TARBIYA PARADIGMALARI.
Andrologik paradigma.
Akmeologik paradigma.
Kommunikativ paradigma.
Akmeologik paradigma.
Tarbiya jarayoni, boshqa jarayonlar kabi, dialektik xarakterga ega. Bola o‘zini o‘rab turgan borliq dunyo bilan turli munosabatlarga kirishadi. Real tarbiya jarayonida ushbu holat tarbiyachiga ixcham-egiluvchanlik, harakatchanlik, o‘zgaruvchanlik, tezkorlikni aytib turadi. Hech qaysi tarbiya tizimi doimiy emas, chunki bola turli ijtimoiy munosabatlarga, aloqalarga kirishar ekan, o‘zi ham o‘zgarib boradi, tarbiya jarayonining ijtimoiy funksiyasi ham ortib va murakkablashib boradi, shu bilan birga rivojlanishda bo‘lgan yosh avlodga talablar ham ortib boradi.
Ichki qarama-qarshiliklar har qanday rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Lekin ular rivojlanish mazmuni va yo‘nalishini tashqi sharoitlar etarli bo‘lgan taqdirdagina belgilab bera oladi, xolos. Ichki qarama-qarshilikka o‘quvchining intilishi va uning imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatni keltirib o‘tish mumkin.
Insonning shaxs bo‘lib shakllanishidagi asosiy manbalardan biri ehtiyojlar bilan uni qondirish usullari (sharoitlari) o‘rtasidagi ziddiyatdir. Bilamizki, ehtiyoj doimo tez va to‘liq tarzda birdaniga amalga oshmaydi. Lekin har qanday qarama-qarshiliklar bartaraf etilishi kerak yoki bu qarama-qarshilik o‘z kuchini yo‘qotguncha kutish zarur.
Odatda, inson qarama-qarshiliklarni enga borib, o‘z rivojlanishida yuqori bosqichga ko‘tariladi va keyingi bosqichda undan ham murakkabroq qarama-qarshiliklarni engishga qodir mukammal faoliyat usullarini egallaydi.
Ichki qarama-qarshiliklardan yana biri, tashqi narsa va hodisalar ta’siri va shaxs intilishi o‘rtasidagi ziddiyat hisoblanadi.
Tashqi qarama-qarshilik tarbiya jarayoni uchun katta qiyinchilik tug‘diradi.
Masalan, maktab qo‘yayotgan talablar bilan oila tomonidan ilgari surilayotgan talablarning (ba’zan tushunmay, ba’zan ataylab) bir-biriga mos tushmasligi oqibatida ziddiyat kelib chiqadi.
SHuningdek, tarbiya jarayonini murakkablashtiruvchi yana bir qarama-qarshilik, bu tashkiliy, maqsadli ta’sir bilan, tashqi stixiyali ta’sir o‘rtasidagi nomuvofiqlik. O‘qituvchilar tomonidan bolalarga talablarning bir xilda qo‘yilmasligi ham tarbiya jarayonida ma’lum ziddiyatni keltirib chiqaradi.
Tarbiya yaxlit pedagogik jarayonning bir tizimi sifatida ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysunadi.
Tarbiya jarayonining qonuniyatlari:
1.Tarbiyalanuvchilarning faoliyati qanchalik o‘ylab,
puxta tashkil etilgan bo‘lsa, ularning muomala, munosabatlari, umuman olganda, tarbiya jarayoni shunchalik samarali kechadi.
2.Tarbiya jarayoni shaxs ichki tomonlariga (ruhiyati,
hissiyotiga) qanchalik to‘g‘ri, samarali ta’sir ko‘rsatsa,
uning natijasi shunchalik yuqori bo‘ladi.
3.Tarbiya jarayoni o‘zining kompleks tizimida shaxsning verbal, sensor va harakat jarayonlariga ta’sirini qanchalik ko‘p, maqsadga muvofiq tarzda uzviy o‘tkaza olsa, barkamol shaxs tarbiyasi shunchalik mukammal amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |