2.1 Tikuv buyumlar konstruksiyasi. Loyihalash hususiyatlari.Texnik hujjatlarda aks etgan, o'lchamlari va ishlov usullari ko'rsatilgan, o'zaro bog'liq va o'zaro joylashgan, andazalar ko'rinishida konstruktsiya chizmalari bo'yicha ishlangan kiyimning tashqi ko'rinishi model namunasiga qat'iy mos bo'lishi; kiyim odam figurasida yaxshi o'tirishi; konstruktsiya texnologik, ya'ni kiyimning minimal tannarxini va yuqori mehnat unumini ta'minlaydigan ilg'or usullar qo'llanishi va tayyorlashda kam mehnat talab qilishi zarur. Maishiy xizmat sharoitida konstruktsiyaning texnologikligiga katta ahamiyat berish kerak. Bunda texnologik konstruktsiya quyidagilarni ko'zda tutishi kerak: kiyib ko'rish sonini bittagacha qisqartirish maqsadida kiyimning figurada maksimal darajada aniq o'rnashuvi; kiyib ko'rish jarayonida odam figurasida buyumning o'rnashuvini aniqlashga beriladigan qo'shimchaning optimal miqdori; buyumni tikish jarayonida mashinada ishlov usullarini va oqilona metodlarini maksimal darajada qo'llash.
Texnik topshiriqni ishlab chiqish. Konstruktsiyalash ishlari tikuvchilik sanoatida katta ahamiyatga ega bo'lgan jarayon, chunki u ma'lum darajada buyumlar sifatini oldindan aniqlabgina qolmay, balki texnologiya, mexanizatsiya va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni mukammallashtirishda hal qiluvchi vositadir.
Hozirgi paytda sanoatdakiyimni konstruktsiyalash konstruktorlik hujjatlarining yagona sistemasiga (KXYaS) muvofiq bajariladi. ESKD besh bosqichdan iborat bo'lib, loyiha-konstruktorlik ishlarining strukturasini aniqlaydi.
Birinchi bosqich texnik topshirig'ni ishlab chiqish. Unda kiyimning vazifasigina emas, balki sifat ko'rsatkichlari va konstruktorlik hujjatlar bosqichlarining ishlanishi, ularning tarkibi aniqlangan hamda kiyimga bo'lgan talablar o'z aksini topgan bo'lishi kerak.
Ikkinchi bosqich - vazifasi bir xil yoki bir-biriga yaqinroq bo'lgan o'xshash modellarning tahlili asosida texpik taklifning ishlanishi. Eng yuqori sifat ko'rsatkichlariga ega bo'lgan o'xshash modellarning etalon gqatorini tuzish natijasida texnik takliflar tayyorlash, modellar seriyasi kopstruktiv o'xshashlarining tahlili bo'yicha, ya'ni yangi tuzilgan modellarning raqobat bardoshligi va o'zgacha mazmunini ko'rsatadigan takliflar tuziladi.
Uchinchi bosqich - eskiz loyihasini ishlab chiqish, bunda buyumning tuzilishi (konstruktsiyasi) va uning asosiy parametrlari to'g'risida umumiy taassurot beradigan printsipial-konstruktiv echimlar bo'ladi.
To'rtinchi bosqich - modelning texnik loyihasini ishlash. Texnik loynha- loyihalanayotgan model to'g'risida to'la ma'lumotga ega bo'lgan (asosiy detallar konstruktsiyasining chizmasi) va loynhalanayotgan buyumning tuzilishini aniqlaydigan asosiy konstruktiv uzellarning texnologik kartalariga oid konstruktorlik hujjatlar majmui.
Beshinchi bosqich - ish (konstruktorlik)hujjatlarini ishlash. Hozirgi paytda bu ish andazalar komplekti ilova qilingan texnik ro'yxatni tuzishdan iborat.
Maishiy xizmat sharoitida kiyimni loyihalash o'ziga xos xususiyatlarga ega. U aniq figuralar uchun ishlanadi. Shu bilan birga, kiyim umumiy shakli nuqtai nazaridan, uning ayrim elementlari, obrazli va rangli echimi va h.k. Zamonaviy moda talablariga mos bo'lishi kerak. Lekin bular etakchi modellash tashkilotlari, Modellar Uyi, resiublikalar modellar uylari tomonidan juda aniq metodik rahbarlik qilish sharti bilangina ta'minlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |