Mavzu:
Corel draw dasturida hajmga ga tasvirlar
yaratish. Matinlar bilan ishlash
REJA:
1.Corel Draw dasturi va uning imkoniyatlari
2.
Corel draw dasturida hajmga ga tasvirlar yaratish
3.
Corel draw dasturida matinlar bilan ishlash.
Corel Draw dasturi haqida
Kodlashtirishning vektorli usulida geometrik shakllar, egri va to’g’ri
chiziqlar, aylana, kvadrat, ellips, qism tasvirlar kompyuter xotirasida
matematik formula kabi geometrik abstraktciyalar ko’rinishda
saqlanadi. Masalan, aylana shaklini kodlashtirish uchun, u alohida
piksellar ko’rinishida bo’lishi shart emas. Uning radiusi, markaziy nuqta
koordinatalari va rangining xotirada saqlanishi etarli bo’ladi.
To’rtburchak uchun esa uning tomonlari uzunligi, joylashuv o’rni va
rangini xotirada saqlash lozim. Matematik formulalar yordamida turli
xildagi shakllarni izohlash mumkin.
CorelDRAW 10 dasturining ishchi oynasi boshqa grafik muharrirlar
oynasiga o’xshashdir. CorelDRAW 10 dasturi ishga tushirilganda ekranda
dasturning boshlang’ich muloqot oynasi hosil bo’ladi. Bu rejimni oldindan
bekor qilish ham mumkin. Buning uchun Show this Welcome Screen at
startup (Ishga tushganda oynani ko’rsatish) satridan bayroqchani olib
tashlash orqali amalga oshiriladi.
Dastlab dastur ishini sozlab chiqish amalarini ko’rib o’tamiz. Agar
ishchi oyna to’liq ekranni egallamagan bo’lsa, dastur sarlavhasida yoyish
tugmasini bosing. Natijada ishchi oyna to’liq ekranda hosil bo’lib
CorelDRAW 10 dasturi bilan ishlash yanada qulaylashadi.
CorelDRAW 10 vektor grafikasi
muharririning ishchi oynasidagi
asosiy elementlari bilan tanishib
chiqamiz (2-rasm). Windows
muhitida ishlovchi boshqa dasturlar
kabi oynaning yuqori qismida oyna
sarlavhasi va menyusi joylashgan.
CorelDRAW 10 dasturida o’z
interfeysini o’zgartirish imkoniyatlari
kengaytirilgan.
2- rasm. Dasturning ishchi oynasi
COREL DRAW- vektorli grafikaning WINDOWS operatsion
sistemasida ishlaydigan yangi grafiklar yaratish va taHrir qiluvchi
dasturidir.Uning yordamida turli grafik ko`rinishlarni loyiHalash,
fotomatn,tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa badiiy ko`rinishdagi
kompazitsiyalarni taHrir qilish bilan boғliq amallarni bajarish
mumkin. COREL DRAW muHarrirni ishga tushirish uchun COREL
DRAW ning belgisiga borib «sichqoncha»ni yoki ENTER klavishini
bosish kerak.
Natijada Windows sistemasining barcha oynalariga o`xshash
COREL DRAW muHarririnig oynasi ochiladi.
1. Corel Draw dasturining asosiy texnologik prinsipi - bu
obyektlar bilan ishlash. Obyekt deb-ustida har xil ishlarni
bajarish imkonini beruvchi tushunchaga aytiladi.
Foydalanuvchi obyektlar ishlash jarayonida ular ustida har
ishlarni bajarishga to`g’ri keladi.
Obyektlar bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
A) Belgilash
B) O`chirish
V) Nusxa olish va nusxani qo`yish.
G) Bir nechta obyektlarni belgilash.
D) Kattalashtirish va kichraytirish.
E) Obyektni siljitish.
J) Belgilashni olib tashlash.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan ishlarni
bajarishning bir nechta usullari mavjud. Biz
faqat bittasida to`xtalib o`tamiz.
Obyektlarni yaratish uchun ekranning chap
burchagida joylashgan «Uskunalar paneli»dan
foydalaniladi.
Hujjatga qo`yilgan obyektni belgilash uchun shu obyekt ustiga
sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib chap tugmasi bir marta bosiladi.
Natijada obyekt belgilanadi. Ya’ni 1-rasmda ko`rsatilganidek 8ta
markerga olinadi. Bu usul yordamida ixtiyoriy obyektlarni belgilash
mumkin.
Bir nechta obyektlarni birlashtirish ya’ni
gruppalash uchun, avvalam bor, bu obyektlar
belgilanadi. Hamma obyektlarni belgilash
uchun klaviaturada Shift tugmasi bosiq turilgan
holda obyektlar birma-bir belgilanib chiqiladi.
(Yuqoridagi ko`rsatib o`tilgan usul yordamida).
Obyektlar ustida esa yana murakkabroq faqat Corel Draw
dasturiga xos ishlarni bajarish mumkin. Bu ishlarni bajarish
jarayonida menyudan, klaviaturadan, sichqonchadan, «Uskunalar
paneli»dan foydalanish mumkin. Foydalanuvchi o`zi tanlaydi qaysi
usuldan unga foydalanish qulay. Biz ham faqat ayrim, ommabop
usullarini sanab ko`rsatib o`tamiz.
Corel Draw dasturida obyektlar yaratish uchun, yuqorida aytib
o`tganimizdek, oynaning o`ng qismida joylashgan «Uskunalar
paneli» foydalaniladi.
«Uskunalar paneli»da joylashgan
uskunalarga o`tamiz. Chunki bu uskunalar
nafaqat obyekt yaratadilar, yoki obyektga ichki
va tashqi rang beradilar, balki bu uskunalarning
qushimcha imkoniyatlaridan foydalanib biz
belgilangan obyektlar ustida har xil bajarish
imkoniga ega bo`lamiz.
«Uskunalar paneli» quyidagilar
uskunalardan iborat:
Pick Tool)-obyektni belgilash.
(Shape Tool-F10)-obyekt ustida har xil ishlarni bajarish
imkonini beradi (qirqib olish, o`chirish, siqish). Bu tugma
qo`shimcha tugmalardan iborat. (SHu tugma ustiga sichqoncha
ko`rsatkichi olib borilib, chap tugmasi bosib turilsa shu
buyruqlar chiqadi, keraklisi tanlab olinadi. Ichida keraklisi tanlab
olinadi. «Uskunalar qatori»da joylashgan ayrim tugmalar shu
imkoniyatga ega.)
(Zoom)-masshtabni o`zgartirish imkonini beradi. Bu tugma
vizifasi
va
imkoniyatlari to`g’risida,
mavzumizning yuqori
qismida aytib o`tkan edik.
Lekin bu tugmaning yana bir qo`shimcha vazifasi bor, ya’ni 2-dagi
ishlar
tugma tanlansa, bu tugma bizga sahifani ekran bo`yicha
joylashishini o`zgartirish imkonini beradi. (chap tugma bosiq
turilgan holda)
Do'stlaringiz bilan baham: |