1.3. Turmahsulot haridi jarayonida ishtirok etuvchilar
Turmahsulotni sotish jarayonida turoperator va turagent kabi turistik korxonalar ishtirok etadi.
Turoperator — litsenziya asosida turmahsulot shakllantirish, o’tkazish va sotish faoliyatini amalga oshiruvchi
tadbirkor, ya‘ni tashkilot yoki fuqaro.
Turagent — litsenziya asosida turmahsulotni o’tkazish va sotish faoliyati bilan band bo’lgan tadbirkor, ya‘ni tashkilot yoki fuqaro.
Turoperator xilma-xil xizmatlardan — vizani rasmiylashtirish, uchish, transfert, mehmonxona, sug’urta, ekskursiyalar
va boshqalardan qandaydir mahsulot yoki turpaket «yig’adi», uni bozorga yo'naltiradi va mijoz yoki turagentlarga sotadi.
Turagentlik esa bu turoperator va mijoz o’rtasidagi vositachi firmasidir.
Xarid qilish haqida qaror qabul qilish jarayonida quyidagi olti vazifadan birini bajaruvchi tashkilot a’zolari ishtirok etadi:
Foydalanuvchi. Tovar yoki xizmatlami iste’mol qiluvchilar. Ko'pincha aynan ular xarid qilish tashabbusi bilan
chiqadilar. Ular mahsulotga nisbatan talablarni ham belgilaydilar. Agar ularning mahsulotdan ko'ngillari to’lmasa o‘z kompaniyalarini mazkur mehmonxonaga qarshi qilishlari mumkin.
Xarid qilish haqida qaror qabul qilishga ta’sir ko'rsatuvchilar. Xarid qilish xaqida qaror qabul qilishga va boshqa jamoa yig’ilishlariga bevosita ta'sir ko'rsatadilar.
Xarid qilish haqida qaror qabul qilish. Mahsulot javob berishi lozim bo'lgan talablarni ishlab chiqadilar va ta'minotchilarni belgilaydilar. Masalan, kompaniyaning mintaqaviy vakillarining yig’ilishi Jenevada o’tkazilishi mo’ljallanayotgan bo‘lsa, u holda shu mintaqa bo‘yicha javob beruvchi direktor mehmonxonani aniqlash va uning ma’muriyati bilan muzokaralar olib borishi lozim.
Xarid qilish haqida ijobiy qaror qarorlar qabul qiluvchi va kelgusida foydalanuvchi sifatida chiquvchilarning rejalashtirayotgan harakatlariga rozilik beradi. Yig’ilish yoki konferentsiyani Jenevadagi direktor tashkil qilsa-da, joyni ijaraga olish va h.k. bo‘yicha shartnomalar rasmiy ravishda rozilik berish uchun kompaniya prezidentining marketing bo'yicha o’rinbosariga taqdim qilinishi lozim.
Xaridorlar. Ular tovarlar va xizmatlar bilan taminlovchilarni tanlash va xarid shartlari haqida kelishib olish huquqiga egalar. Sotib oluvchilar mahsulotga nisbatan talablarni belgilashda yordam berishlari va sotuvchilarni tanlashlarida va ular bilan muzokaralar olib borishda muhim rol o’ynashlari mumkin.
Ma'lumotni filtrlovchilar. Ular sotuvchilarni sotib oluvchi markaz a'zolari bilan muloqotda bo’lishiga rozilik bermaslik va ma'lumotni ushlab qolish qudratiga egalar. Masalan, mehmonxona vakili yig’ilish yoki konferensiya tashkilotchisi bilan bog'lanish istagini bildirsa, kotiba orqali harakat qilmog'i lozim bo’ladi. Kotiba esa osonlik bilan tashkilotchi bilan uchrashuvga halal berishi mumkin. U ma’lumotni yetkazmasligi, yoki tashkilotchi joyida yo‘q deb aytishi, yoxud tashkilotchini sotuvchi bilan uchrashmaslikka ko’ndirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |