Bo’limlar
|
Maslahatchi
F.I.SH.
|
Imzо, sana
|
Tоpshiriq bеrdi
|
Tоpshiriq qabul qildi
|
Tехnоlоgik qism
|
Qurambayev Sh.R.
|
|
|
Mеhnatni muhоfaza
qilish va ekоlоgik
masalalar yеchimi
|
Matkarimova D.B.
|
|
|
Iqtisоd qismi
|
Ischanоv F.A.
|
|
|
Avtomatika
|
Latipov B.
|
|
|
Taqrizchi: “Urganch yog’-moy” AJ tsex boshlig`i
Matkarimov O. S. _____________
(imzo)
Ilmiy rahbar: Qurambayev Sh.R. _____________
(F.I.SH.) (imzo)
BMI bajaruvchi talaba: Otabayev A.A. _____________
(F.I.SH.) (imzo)
Kafedra mudiri: __________Saparbayeva N.K. _____________
(F.I.SH.) (imzo)
MUNDARIJA
I. Kirish……………………………………………………………………17
II. Tanlangan mavzuni texnik iqtisodiy jihatdan asoslash…….....................19
III.Texnologik qism.
3.1. Ishlab chiqarish fizik - kimyosining nazariy asoslari…………..............23
3.2. Texnologik sxema tanlash, asoslash va uning tavsifi…………………23
3.3. Xom-ashyo, yordamchi materiallar haqida to’la ma’lumot………....24
3.4. Texnologik hisob-kitob. Material va issiqlik balansi…………………..25
3.5. Tayyor mahsulotning analitik nazorati....................................................53
IV. Ekologik masalalar yechimi……………………....................................63
V. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va kompyuterlash
tizimida nazorat qilish………………………………………….…………..67
VI. Inson faoliyatining xavsizligi…………………...................................72
VII. Iqtisod qismi..........................................................................................76
VIII. Xulosa.....................................................................................................85
IX. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati..........................................................86
KIRISH
Hozirgi kunda O`zbekistonda oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati, ijtimoiy ishlab chiqarish muxim o`rin egallaydi va ko`p sonli sanoatda korxonalarni va hizmat soxasini birlashtiradi. Xususan faqat oziq-ovqat sanoatida 300 ga yaqin korxonalar mavjud bo`lib, ularda 50 mingga yaqin ishchi faoliyat ko`rsatmoqda.
Bugungi kun muommosi bo`lib borayorgan oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli bo`lishi va hizmat ko`rsatish sohasining kengayishiga o`z hissamni qo`shmoqchiman. Oziq ovqat korxonalarining faoliyati bugungi kunda yaratilayotgan imkoniyatlar yaratilib berilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlari soni kundan kunga oshib bormoqda, ularga bo`lgan talabning ortishi import bob mahsulot ishlab chiqarishga erishish yangidan yangi mahsulotlar sohalar yo`nalishlarning ko`payishi quvonarli holat.
Sut va sut mahsulotlari insonning oziqlanishida muhim o‘rin egallaydi. Sut mahsulotlarini har qaysi oziq ratsioniga qo‘shish uning to‘laqonligini ta’minlab, boshqa tarkibiy qismlarning ham hazm bo‘lishiga yordam beradi [2,4]. Sut xom ashyosi davlat uchun nisbatan qimmatbaho mahsulot hisoblanadi, uni ishlab chiqarish esa ko‘p mehnat talab qiladi, shuning uchun ushbu mahsulotni qayta ishlashda undan imkon boricha to‘laqonli va ratsional foydalanish kerak. Pishloq, tvorog va kazein ishlab chiqarishda sut zardobi ajralib chiqadi. Uning tarkibida 50% sutning quruq moddalari, 200 ga yaqin turli birikmalar, shu jumladan, ingichka dispergirlangan sut yog‘i, eruvchan azot birikmalari va mineral tuzlar, laktoza, shuningdek, vitaminlar, fermentlar, organik kislotalar bo‘ladi. Ozuqaviy qiymatga egaligi bilan bir qatorda sut zardobi va undan olinadigan mahsulotlar parhezbop va davolashda ahamiyatga ega. Pishloq va tvorog qadimiy sut mahsulotlari hisoblanadi. Yovvoyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish sutni ozuqa sifatida ishlatishga turtki berdi. Sut tarkibidagi mavjud nordonsut bakteriyalar hayot faoliyati natijasida ham sut achib qolishi mumkin. Bunda tabiiy sinerezis natijasida quyqa hosil bo‘ladi [5,14]. Qadimda inson sutni saqlashda idish sifatida o‘ldirilgan hayvonlar oshqozonidan foydalanishi natijasida tasodifan shirdonli ivitish haqida bilgani ham tabiiy hisoblanadi.
Sutning pishloq uchun yaroqliligi uningmajmuaviy tasnifi sifatida uning organoleptik kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik va sanitargi gigiyenik ko’rsatkichlar bo’yicha baholanadi. Organoleptik ko’rsatkichlar bo’yicha sut tabiiy yangi sutga xos maza va hidga, qumoqlarsiz konsistensiyaga oqdan och sariq rangga ega bo’lishi kerak. Neft mahsulotlarining sutda himikatlar, mol, go’ng, silos, chirigan silos, chirigan hidning va achchiq, achimsiq ta’mning bo’lishi taqiqlanadi. Sutdagi oqsil va yog’ o’zida yuqorida keltirilgan maza va hidlarni tashuvchi hisoblangan holda ular pishloqda ko’proq namoyon bo’ladi. Pishloq ishlab chiqarish uchun sutning kimyoviy ko’rsatkichlaridan undagi oqsil va mineral tuzlarning tarkibi muxim hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqilsa, mahalliy xom ashyolar asosida tannarxi arzon, tayyorlash texnologiyasi soda, import o’rnini bosadigan, eksportga yo’naltirilgan eritilgan pishloq ishlab chiqarish borasidagi ilmiy ishlar bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |