Sham daraxti
Sham daraxti yoki parmentera yeyish uchun yaroqli. U mevalarining noodatiy shakli sabab shunday ataladi. Tashqi ko‘rinish jihatidan shamga o‘xshashidan tashqari uning tarkibida yaxshi yonish imkonini beradigan yog‘ ham bor. Sham daraxti tropik junglilarda o‘sadi. Odamlar undan tibbiy maqsadlarda foydalanishni o‘rganishgan.
Sovun daraxti
G‘aroyib daraxt Osiyo va Amerikaning tropik o‘rmonlarida o‘sadi. Bu qiziq o‘simlik, ayniqsa uning mevalarida ko‘plab saponin moddasi bo‘lib, u kir ketkazish xususiyatiga ega. Ilgari hindular ushbu daraxtning po‘stlog‘idan matolarni oqartirish uchun foydalanishgan. Bugun esa sovun daraxti kosmetologiyada keng qo‘llaniladi.
Uning urug‘i o‘ta qattiq, shuning uchun undan tasbeh va turli bezaklar tayyorlanadi. Mevalari sovunli yong‘oqlar deb ataladi, chunki ular bemalol kir yuvish kukuni o‘rnini bosa oladi. U mutlaq gipoallergen, hidi yo‘q, ekologiyaga ham zarar keltirmaydi.
Kolbasa daraxti
Kolbasa daraxti yoki kigeliya Afrika mamlakatlarida o‘sadi. U 10 metrgacha o‘sadi. Unda katta gullar va uzunligi 50-60 sm bo‘lgan kolbasa shaklidagi o‘ziga xos mevalar o‘sadi. Yevropada bu daraxt haqida bir necha asrlar oldin eshitishdi. Qiziqarli jihati, kolbasa daraxti yakka holda o‘sadi, hech qachon ikkita daraxt yonma-yon bo‘lmaydi. Jazirama issiq kunlar kelishi bilan ular bargini to‘kadi, shu yo‘l bilan suv zaxirasini tejaydi. Yomg‘ir mavsumi boshlanganida esa ularning shoxlarida yana barglar paydo bo‘ladi.
Kunduz kuni noodatiy gullar batamom yopiq, kun botishi bilan esa ular ochiladi. Bu gullarning yagona kamchiligi changlantiruvchilarni jalb etish uchun zarur bo‘lgan yoqimsiz hidi. Daraxt mevalarini iste'mol qilishdan avval unga termik ishlov berish kerak. Chunki u juda zaharli. Mahalliy aholi undan alkogol ichimlik tayyorlashni o‘rganishgan.
Mevalar o‘ta mustahkam po‘stloq bilan qoplangan. Urug‘ini olish uchun dastlab mevani quritish, ana undan keyin bolta bilan maydalash kerak bo‘ladi.
Daraxt — tana va shoxlari yogʻochlangan koʻp yillik oʻsimlik. Daraxtlar boʻyiga qarab 3 guruhga: 1) 35 m dan baland (chinor, terak, qora qayin, qaragʻay); 2) 25—35 m (qayragʻoch, yongʻoq, oq qayin, tol, qatrangʻi); 3) 25 m gacha (zarang, chetan, shumurt) boʻlinadi. Mevali daraxtlar ham shakliga qarab 3 guruhga: 1) shoxshabbasi koʻp, baland boʻlib oʻsadigan (nok, gilos, yongʻoq, olmaning ayrim navlari); 2) tanasi koʻrimsiz, ildiz bachkilaridan ham koʻpayadigan boʻyi past (shaftoli, olmaning pakana xillari, olcha va olxoʻrining ayrim turlari); 3) birinchi va ikkinchi guruh oraligʻidagi oʻrta boʻyli daraxtlar (olma va oʻrikning koʻpchilik xillari va navlari, nok, olchaning ayrim turlari)ga boʻlinadi.
Daraxtlarning doim yashil va barglarini har yili kuzda toʻkadigan xillari ham bor. Doim yashil daraxt barglari vaqt-vaqti bilan toʻkilib, oʻrniga yangisi chiqaveradi.
Daraxtlar yoshi ularning kesilgan toʻnkasidan yoki oʻsib turgan ildiz boʻgʻzidan (parmalab olingan oʻzagigacha), yogʻochligidagi yillik halqalar soniga, shuningdek, daraxtlarning tashqi belgilari (bargining rangi, tanasining shakli, poʻstlogʻining tusi va tuzilishi)ga qarab aniqdanadi.
muvоfik rаvishdа fоydаlаnishdir.
Hozirgi vaqtdа ilmiy-tехnikа tаrаkkiyoti хаyotdа yangidаn-yangi ekоlоgik muаmmоlаrni kеltirib chiqardi, jаmiyat vа tаbiаt o’rtasidаgi munоsаbаt tubdаn uzgаrdi. Mаvjud ekоlоgik muаmmоlаrni tulik o’rganish vа bаrtаrаf etish mаksаdidа ekоlоgiyada yangi fan paydo bo`ldi unda daraxtlarni muhofaza qilishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |