Urganch davlat univ


Xulosa Ekologik madaniyat



Download 0,85 Mb.
bet14/15
Sana13.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#789487
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Buvaxon Kursa ish

Xulosa
Ekologik madaniyat, tarbiya, ekologik tafakkur, ekologik odob, axloq jamiyat taraqqiyotining asosiy negizlaridan hisoblanadi. Ekologik ong insoniyatning ijtimoiy-tarixiy amaliyoti jarayonlarida atrof-muhitini muhofaza qilishga qaratilgan ongli munosabat, ekologik ong tabiiy muhitni har qanday buzilish holatidan asrab qolish imkonini beradigan insonga mansub jarayondir, aks holda uning teskarisini ko‘rish mumkin. O‘ziga xos ekologik ongni kishilarning muayyan amaliy va nazariy faoliyatini, maqsadini tabiatni muhofaza qilish manfaatlari bilan bog‘lashning o‘zi ekologik madaniyatdan xabar beradi. "Ekologik madaniyat" atamasining mazmuni shuki, tabiatning rivojlanish qonuniyatlarini anglab yetgan hamda inson faoliyati tasvirining yaqin va uzoq kelajaqdagi oqibatlarini inobatga olgan holda foydalanishdir. Ekologik madaniyat umuman insoniy madaniyatning moddiy va ma’naviy muhit mahsuli sifatida aks etgan tarkibiy qismidir. Ekologik madaniyat taraqqiyoti kasbiy ekologik ta’lim va tarbiya hamda haqqoniy ekologik ma’lumotlarni ommaga yetkazish bilan chambarchas bog‘langan. Ekologik madaniyat zamirida ekologik ta’lim yotadi. Ekologik ta’lim - tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini ilmiy asosda amalga oshirish zarur bo‘lgan matematik bilimlarni chuqur o‘zlashtirish jarayoni va natijasidir.
Ekologik tarbiya - ekologik madaniyatning ajralmas qismi bo‘lib, insonning hissiyotlari, ongi, dunyoqarashi va tasavvurlariga ta’sir qilish orqali unda tabiatga nisbatan ongli va ma’naviy munosabat saviyasini muntazam va maqsadli ravishda oshirib borish jarayonidir.
Ma’naviyat, ma’rifat va madaniyat bu falsafa fanining hech qacton diqqat e’titordan hotda qolmagan asosiy muammosi bo‘lib, komil inson dunyoqarashini shakllanishi, uning erkin bo‘lishi, ozod va hur yashashi, uning ma’naviy yetuk, axloqiy tomondan kamol topishi, fozil va fidoiy inson bo‘lib yetishishidir. Bunday hooЫag ekologik muamsholarni hal etishda o‘ta ma’suliyatlidirlar. Ular axloqiy ehosho!ho bilan o‘zgalarning efotoghoya sohasidagi bilimlarni o‘rganib, ekologik noqulay holatni tushunib yetib, odamlar sog‘lig‘ini saqlab qolishga, tabiatni asrashga amaliy Loga- tadbir ishlab chiqaruvchi, xavfni bartaraf etishga qaratilgan vazifalarni bajaruvchi insonlardir.
Ma’lumki, barkamolligi, madaniyati tashqi ko‘rinishiga qarab emas, balki uning ma’naviy dunyoqarashi bilan belgilanadi. Jamiyatning ravnaqi va kelajagi shu jamiyatda yashovchilarning ham ma’naviy, ham madaniy barkamolligiga bog‘liq. Inson ma’naviy tomondan qashshoq bo‘lsa, kelajagi porloq jamiyat qurib bo‘lmasligi hayot haqiqatidir. Ilmiy adabiyotlarda keyingi vaqtlarda ekologiya madaniyatini shakllantirish borasida anchagina maqolalar chop etilmoqda. Demak, shunday ma’ruzalarga, maqolalarga chanqoqlik ortib bormoqda. Bu mavzuning borgan sari dolzarblashib borayotgani va bu muammolarni bartaraf etib, barqaror rivojlanishni ta’minlashni taqozo etishni ko‘pchilik hamyurtlarimizning tushunib borayotgani quvonchlidir. Mustaqil O‘zbekistonimizning har bir fuqorosi o‘zining vatanini, xalqini sevib, ekologik ongini va madaniyatini oshirib borishi va bu muammolarni hal qilishda faol qatnashishi lozim. Bu masalada tomoshabinlarga o‘rin yo‘q bo‘lishi kerak. Bu ko‘p qirrali, hammaning ehohorim jalb qiladigan muommo bo‘lib, bu borada ta’lim-tarbiyani va uning samaradorligini oshirish, hamjihatlikni ta’minlash davr talabi bo‘lib qoldi. Ekologik jarayon murakkab kechayotgani uchun u yangicha fikrlashni, dunyoqarashni, axloqiy, madaniy, ma’naviy yetuklikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsni bilimli qilishda, madaniyatini shakllantirishda pedagoglar oldiga eng murakkab vazifalar ko‘ndalang qilib qo‘yildi.
Shunday qilib, chiqindilar masalasi ekologiyadagi muhim muammolardan biri bo‘lib, ularni yig‘ishtirib qayta ishlash yoki gigiyenik talablar bo‘yicha sarishta qilinsa, nafaqat iqtisodiy jihatdan foyda ko‘rishga erishish, balki yerni, havoni, suvni, oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi oldi olishga ham erishish mumkin bo‘ladi.



Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish