MA’NO VA MOHIYAT HAYOTBAXSH QAYG‘U VA UMIDBAXSH KULGU Abdulla SHER Inson shunday noyob mavjudotki, u o‘z qayg‘usidan hayotbaxsh ruh topa biladi, kulgisidan falsafa yasay oladi, ko‘zyosh bilan kulib, kulib turib ko‘zyosh to‘kishga qodir. Chunki uning hayoti ikki qutb — fojia va quvonchdan iborat. Inson ana shu qo‘sh qutbning jonli markazi sifatida azalu abad ham fojiaga, ham kulgiga oshno bo‘lishga mahkum. Ana shu holat, shubhasiz, uning ma’naviy izlanishlariga ta’sir ko‘rsatadi, ijodkorlikka undaydi va yaratgan san’at asarlarini estetik jihatdan yuksaltiradi. Bu xususiyatlar nafosat falsafasida «fojiaviylik» va «kulgililik» tushunchalari orqali ifodalanadi «Fojiaviylik» nafosat falsafasining qamrovdor va muhim tushunchalaridandir. Uning zamirida fojiaviy ziddiyat mujassam. Fojiaviy ziddiyat shaxs orzu-istaklari, maqsadlari bilan jamiyat talablari orasidagi qarama-qarshilikdan vujudga keladi, boshqacha aytganda, fojiaviy ziddiyat — erkinlik va zaruriyat o‘rtasidagi kurashdir. Bu kurashda «zaruriyat — ob’yekt, erkinlik esa sub’yekt demakdir» (Shelling F. Filosofiya iskusstva. M., «Mыsl», 1966, str. 400). Erkinlikni o‘zida mujassamlashtirgan fojiaviy qahramon, ya’ni sub’yekt zaruriyat tajassumi bo‘lmish voqyelik — ob’yekt bilan tengsiz kurashda halok bo‘ladi. Fojiaviylikning ziddi — kulgililik. Agar fojiaviylik kishini iztirobga solsa, achinish uyg‘otsa, kulgililik, aksincha, idrok etuvchida xushnud kayfiyat, quvonch tug‘diradigan estetik xususiyatdir. Uning falsafiy mohiyatini ochib berish uchun yana Shellingga murojaat qilaylik: agar fojiaviylikda erkinlik sub’yektda, zaruriyat esa ob’yektda berilsa, kulgililikda buning aksi kuzatiladi — erkinlik ob’yektda, zaruriyat sub’yektda voqye bo‘ladi va ular orasidagi kurashdan kulgili holat vujudga keladi (qarang: Shelling F.Filosofiya iskusstva. Str. 418). «Fojiaviylik» nafosat falsafasining qamrovdor va muhim tushunchalaridandir. Uning zamirida fojiaviy ziddiyat mujassam. Fojiaviy ziddiyat shaxs orzu-istaklari, maqsadlari bilan jamiyat talablari orasidagi qarama-qarshilikdan vujudga keladi, boshqacha aytganda, fojiaviy ziddiyat — erkinlik va zaruriyat o‘rtasidagi kurashdir. Bu kurashda «zaruriyat — ob’yekt, erkinlik esa sub’yekt demakdir» (Shelling F. Filosofiya iskusstva. M., «Mыsl», 1966, str. 400). Erkinlikni o‘zida mujassamlashtirgan fojiaviy qahramon, ya’ni sub’yekt zaruriyat tajassumi bo‘lmish voqyelik — ob’yekt bilan tengsiz kurashda halok bo‘ladi. Fojiaviylikning ziddi — kulgililik. Agar fojiaviylik kishini iztirobga solsa, achinish uyg‘otsa, kulgililik, aksincha, idrok etuvchida xushnud kayfiyat, quvonch tug‘diradigan estetik xususiyatdir. Uning falsafiy mohiyatini ochib berish uchun yana Shellingga murojaat qilaylik: agar fojiaviylikda erkinlik sub’yektda, zaruriyat esa ob’yektda berilsa, kulgililikda buning aksi kuzatiladi — erkinlik ob’yektda, zaruriyat sub’yektda voqye bo‘ladi va ular orasidagi kurashdan kulgili holat vujudga keladi (qarang: Shelling F.Filosofiya iskusstva. Str. 418).
Do'stlaringiz bilan baham: |