Kolbasa shaklidagi dudlangan eritilgan pishloq
Bunday pishloqlar oddiy eritilgan yumshoq pishloq ishlab chiqarish texnologiyasidek tayyorlanadi. Lekin shakl berishda ular pergament yoki xaltachaga o‘raladi. Ikki tomoni bog‘lanadi va maxsus dudlash kameralarida 25°S haroratda 12 soat davomida dudlanadi. Dudlashdan keyin pishloq sovutiladi va parafinlanadi.
Sterillangan eritilgan yumshoq pishloq
Tunuka bankalarda germetik mahkamlab qadoqlangan bunday mahsulot ekspeditsiya uchun mo‘ljallangan. Pishloq massasi 90-95°S haroratda eritiladi, eritilgan massa 100-105°S haroratgacha qo‘shimcha qizitiladi. So‘ngra bankalarga solib qadoqlanadi. Qadoqlangan va mahkamlangan bankalar qaytadan 105°S haroratgacha qizitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |