Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning doimiy o‘sishi ta’sirida (o‘qitish jarayoniga) ortib borayotgan talablar bilan ta’limdagi hozirgi holat o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni tahlil etish orqali o‘quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi. O‘qituvchi ta’sirida o‘quvchida ortib borayotgan ehtiyojlar bilan mavjud, hozirgi holat o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni tahlil etish orqali yangi usul, shakl va vositalar yordamida o‘quvchilarning o‘quv imkoniyatlarini hisobga olib, ularning rivojlanishi ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |