II BOB: Turistik xizmatar bozori. Xizmat ko’rsatish klasslari
2.1. Turistlarning guruhlanishi
Turistlarni turistik mahsulot iste'molchilari sifatida alohida kategoriyalarga bo'lish mumkin. Bunday bo‘lish tipologiyani aks ettiradi. Tipologiya - tizim ob'ektlarini turi yoki umumiy modeli asosida bir-biridan ajratish va guruhlashdir.
O'tkazilgan tadqiqot turlariga qarab turli xil turist tasniflarini keltirish mumkin.
Turistlarni turistik mahsulot iste'molchilari sifatida to‘rt guruhga ajratish mumkin:
«Tejamkor» xaridorlar. Ular narx, sifat va xizmatlar assortimentiga nisbatan o‘ta sezgir bo‘lishadi;
«Shaxsiylashgan (Персонализированный)» xaridorlar. Ular uchun tur (tour) yoki xizmat narxi emas, balki turistik mahsulot turi (shakli) va xizmatlar sifati hal qiluvchi rol o‘ynaydi;
«Andishali» xaridorlar. Ular keng assortimentli ulgurji tur (tour)larga past narx to'lashga ishqiboz bo‘lishadi;
«Apatiyali» xaridorlar. Ular uchun turizm xizmatlarining yuqori sifati muhim bo’lib, narx hech qanday ahamiyatga ega emas.
Turistik mahsulotga bo’lgan talablari asosida turistlar quyidagicha tasniflandi:
Turistik ehtiyojlarga ega bo‘ lgan hamda sayohat qilishni istovchi kishilar;
Yuqori to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan, turistik xizmat ko’rsatish yuqori darajali bo‘lgan elitar va eng obro’li tur(tour) hamda o‘ziga xos takrorlanmas sayohatlarga talabi bo‘lgan kishilar, individual tarjimon-gid bilan hamda shaxsiy avtotransport bilan ta’minlanganlik va shu kabilar);
Xaridorlik xulqiga ega bo‘lgan kishilar. Tabiiy, ruhiy, ijtimoiy va boshqa sabablar oqibatida xarid istaklari reklamaning kuchli ta’siri ostida bo’lgan shaxslar.
Dam olish tarziga qarab olmon tadqiqotchisi G.GAN turistlaming besh turini aniqlab bergan.
S - ( olmoncha SCHEIN, SAND, SEE - nur, qumli plyaj, dengiz ) - ta’til davomida dengiz kurortlarida passiv dam olish, tinchlik va shinamlikni afzal ko‘radi, g‘ala-g‘ovurlardan qochadi, biroq, yoqimli shaxslar bilan aloqa qilishni xush ko‘radi.
F- (olmoncha FERNE und FLIRT ORIENT1ERTER
ERLEBN1S URLAUBER - uzoq masofalarga sayohat qilish va ishqiy sarguzashtlarni afzal ko‘ruvchi ta’tilchi) - bunday shaxslar kishilar-voqealar-taassurotlarning hech qanday to'siqlarsiz almashinishi ishqibozi bo'lishadi, o‘z tatillarini nimadir yuz berayotgan joylarda o‘tkazishadi, Jamoa-taassurot-rohatlanish shakllarining o‘zgarib turishini xushlashadi.
W 1 -( olmoncha WALD und WANDERORIENTIERT - o'rmon va piyoda poxodlar ) - ta'til davomida ob-havodan qat'iy nazar toza havoda faol dam oladi, piyoda poxodlarga chiqadi va hokazolar. Dam olish davomida o’zining jismoniy holatini yaxshilab olishga harakat qiladi, biroq, sport bilan jiddiy shug'ullanmaydi.
W 2 - Ishqiboz emas, balki sportsmen. Uzoq davom etuvchi haddan ziyod zo'riqish va kuchlanishlarga bardosh bera oladi. Tur(tour)ni tanlash jarayonida o‘z xobbisi bilan shug‘ullanish imkoniyatlari mavjudligi bilan qiziqadi. Landshaft, madaniyat va tarix uning uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega. (ishqiboz uchuvchi, alpinist va boshqalar).
A - (olmoncha ABENTENER - sarguzasht) - sarguzashtlar Ishqibozi, sayohat qilishdan bosh maqsadi: xavf-xatar, tavakkal, yangi hissiyotlar va o‘z kuchini kutilmagan holatlarda sinab ko'rish bo'ladi.
V - (olmoncha BILDUNG und BESICHTIGUNG - matifat va ko’ngil yozish) - qiziquvchan shaxslar. Ular uchga bo‘linishadi:
o‘zlari tashrif buyurgan joylari kolleksiyasini yig'uvchilar («ekspertlar»);
Tablat va madaniyatning ashaddiy ishqibozlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |