Mavzu: Tuproqning zaharli himikatlar bilan ifloslanishi. Biosferani asosiy komponenti to‘ldiruvchisi bo‘lgan tuproq doimiy-ravishda turli tezlik va vaqtlarda ko‘p va oz miqdorda oqibati nimalarga olib kelishi nomalum holda insonning ishlab chiqarish faoliyati natijasida xozirga kelib duchor bo‘lib turibdi. Antropogen tayziqlar erlarni qurilish sanoat transport, aloqa uchun ajratilishi, eroziya va digressiyaga, ifloslanishi (zaxarlanishi) va botqoqqa aylanish kabilar dunyoviy muammoga aylandi. B.R.Razaqov baxosiga ko‘ra dunyo tuproqlarini parchalanishi va degidratsiyaga uchragani insoniyat tarixida 20 mln kv2- dan ortiq maydondan yuz bergan; afsusky xozirda xaydaladigan maydonda 15 mln kv 2- ga teng bo‘lib turupti, shuning uchun BMT ning «Atrof muhit muxofaza qilish va rivojlanish» (Reyudejanero-1992) xujjatda aytilganidek chegarada chiqib ketgan (degridatsiyaga 100% uchragan) maydon 1% , kuchli uchragani - 15%ning, o‘rtachasi 46 va engil tarzda uchragani 38% ni tashkil etmoqda. SHundan 56% ni suv erroziyasiga, 28% shamol erroziyasi natijasida 12% kimiyoviy va 4 % fizik degradatsiyaga uchragan. BMT bosh assombleyani 1997 yil iyul dasturida ekologik muammolar ichida erdan samarali foydalanish va uni muhofaza qilishga asosiy e’tiborni qaratgan va mahsus qaror qabul qilgan.
Yerlarni xolatini yomonlashib borishi kelgusi avlodni oziq ovqat bilan ta’minlash masalasini mushkullashtiradi qolaversa, bu erroziyani kuchaytiradi. Demak unumdorlik darajasi pasayib boradi. SHuning uchun dunyo bo‘yicha bu muammoga davlatlar asosiy e’tiborini qaratishlari kerak, tabiiy manbalardan biri bo‘lgan erni extiyotkorona tarzda foydalanish muhofaza qilish uni unumdorlik hamda ekologik funksiyasini saqlab qolish darkor.
O‘zbekiston Respublikasida erdan foydalanish va uni unumdorlik muammosi boshqa davlatlar qatori muayyan kamchiliklardan xoli emas.
Masalan: orolni qurib borishi millionlar gektar maydonlarni sho‘rlanishiga, erroziyaga duchor bo‘lishiga olib kelmoqda.Sirdaryo suv xavzasida joylashgan chordor Rasul suv ombori atrofidagi erlarni minglab gektar maydonlari botqoqzorga aylanib bormoqda, ba’zi rayonlarda er osti suvlarini ko‘tarilishi tezlashayotgani, tuzlar miqdorini ortiqcha bo‘lib borishi va suv erroziyasiga karatilgan tadbirlar yomon ahvolda ekanligini ko‘rish mumkin.