III.Bob Sanoat zonalarini ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirishda davlat va tabiiatni muhofaza qilish orginlarning ro`l
31.Sanoat chiqindilarining atrof-muhit va insonlarga ta`siri.
Odam o'zi yashagan tabiatga zarar keltirmay yashasa tabiatda muvozanatlar uzoq vaqt yaxshi holatda saqlanib qoladi. Afsuski, odamlar sonining ko'payib borishi natijasida tabiatga ham shuncha ozor etkazilmoqda. Odamlar soni ko'payar ekan, har bir odam uchun oziqovqat, kiyim, uy-joy va boshqalar kerak bo'ladi. Odam o'ziga kerakli sharoitni yaratishi uchun ko'p miqdorda xomashyoni qayta ishlaydi va ko'plab yoqilg'ilarni yoqishga majbur bo'ladi. Bu bajarish jarayohida tabiatga bilgan holda katta zarar yetkaziladi. Ammo inson harakat qilsa tabiatga yetkazilayotgan zararni kamaytirish mumkin.
Ular quyidagilar hisoblanadi:
Ishlab chiqarishdagi zararli tarmoqlarni ekologik jihatdan mukammallashtirish;
Kam chiqindi ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishga yerishish;
Havoga, suvga va tuproqqa tashlanadigan chiqindilarni to'liq tozalashga yerishish.
Endi bu holatlarni alohida ko'rib chiqamiz.
Texnologik jarayonlarni takomillashtirish o'z ichiga bir qancha hususiyatlarni oladi:
Tabiiy va enyergetika zahiralaridan to'liq foydalanish. Ma'lumki hali bizda yoqilg'i-energetika zahiralaridan to'liq' foydalanilmaydi, ko'p qismi bexudaga tozalanilmay atmosferaga yoki tuproqqa tushib ketadi. Masalan, neftni qayta ishlashda uning tarkibidan oltingugurt sof holda bo'lib undan zarur sohalarda foydalanish mumkin. Ammo bizda deyarli ko'p tashkilotlarda bundan ham qo'shimcha daromad va ekologik tozalik jarayonlariga e'tibor berishmaydi. Aslida psixologik jarayonlami mukammallashtirish atmosferani issiq, ifloslanishidan va shuningdek, atrof muhitni qisman bo'lsa ham toza saqlashga yerishildi. Hamda qo'shimcha issiqlik hosil qilish uchun yana yoqilg'i sarflanib va atmosferaga C02 va N02 tashlanmaydi. Ikki tomonlama tejash ishlari boradi. Texnologik jarayonlarning mukammalashuvi bir necha bosqichdagi ishlarni bir yoki ikki bosqichda bajarish imkonini byeradi, shu vaqt, yoqilg'i, ishchi kuchi tejalib, atrofmuhitga zararli gazlar kam tashlanadi. Masalan, benzin olishda bir necha jarayonni bir martada bajarish natijasida xomashyo tejalib, ekologik xolat yaxshilanadi. Sanoatda po'lat quyishda ishlaming uzluksiz jarayonini tashkil qilish natijasida xomashyo va issiqlik 30 % ga tejaladi. Ma'iumki pechlami isitib olish uchun katta miqdorda yoqilg'i sarfbo'ladi. Hozirgi kunda ishlab chiqarish jarayonini kompyutyerlashish va avtomatlashtirish natijasida bir qator qayta ishlash jarayoni tezlashadi, bu narsa birinchidan xomashyo va yoqilg'ini tejash imkonini bersa, ikkinchidan ishlab chiqarishni ekologik toza xolga olib keladi. Neftni qo'lda qayta ishlab bo'lmaydi, uni faqat texnologik jarayonda qayta ishlash mumkin.
Texnologik jarayonlami jadallashtirish ishlab chiqarishga vaqtni va energiya zahiralarini tejash imkonini yeradi, ammo bu jarayon olinadigan mahsulotning sifatini pasaytirmasligi kerak. Har bir sohada qaysi kimyoviy mahsulot turi ko'p bo'lsa, shu sohani rivojlantirishga yerishish zarur.
Bundan tashqari sanoatda ishlatiladigan barcha aparatlami takomillashtirsh zarur. Agar aparatlar takomillashsa boradigan ish jarayoni tezlashadi, olinadigan mahsulotning tannarxi pastlashadi, atmosferaga tashlanadigan gazlar rniqdori kamayadi. AparatJaming hajrni kichraysa ular egallab turadigan maydon qisqaradi va ulami qurish harajatlari kamayadi va tannarxi pasayadi.
Foydalaniladigan appartlarining maxkamligini (avtoklov-Iar) oshirish zarur. Neftni qayta ishlash sohalarida xomashyoning chiqib ketishi mutloq mumkinmas, toshib ketgan neft xomashyosi atmosferani juda ifloslantiradi, tuproq mutloqo yaroqsiz holga keladi yoki yonib ketsa katta yong'inlarga sabab bo'lishi mumkin.
Sanoatda hamma vaqt yangi konstruktiv xilidagi uskunalami qo'llashga harakat qilish zarur, yangi aparatlar uskunalaming xizmat muddatini uzaytiradi, korroziyani suslashtiradi. Olinayotgan zahiralarning asoslangan i1miy-amaliy xususiyatlarini bilish lozim. Benzin ish lab chiqarishda juda katta miqdorda suv sarti kuzatiladi. Benzin olish uchun ichimlik suvi emas balki texnik suvdan, avval ishlatilgan suvni to'plab qayta ishlatish mumkin; Oldindan xomashyo va yoqilg'ini tayyorlab qo'yish natijasida texnologik jarayon arzonlashadi, atrof muhitga zararli moddalar kam tashlanadi. Masalan xom neftdan oltingugurt ajratib olinsa, yon ish natijasida atmosferaga tashlanadigan C02 chiqindilari kamayadi.
Zaharliligi yuqori materiallarni (simob, qo'rg'oshin va kadmiy), zaharliligi past, turli bo'yoqlar, katalizator, elektrolitlar bilan almashtirish zarur.
Chetdan tashib keltiriladigan xom ashyolarni bori qadar mahalliy xom ashyoga almashtirish zarur.
Tayyor mahsulotni mukammallashtirish ham bir qator ko'rsatkichlami o'z ichiga oladi.
Olingan mahsulotlarni standart me'yorlarga to'g'ri kelishi:
Mahsulotlarda foydalanish muddati cho'zilishi;
Atrof muhitda ayrim omiIlarni qayta tiklashga yerishish yoki ayrimlarini yo'q qilish (utillash);
Ishlab chiqarishni to'g'ri tashkil qilish mukammalshtirish natijasida quyidagilarga yerishiladi;
Ishchi kuchidan to'g'ri foydalanish, barcha xomashyo va enyergetika zahiralardan tejab foydalanish, ishni to'g'ri tashkil qilish va bekor turib qolishga yo'l qo'ymaslik;
Ishlab chiqarishga yangi aparatlarni joriy qilish;
Olinadigan mahsulotning ekologik tozaligini ta'minlash;
Viloyat, tuman va shahar ekologiya tashkilotlari o'rtasida hisobot berib turish;
Hamma vaqt kutilmagan ekologik vaziyatlarga tayyor bo'lish;
Oltingugurt angidridli ( S 0 2 tarkibli) chiqindi gazlarni zararsizlantirish usullari S 02 gazi sulfat kislota — H2S04, ammoniy sulfat ishlab chiqarishda, qattiq yoqilg‘ini qayta ishlashda, metallurgiya, issiqlik elektr stansiya, kapron, linoleum, ruberoid, penoplast, tekstil, qog‘oz, oziq-ovqat kabi sanoatlarning chiqindi tutun gazlarida uchraydi. S 0 2 gazi zaharli gazlar turkumiga kirib, uning ta’sirida nafas yo‘llari bo‘g‘ilach, ko‘zni yallig‘lantiradi, yo‘tal tutadi, ko‘zni yoshlantiradi, bosh og‘riydi, nafasni qisadi, bronxlarni quritadi, shu bilan bir qatorda m etall uskunalarni korroziyaga uchratadi, qurilish materiallarini yemiradi, qishloq xo‘jalik yerlariga “kislotali yomg‘ir” ko‘rinishida tushib, yaroqsiz holga keltiradi va xalq xo‘jaligiga jiddiy zarar ko‘rsatadi. S 0 2 gazining ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiyasi REChK— 0,5 m g/m 3 ni tashkil etadi. Hozirgi kunda S 0 2 gazlarini zararsizlantirish uchun absorbsion, adsorbsion va katalitik usullar ishlab chiqilgan. Har bir usulning o‘ziga yaraslia afzalliklari va kamchiliklari bor. Usullarni qoMlash korxonadagi mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda o'matiladi. Endi S 0 2 gazini zararsizlantirish uchun qo‘llaniladigan usullarni alohida ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |