Urganch davlat univ


II. Bob Atmasfera havosini sog`lomlashtirishda o`simliklarning o`rni



Download 0,85 Mb.
bet9/15
Sana13.07.2022
Hajmi0,85 Mb.
#789487
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Buvaxon Kursa ish

II. Bob Atmasfera havosini sog`lomlashtirishda o`simliklarning o`rni
2.1 Ozon qatlami funksiyasi.
Havo nisbiy namligi — havodagi suv bugʻi miqdori. Ob-havo va iqlimning asosiy xususiyatlaridan biri. Quyidagi koʻrsatkichlari bilan ifodalanadi: 1) havodagi suv bugʻlari elastikligi ye (parsial bosim) mm yoki mb da oʻlchanadi; 2) mutlaq namlik; 1 g/sm3hajmdagi havoda mavjud boʻlgan suv bugʻlari miqdori; g/m-’ bilan oʻlchanadi; 3) nisbiy namlik g — havo tarkibidagi suv bugʻi elastikligining xuddi shu temperaturadagi toʻyingan suv bugʻi elas-tikligiga nisbatini ifodalaydi, yaʼni g ~ u-100% ; % bilan ifodalanadi; 4) namlik yetishmovchiligi a1 — maʼlum temperaturadagi toʻyingan suv bugʻi elastikligi Ye bilan havo tarkibidagi mavjud suv bugʻi elastikligi ye ayirmasiga teng , yaʼni a"= YE—e; 5) shud-ring nuqtasi t — oʻzgarmas bosimda havo tarkibidagi suv bugʻlarining toʻyinguniga qadar sovitish uchun lo-zim boʻlgan temperatura.
Quyosh radiatsiyasi - Quyoshning elektromagnit va korpuskulyar (zarra) nurlanishi. Quyosh radiatsiyasi Yerdagi deyarli barcha jarayonlarning energiya manbai hisoblanadi. Korpuskulyar Quyosh radiatsiyasi asosan protonlardan iborat boʻlib, Yer yaqinidagi tezligi 300–1500 km/sek, oʻrtacha konsentratsiyasi 5—80 ion/sm2. Quyosh faolligi maksimum, boʻlganda va katta chaqnashlardan keyin Yer yaqinidagi protonlar konsentratsiyasi 103 ion/sm2gacha yetadi. Quyosh chaqnashlari paytida katta energiyali (7-103eV) zarrachalar (asosan, protonlar) paydo boʻladi. Yerga tushayotgan umumiy kosmik nurlar chaqnashini Quyosh radiatsiyasi koʻrini-shida ifodalaydi. Quyosh elektromagnit nurlanishining asosiy qismi spektrning koʻzga koʻrinadigan nurlari qismiga toʻgʻri keladi. Quyosh toʻla nur energiyasining Yer atmosferasidan tashqarida (Quyoshdan 1 astronomik birlik uzoqlikda)gi Quyosh nurlariga tik boʻlgan 1 sm2yuzada 1 min.da tushadigan miqdoriga quyosh doimiysi deyiladi. Quyosh doimiysi Quyoshning u.mumiy energiyasini hisoblash, tadqiq etish, uning Yerga taʼsirini oʻrganish maqsadida maxsus aktinometrik styalarda oʻlchab boriladi. Quyosh doimiysining hozirgi paytdagi qiymati 1,95 kal/(sm2min) yoki 136-106 erg/(sm2sek.). Quyosh faolligi maksimumga yetganda Quyosh nurlanishi bir oz ortadi, lekin bu miqdor umumiy nurlanishning 1% dan ortmaydi. Quyoshning radionurlanishlari Yer atmosferasidan toʻliq oʻtmaydi, chunki atmosfera radiodiapazonning bir necha mm dan bir necha m gacha qismi uchungina shaffofdir. Radionurlanishlar Quyoshning faolligi bilan bogʻliq. Quyosh radionurlanishlari juda ham kuchsiz boʻlib, F=10~22Vt/(m2sekTs) birlikda oʻlchanadi. Quyoshning qisqa toʻlqinli nurlanishlari Yer atmosferasida toʻla yutilib qoladi. Bu nurlanishlarga oid maʼlumotlar asosan, geofizik raketalar, Yer sunʼiy yoʻldoshlari va kosmik zondlar yordamida olinadi. Quyoshning rentgen nurlanishlari (toʻlqin uz. \A dan 100 A gacha) tutash va ayrim chiziqlarning nurlanishidir. Bu nurlanishlarning intensivligi quyosh faolligiga mos ravishda quchli oʻzgaradi (Yer orbitasida 0,13—1erg/sm2-sek) va faollik maksimumga yetganda rentgen nurlanishlari spektrning qisqa toʻlqinlarida kuchayadi. Quyoshning rentgen va ultrabi-nafsha nurlari juda oz (15 erg/sm2sek) energiya olib kelsa-da, bu nurlanishlar Yer atmosferasining yuqori qatlamlariga kuchli taʼsir qiladi. Quyoshda gamma nurlanishlari ham topilgan, lekin u yetarlicha oʻrganilmagan. Koinot o’rgana boshlanganidan ko’p o’tmay, 1958-yilda Yer sayyorasi yuqori zaryadli zarralar bilan o’ralgani aniqlangan edi. Unga Van Allen radiatsiya xalqasi deya nom berilgan. Amerikalik kashfiyotchi olim Jeyms Van Allen sharafiga shunday atalgan. 2012-yilda AQShning NASA Fazo agentligi bu kashfiyot haqida ko’proq bilish uchun samoga ikki zond uchirdi. Olingan ma’lumot olimlarni hayratga keltirgan.
Fazoda ob-havo kutilmaganda o’zgarishi mumkin – xuddi Yerdagidek. Vaqt-vaqti bilan quyosh sirtidan yuqori zaryadli proton va elektron bulutlari otilib chiqadi.
Bo’ron ba’zida yergacha yetib keladi va Shimol yog’dusi kabi ko’zni qamashtiradigan ko’rinishda namoyon bo’ladi.
Quyoshdagi portlashlar gohida shu qadar kuchli bo’ladiki, elektrostansiyalar, aloqa jihozlari va elektr asboblarni ishdan chiqarishi mumkin.
Ammo aksar hollarda Yerning Van Allen radiatsiya xalqasi sayyoramizni bu zarralardan himoya qiladi. Shunga qaramay ular zarar yetkazish kuchiga ega, deydi NASA olimi Mona Kessel.
“Yer atrofida juda ko’p yo’ldoshlar uchib yuradi – aloqa vositalari, navigatsiya yo’ldoshlari. Samodagi hodisalar ularga qanday ta’sir qilishini o’rganishimiz, tushunishimiz kerak,” - deydi u.
Fazodagi iqlimni puxtaroq o’rganish uchun 2012-yilda NASA agentligi bir juft yo’ldoshni uchirdi. Van Allen zondlari deb nomlangan ikki sputnik sirli xalqani tadqiq etishi kerak edi. Ular ortga faqat quruq raqamlarni yuborishini kutgan edik, deydi olimlar.
“Hayratlanarli hech narsa topa olmaymiz, deb o’ylagan edim. Buni qarangki, biz kutmagan yangi strukturalarni aniqladik,” - deydi loyiha olimi Barri Mok.
Radiatsiya xalqasi ikki qatlamli emas, balki ora-orada zaryadli zarralarning uchinchi qatlami ham bor ekan. Buning natijasida zebrasimon yo’l-yo’l zonalar paydo bo’lishi ham aniqlandi. Elektr va magnit maydonlari zarrachalarni qanday qilib zaryadlashi o’rganildi.
Sputniklar yuborgan o’lchovlar fazodagi ob-havoni bashorat qilish uchun kompyuter modellarini yaratishda qo’l keladi.
“Quyosh sirtida chaqnashlar kuzatilsa, uning kuchini, magnit maydonini o’lchay olamiz. Bu ma’lumot bilan radiatsiya xalqasi bu hodisaga qanday javob berishini bashorat qilishimiz mumkin,” - deydi olim.
Quyosh bo’roni paytida fazogirlardan raketadan chiqmaslik so’raladi. Aloqa va navigatsiya yo’ldoshlarini esa vaqtincha o’chirib qo’yish mumkin.
“Koinotning nihoyatda dinamik qismi bu. Sayyoramiz atrofidagi elektromagnit hodisalarni yaxshiroq tushunishni istaymiz,” - deydi NASA olimi Mona Kessel.
Radiatsiya xalqasi yaxshiroq o’rganilsa, quyoshdan kelayotgan “tuhfalar”ga ham insoniyat puxtaroq tayyorgarlik ko’radi. Yer — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Ye.da hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. Birok hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi boʻlganligi sababli Ye.ni koinotning hayot mavjud boʻlgan yagona. kosmik jismi, hayotning Ye.dagi shakllarini esa mavjudotning yagona shakllari deb boʻlmaydi. Gravitatsiya (fors. گران, gerân — „ogʻir“), tabiiy fenomen boʻlib, fizik jismlarning bir-biriga ularning massasiga mutanosib kuch bilan tortilishida namoyon boʻladi. Gravitatsiya jismlarga vazn beradi. Gravitatsiya tarqoq materiyani yigʻadi, yigʻilgan materiyani esa birga ushlab turadi; shuning hisobiga Yer, Quyosh va olamdagi boshqa makroskopik jismlar yuzaga kelgan va mavjud.
Gravitatsiya tufayli Yer va boshqa sayyoralar Quyosh atrofida, Oy Yer atrofida aylanadi; sayyora va yulduzlar ichi qiziydi; tabiatda konveksiya sodir boʻladi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish