish, xalqchillashtirish va shular asosida yoshlarda ma`naviy madaniyatni shakllantirishdan iborat.

Mamlakatimizda ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar demokratik ta`lim tizimiga asoslangan bo`lib, unda olg`a surilayotgan g`oyalar quyidagilardan iborat:



  • SHaxsning ma`naviy madaniyatini hozirgi davrda insoniyat erishgan barcha yutuqlar asosida qurish lozim;

  • Ma`naviy madaniyatni shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvor bo`lishiga erishmoq lozim;

  • Ma`naviy madaniyatni shakllantirishda milliylikdan yiroq va unga zid unsurlardan vos kechmoq zarurdir.

Ma`naviyat” tushunchasi faqat inson zotiga xos bo`lib, tabiatning gultoji, takomili hisoblangan inson mohiyatining ajralmas qismidir.

Inson bioijtimoiy mavjudot bo`lib, u biologik mohiyat bilan bir qatorda ijtimoiy mohiyatga ham ega. Biologik mohiyatiga uning boshqa mavjudotlardan biologik tur sifatida ajralib turuvchi tik yurishi, tanasi yung bilan qoplanamaganligi, bosh va qo`llarining shakl-shamoyili, fikrlay olish qobiliyati hamda boshqa bir qator biologik ko`rsatkichlari kiradi.

Qur`oni Karimning “Baqara” surasida, insonning boshqa mavjudotlardan ajratib turuvchi sifatlar to`g`risida quyidagi oyatlar mavjud: “Va u zot Odamga barcha narsalarning ismlarini o`rgatdi. So`ngra ularni farishtalarga ro`baro` qilib dedi: “Agar xalifalikka biz haqdormiz degan so`zlaringiz rost bo`lsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!”

Ular aytdilar: “Ey pok parvardigor, biz faqat Sen bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta, Sen o`zing ilmu hikmat sohibisan”. (Alloh): Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini bildir”, dedi”.1

Bu oyatlardan bizga Odamzod Tangrining Erdagi xalifasi ekani va hatto begunoh farishtalar ham unga ta`zim qilishlari ma`lum bo`lib turibdi.

Binobarin, ma`naviyatga quyidagi falsafiy ta`rifni bersa bo`ladi. Ma`naviyat – bu kishining egallagan foydali bilimlari amaliy hayotida sinalaverib, ko`nikma va malaka darajalaridan o`tgan va ruhiga singib, hayot tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy sifatlari majmuidir.

Ma`naviyatga berilgan ushbu ta`rif ob`ektiv mavjud bo`lgan murakkab bir ijtimoiy hodisani mushohada va idrok qilish, uning eng muhim xususiyatlarini his qilish hamda ma`naviyat mavzusida chop etilgan qator adabiyotlarni tahlil qilish natijasida vujudga kelgan. Quyida “ma`naviyat” tushunchasiga zamondoshlarimiz tomonidan berilgan ta`riflardan bir nechtasi keltirilgan.

Ma`naviyat – insonning zot belgisi, uning faoliyatining tarkibiy qismi, ongi, aql – zakovatining mahsuli”2.

Ma`naviyat – inson faoliyatining ruhiy mazmuni bo`lib, kishilar uning vositasida o`zlarini anglaydilar, jamiyat, tabiat, o`z turmush tarzlari, amaliy faoliyatlari muammolarini hal etadilar”3.

Ma`naviyat - inson qalbida, ko`ngil ko`zgusida aks etgan haqiqat nuridir”4.

Ma`naviyat – millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari uning tarixiy tajribalari va ijtimoiy-madaniy rivojlanishi bilan uzviy bog`liq bo`lgan ichki intellektual (aqliy) va sobit hissiy dunyosidir”5.

Bu ta`riflar murakkab ijtimoiy hodisa bo`lgan ma`naviyatning u yoki bu xususiyatlarini yoxud ahamiyatini ifodalaydi, xolos. Bu esa baholash kategoriyasi hisoblanadi.

Barcha fikrlarni bir chetga surib, eng jozibali uchinchi raqamli “Haqiqat nuri” degan ta`rifga e`tiborimizni qarataylik. Darhaqiqat, ma`naviyat – haqiqat nuri demakdir. Bu mutlaqo to`g`ri. SHu o`rinda savol tug`iladi. Nurning o`zi nima? Bizningcha, “nur” – bilim. Bilim esa, inson qalbiga haqiqat, haq taoladan kelganidan keyin, kishi qalbida unib-o`sadi va bir necha bosqichlarni bosib o`tadi. SHundan keyingina u shu`la tarqata boshlaydi. Inson ruhi va tafakkuridagi haqiqat nuri harakatining ana shu oxirgi bosqichini, ya`ni nur shu`lasini biz “ma`naviyat” deb atadik.

YUqorida ta`kidlaganimizdek inson boshqa mavjudotlardan o`zining ijtimoiy mohiyati bilan ajralib turishi ma`lum. Ijtimoiy mohiyat negizini esa bilimlar tashkil qilib, ular foydali va foydasiz turlarga ajraladi. Darhaqiqat, yolg`on gapirish, o`g`irlik qilish, boshqalarni haqoratlash va bo`lak razil ishlarni qilishni hamma ham uddasidan chiqavermaydi. Ammo, ular foydasiz, balki ijtimoiy hayot uchun zararli bilimlardir. Jamiyat rivoji uchun esa faqat foydali bilim (hikmat)lar kerak. Foydali bilimlarni egallashdan maqsad, avvalo o`ziga, so`ng yaqin kishilariga va butun jamiyatga naf keltirishdir. Muayyan bir foydali ishni kishi o`z kundalik hayotida ko`p marotaba bajaraverishi natijasida, bu faoliyat uning ruhiga singib, ma`naviyatga aylanadi. Insonning ruhiga singib, ma`naviyatiga aylangan harakatlar majmuini uning hayot tarzi deyiladi.




Download 8,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   306




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish