Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti 198-guruh talabasi jumaboyeva feruzaning O`zbek adabiy tanqidchiligi tarixi fanidan mustaqil ta` lim mashg`uloti - “O‘zbek adabiy tanqidi”.Antologiya
- Reja:
- 1.“O‘zbek adabiy tanqidi. Antologiya” kitobining mazmun mundarijasi.
- 2.Ilk munaqqidlarning adabiy-estetik qarashlari.
- 3.“O‘zbek adabiy tanqidi. Antologiya” kitobining adabiy tanqidchilikda tutgan o‘rni.
.Adabiy tanqid – ijodkor bilan o‘quvchi omma orasidagi ko‘prik. Shunga ko‘ra,boshqa fan sohalaridan farqli o‘laroq,adabiy tanqidiy asar tor mutaxassislar doirasiga emas,keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallanadi. Bu ham uning bir qator o‘ziga xos jihatlarini keltirib chiqaradi. Jumladan,ko‘pchilikka mo‘ljallangan asarning tili,uslubi ham shunga mos bo‘lmog‘i taqozo qilinadi. Demak,adabiy-tanqidiy asar bu jihatdan, hatto, mutaxassislarga mo‘ljallangan adabiyotshunoslikka oid sof ilmiy asardan ham farqlanishi tabiiy.Masalan, adabiy-tanqidiy asarda adabiyot nazariyasiga oid asarlardagi kabi murakkab ilmiy terminlar nojoiz, munaqqidning o‘z o‘quvchisini doim nazarda tutishi talab etiladi. - .Adabiy tanqid – ijodkor bilan o‘quvchi omma orasidagi ko‘prik. Shunga ko‘ra,boshqa fan sohalaridan farqli o‘laroq,adabiy tanqidiy asar tor mutaxassislar doirasiga emas,keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallanadi. Bu ham uning bir qator o‘ziga xos jihatlarini keltirib chiqaradi. Jumladan,ko‘pchilikka mo‘ljallangan asarning tili,uslubi ham shunga mos bo‘lmog‘i taqozo qilinadi. Demak,adabiy-tanqidiy asar bu jihatdan, hatto, mutaxassislarga mo‘ljallangan adabiyotshunoslikka oid sof ilmiy asardan ham farqlanishi tabiiy.Masalan, adabiy-tanqidiy asarda adabiyot nazariyasiga oid asarlardagi kabi murakkab ilmiy terminlar nojoiz, munaqqidning o‘z o‘quvchisini doim nazarda tutishi talab etiladi.
Boshqa tomoni, adabiy tanqid o‘quvchi ommaga ma’lum bir fikrni singdirish, uning qarashlariga ta’sir qilish, badiiy didini yuksaltirish kabi maqsadlarni ko‘zlaydiki,bu uning uslubini publitsistikaga yaqinlashtiradi. “O‘zbek adabiy tanqidi tarixi. Antologiya” kitobi o‘zbek adabiy tanqidchiligi tarixini o‘rganish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu antologiyada tanqid sohasida qalam tebratgan munaqqidlarning sara asarlari o‘rin olgan. - Boshqa tomoni, adabiy tanqid o‘quvchi ommaga ma’lum bir fikrni singdirish, uning qarashlariga ta’sir qilish, badiiy didini yuksaltirish kabi maqsadlarni ko‘zlaydiki,bu uning uslubini publitsistikaga yaqinlashtiradi. “O‘zbek adabiy tanqidi tarixi. Antologiya” kitobi o‘zbek adabiy tanqidchiligi tarixini o‘rganish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu antologiyada tanqid sohasida qalam tebratgan munaqqidlarning sara asarlari o‘rin olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |