Urganch davlat universiteti huzuridagi


I BOB. Turistik mahsulot iste’molchilari va uni xarid jarayoni



Download 214 Kb.
bet5/12
Sana23.07.2022
Hajmi214 Kb.
#845527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
r45turistik mahsulot iste\'molchilari

I BOB. Turistik mahsulot iste’molchilari va uni xarid jarayoni
1.1 Turistik mahsulot iste’molchilari
Mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalaming o‘rni va roli g‘oyat sezilarli bo‘lib, bunda turizmning ahamiyati boshqa xizmat ko‘rsatish sohalariga qaraganda yuqori sur’atlar darajasida rivojlanishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarga katta e’tibor berilib, uning turistik salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari shakllanmoqda.
Buni shundan ham anglash mumkinki, keyingi yillarda uni rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining bir qancha farmon va qarorlari, viloyatlarda esa uning ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan qarorlari qabul qilindi. Bular jumlasiga «O‘zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini kiritish mumkin. Ushbu qaror bilan xizmat ko‘rsatish, servis va turizm sohasini rivojlantirishning mamlakatimiz va hududlar bo‘yicha aniq dasturlari ham tasdiqlangan. Bulardan ham ko‘rinib turibdiki, ushbu sohada faoliyat yuritadigan sub’ektlar soni keskin o‘sadi, ular ko‘rsatadigan xizmatlarning sifati esa zamon talabiga mos ravishda oshadi.
Ma’lumki, turistik xizmat ko‘rsatish va tashkil etishda turoperatorlik xizmatlari asosiy o‘rinda turadi. "Turizm to‘g‘risida"gi qonun bo‘yicha o‘z turistik mahsulotini shakllantiradigan va unga o‘z yo‘llanmasini chiqaradigan turistik tashkilotgina turoperator hisoblanadi. Hozirgi kunda turizm sohasi bo‘yicha mutaxasislarni talab darajasida tayyorlash muhim masaladir.
Marketing jarayonida yakun yasash iste‘molchilarni (hozirgi va kelajakdagi) tanlash, ularning xohishlari va ehtiyojlarini aniqlashdan boshlanadi. Ular xohishlari va ehtiyojlari turistik mahsulotni iste‘mol qilishda namoyon bo’ladi, ya‘ni turistik xizmatlari, ishlar va tovarlar Iste'molchilari bu turistlar hisoblanadi. Bu Shubhasiz haqiqat bo’ladi va buni esdan chiqargan yoki hisobga olmagan turistik markaz turizmdan rejalashtirgan daromad ololmaydi. Aksincha, turist xizmati uchun barcha narsani harakatga keltirgan va turistik sanoatning hamma tarmoqlari barkamol rivojlangan turistik markazlari boy bo’lib, turizm industriyasini rivojlantirishga katta mablag’lar sarflashi mumkin.
Turistik mahsulot iste‘molchisi bo’lib turistlar, ekskursantlar va yakka holda yoki guruh bo’lib mustaqil yoki reja asosida turistik markazga boshqa keluvchilar hisoblanadi. Bundan tashqari, ularga o'z tavsifiga ko’ra, turistik turkumiga kirmaydigan, masalan, mahalliy aholi kiradi. Turistik mahsulot iste'molchisiga aylanish uchun u quyidagi chizmada ko’rsatilgan bosqichlardan o’tishi kerak:
Turist - tashrif buyuruvchi, ya‘ni uning odatdagi muhit tashqarisida joylashgan hududlarida, safar muddati 12 oydan ko’p bo’lmagan, tashrif buyurgan xudud manbalaridan qoplanadigan faoliyat bilan shug’ullanuvchi shaxs. Turistlarni hayot tarziga nisbatan guruhlash turlarini aniqlash yanada takomillashgan yondashuvni taqozo etadi, chunki odam va uning xulqi alohida emas, balki uning hayotdagi o’rni, xilma-xil narsalarga va uning xohishlariga bog’liq bo’lgan holda ko’rib chiqiladi.
Turistik mahsulotning haridorgir xususiyatlari to’g’risida aniq axborot, bunga yana yashash dasturi va marshruti haqida axborot, turistlarning xavfszligi turistik mahsulotning sertifikaatsiyasi natijalari to’g’risida axborot ham kiradi.
Turistlar guruhlanishi:



Belgisi

Turi

Faollik
darajasiga


binoan

Tinch xordiqni yoqtirganlar, rohat yoqtirganlar, faol dam oluvchilar, sport bilan bog’liq dam olishni yoqtirganlar, bilim olish, o’rganish maqsadida dam oluvchilar, sarguzashtni yoqtirganlar.

Hayot
tarziga


nisbatan

Rohat yoqtirganlar dam olish sifatiga juda katta talablar qo’yadi. Dam olishdan ular rohat olishni istaydilar, ayrim erkinliklardan naf olishga yoki sport bilan shug’ullanishga harakat qiladilar, aniq yo’nalishdagi turistlar yuqori talablarga ega bo’lgan dam oluvchilar, ammo ularga lyuks darajadagi sharoitlar kerak bo’lmaydi. Ular uchun dam olish - bu o’zini shaxs sifatida topish va namoyish etish, oilaviy turistlar, batamom dam oluvchilar. Bu guruhni ananaviy usul yordamida o’z ta'tilni o’tkazuvchi, nisbatan sust bo’lgan turistlar tashkil etadi: tinchlikdan rohat ko’radiganlar, yaxshi va ko’p ovqat iste‘mol qiladiganlar, qisqa muddatli yoki xaftalik yurishlarni amalga oshiruvchilar.




Download 214 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish