Uo‘K: 94(079. 1) Kbk: 63/3 Sh – 26 Sharipova, Tojixon


-SINF O‘ZBEKISTON TARIXI



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/116
Sana22.07.2022
Hajmi2,01 Mb.
#837176
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   116
Bog'liq
96458 306dee356493002972ae0f1cd35ecb6d (1)

9-SINF
O‘ZBEKISTON TARIXI
1-TEST
1. Kimning rahbarligidagi ekspeditsiya vakillari Buxoro 
amir ligiga kelib, qaytib ketayotganda ikki hamrohi bilan 
halok bo‘ladi? 
2. Farg‘ona viloyati tashkil topganda uning markazi qayer 
bo‘lgan?
3. Ultimatum atamasi qaysi tildan kelib chiqqan va qanday 
ma’noni anglatadi? 
4. XIX asrda O‘rta Osiyo xonliklarida vaqf yerlaridan olina digan 
foydaning hisob-kitobi va taqsimoti bilan kim shug‘ullangan? 
5. Buxoro amirligida soliqlarni o‘z vaqtida yig‘ish va ularni hi-
sobga olib borishga javobgar kishi ... hisoblangan. 
6. XIX asr o‘rtalarida Toshkent shahar aholisi qanchani tash-
kil qilgan? 
7. XIX asrning ikkinchi yarmida bo‘lgan milliy-ozodlik 
harakatlarida qaysi tabaqalar ishtirok etgan? 
8. Turkistonda uchastka mirovoy sudlari qachon tuzilgan?
9. Turkistonda qaysi lavozim general-gubernator tavsiyasi bi-
lan harbiy vazir tomonidan tasdiqlangan? 
10. 1845-yilda ruslar tomonidan asos solingan harbiy qal’alar-
ni ayting. 
11. XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligi o‘rta-
sidagi nizoli vaziyatga sabab bo‘lgan hududlarni aniqlang. 
12. 1865-yil 6-avgustda qabul qilingan «Turkiston viloyatini 
idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom»ga ko‘ra hokimiyatni 
tashkil etuvchi tizim qanday nomda yuritiladigan bo‘ldi? 
13. XIX asrda kuylangan do‘stlik va chin muhabbatni ulug‘lov-
chi dostonlar qaysi? 
14. M. Chernyayev tomonidan 1864-yilning 4-iyunida bosib 
olingan Avliyoota hozirgi qaysi shahar hisoblanadi? 
15. 1867-yildan keyin Olatavsk okrugi qaysi viloyat tarkibiga 
kirgan?


262
16. Markaziy Osiyoda tashkil etilgan korxonalarda dastlab 
ish soati qancha bo‘lgan? 
17. Rossiya imperiyasi tomonidan Xiva xonligini egallash 
uchun 1873-yilning may oyida qayerlarda janglar bo‘lgan? 
18. Buxoro amiri Abdumalik to‘ra qachon, qayerda vafot etgan? 
19. Turkistonda qachon Toshkent orqali Andijongacha temir 
yo‘l qurib bitkazildi? 
20. M. Chemyayevdan so‘ng Turkiston viloyatining guberna-
tori qilib kim tayinlandi? 
21. Turkistonda uyezd sudlari bekor qilingan yilni aniqlang. 
22. Qoraqalpoqlarda beklar begi lavozimi qachon joriy qi-
lingan va qanday vazifa berilgan? 
23. Tarixda «Vabo isyoni» (yoki «Toshotar voqeasi») deb nom 
olgan qo‘zg‘olon qachon boshlangan?
24. Qoraqalpoqlarni boshqarish qulayroq bo‘lishi uchun 
«Qoraqalpoq ulusi»ni kim shakllantirgan? 
25. Qoraqalpoq xalqining Tosh madrasasi qachon, kim to-
monidan qurilgan? 
26. Andijonda Dukchi eshon qo‘zg‘oloni boshlanganda lavozimi-
dan ozod qilingan Turkiston general-gubernatori kim bo‘lgan? 
27. Buxoro Amirligining qaysi shaharlarida Rossiya firmalari-
ning idora va omborxonalari mavjud edi? 
28. «Inqilobchi yosh buxoroliklarning Turkistondagi markaziy 
byurosi» nomli nufuzli tashkilot qachon, qayerda tashkil etilgan? 
29. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi qachon tuzilgan? 
30. Jizzax qo‘zg‘olonini bostirish uchun qachon qo‘shimcha 
jazo otryadi yetib kelgan? 
31. Jadidlar Turkistonda azaldan mavjud bo‘lgan, kimlar to-
monidan shakllantirilgan demokratik va taraqqiyparvar g‘oya-
larni davom ettirdilar?
32. XIX asrning oxirida Buxoro amirligi qaysi davlatlar bilan 
savdo-sotiq qilgan? 
33. «Teatr – bu ibratxonadir» deb aytilgan fikr kimga tegishli? 
34. XIX asrning ikkinchi yarmida bir nechta shaharlarda 
an’anaviy teatr uyushmalari vujudga keldi. Eng mashhurlari dan 
biri bo‘lgan Zokir eshon qayerda bo‘lgan?
35. Kimning qaysi pyesasi o‘zbek teatri shakllanishida ham, 
o‘zbek dramaturgiyasi vujudga kelishida ham muhim ahamiyat 
kasb etdi? 


263
36. Jadidlarning yangi usul maktablaridan zamonasi-
ning yetuk olimlari, adabiyotshunoslari, rassomlari, shoirlari, 
san’atkorlari, maorif sohasi mutaxassislari yetishib chiqdi. Bu-
lar kimlar?
2-TEST
1. XIX asrda binolarni bezashda foydalanilgan yozuv uslub-
larini toping. 
2. XIX asr ikkinchi yarmi noyob arxitektura yodgorligi hi-
soblangan yuzdan ortiq xonadan iborat qaysi inshoot alohida 
o‘rin tutadi. U o‘zining bezaklari, naqshlari rang-barangligi
yorqin jilosi bilan ajralib turadi?
3. XIX asrda xorijiy mamlakatlarda O‘rta Osiyo hunarmand-
larining qanday buyumlari yuqori baholangan? 
4. Qaysi O‘rta Osiyo davlatida askarlik xizmatida bo‘lganlar 
soliqlardan ozod qilingan?
5. O‘rta Osiyo davlatlarida shariat qoidalariga rioya qilini-
shini nazorat qilgan mansablar ... 
6. Turkiston general-gubernatorligi tashkil topgan vaqtda qa-
yerlar kirgan? 
7. Toshkent shahrining 12 ta darvozasi bo‘lgan. Qaysi davr 
haqida so‘z bormoqda?
8. Buxoro amiri Muzaffarga Rossiya mulki foydasiga Buxo ro 
amirligi chegaralarining Rossiya mulki foydasiga o‘zgartirilgan 
yangi loyihani tasdiqlash uchun yuborgan generalni aniqlang. 
9. XIX asrning oxirida Turkistonning qaysi hududida Rah-
monqulihoji va Mirkarimboy boshchiligidagi aholi mahkamaga 
borib, adolatsiz soliqlarni bekor qilishini so‘rab norozilik bildir-
gan edi?
10. Tarixda «Toshotar voqeasi» deb nom olgan qo‘zg‘olon qa-
yerda bo‘lgan edi? 
11. Turkiston yerlari, o‘rmonlari va yer osti qazilma boyliklari 
nechanchi yilda Rossiya imperiyasi mulki deb e’lon qilindi? 
12. Ahmad Donishning qaysi asarida astronomiya faniga oid 
qimmatli ma’lumotlar uchraydi? 
13. Shermuhammad Munis qachon yashagan? 
14. 1843-yil Xiva va Buxoroga kelgan ingliz diplomatiyasining 
vakilini aniqlang. 


264
15. XIX asr boshlarida qoraqalpoqlarning qayerlarda yasha-
gan qismi muqim hayot tarziga o‘ta boshladilar? 
16. Kazarma tarixiy atamasi qaysi tildan kelib chiqqan va 
qan day ma’no beradi? 
17. Qoraqalpoqlar orasida sudlaming qanday turlari bo‘lgan? 
18. Qachondan rus mustamlakachilari oddiy fuqarolarni 
ma’murlarga qarshilik ko‘rsatgan taqdirda bevosita harbiy dala 
sudiga bera boshladilar? 
19. Buxoroda 1-jadid maktabi ochilgan vaqtda Buxoro amiri 
kim bo‘lgan (hukmronlik yillari bilan)? 
20. O‘rta Osiyodagi milliy taraqqiyparvarlik harakati hudu-
diy xususiyatlariga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi. Shulardan qaysi 
hudud jadidchiligining asosiy tarkibini ziyolilar tashkil qilib, ular 
Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash-
ning oldingi saflarida turdilar? 
21. Avliyootada dastlabki rus qishlog‘i tashkil etilganda jadid-
chilik harakatining qaysi vakili tavallud topgan?
22. Jadidchilik g‘oyalarining keng yoyilishida muhim o‘rin 
tutgan gazeta bu ... 
23. Abdulla Avloniy yangi usul maktablari uchun qanday 
darsliklar yaratgan? 
24. Jadidlar fikriga ko‘ra chin musulmon bo‘lish uchun diniy 
bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlarni, ayniqsa, qaysi fanlarni 
bilishlari zarur deb hisoblangan? 
25. 1910-yil Buxoroda tashkil qilingan «Bolalar tarbiyasi» 
jamiyati asoschilari kimlar? 
26. Jadidlar tomonidan tashkil qilgan «Musulmon markaziy 
sho‘rosi» ta’sis syezdida qaysi millat vakillari ishtirok etgan? 
27. Buxoro amirligida yuzaga kelgan qaysi qo‘zg‘olon Pomir 
chegara qo‘shinlarining yordami bilan bostirilgan?
28. O‘rta Osiyoda qaysi rus olimi sayohati davomida botani ka 
va minerallarga oid namunalar to‘plagan? 
29. Xiva xonligining qaysi hududlarida va qachon bo‘lgan 
qo‘zg‘olonda muhtoj dehqonlar yirik zamindorlar yerlarini egal-
lab ola boshlashdi? 
30. XIX asrning 80-yillarida qayerlarda dehqon uyushmalari 
vujudga kelgan? 
31. XX asr boshida qaysi shoira ayollarning erkinligi va teng 
huquqli bo‘lishi uchun kurashga da’vat etgani uchun shahardagi 


265
mutaassib kayfiyatdagi kuchlar tomonidan kaltaklandi va ko‘p 
o‘tmay hayotdan ko‘z yumdi? 
32. Xorazm me’morchilik maktabining sarkori sifatida mash-
hur bo‘lgan usta me’mor kim?
33. XX asr boshida Xiva xonligida vujudga kelgan shaharlar ... 
34. Munavvarqori Abdurashidxonov muharrirligida «Xur-
shid» gazetasi qachon chiqqan? 
35. Qaysi rus tadqiqotchisi rus va o‘zbek tillarini o‘rganish 
uchun qator darsliklar muallifi bo‘lgan?
36. Buxoro shahridagi teatrning tashkil etilishida kimning 
xiz matlari beqiyos bo‘lgan? 
3-TEST
1. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligiga hozirgi Turkmanis-
tondagi qaysi hududlar kirgan?
2. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga bosqinining ikkinchi 
davri nechanchi yillarni o‘z ichiga oladi?
3. General F. Romanovskiyga Qo‘qon xonligini egallash haqi-
da ko‘rsatma bergan Orenburg general-gubernatorini ayting.
4. Ma’lumki, Xiva xonligiga qarshi rus qo‘shinlari to‘rt yo‘na-
lishda harakat boshlagan edi. Lekin sharoit taqozosi tufayli qaysi 
otryadlar orqaga qaytgan?
5. Turkistonda mustamlakachi hukumat tomonidan qozi va 
biy sudlari tugatilishi maqsad qilib olingan bo‘lib, ular tugatil-
gunga qadar qanday ishlarni ko‘rishi belgilangan edi?
6. Turkiston o‘lkasi qaysi yillarda «kuchaytirilgan qo‘riqlov» 
va «favqulodda qo‘riqlov» holatida bo‘lgan?
7. Turkistonning barcha aholisiga «hozirgi dunyoda yashash, 
ziyoli, komil va odil» bo‘lish uchun o‘z vatani tarixini o‘rganish 
da’vati bilan marojaat qilgan taraqqiyparvar kim?
8. 1913–1915-yillarda Turkiston general-gubernatori bo‘l gan 
shaxs kim? 
9. G.O. Rozenbax Turkiston general-gubernatori lavozimini 
egallagan yili Toshkentda qanday hodisa ro‘y bergan? 
10. XIX asr O‘rta Osiyo maktablarida o‘rgatiladigan dars-
liklarning qaysi birida musulmon an’analari va marosimlari tas-
virlangan?
11. 1908–1910-yillarda ro‘y bergan voqealarni aniqlang. (2 ta 
voqea)


266
12. «To‘y» dramasining muallifi kim?
13. XIX asr O‘rta Osiyo maktablarida bosqichma-bosqich ni-
malar o‘rgatilgan?
14. «Olomon umuman isyon ko‘tarishni yoki ruslarga qar-
shi qandaydir zo‘ravonlik qilishni istamasdi. Uning maqsadi bu 
kamchiliklarni bas qilishga erishish edi. Olomonda o‘qotar yoki 
boshqacha qurol ham yo‘q bo‘lib, ular chamasi 400 kishi edi», ush-
bu ma’lumotlarda nechanchi yil voqealari tasvirlangan?
15. 1896-yil Namangan uyezdining qaysi qishloqlarida ming-
boshilar saylovi qo‘zg‘olonga aylanib ketdi?
16. Qaysi qo‘zg‘olondan keyin Turkiston hukumati militsiya 
shtatini ko‘paytirish va jazo vakolatlarini yanada kengaytirish 
haqida Sankt-Peterburgga murojaat qilgan edi?
17. XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda bo‘lgan 
milliy-ozodlik harakatlarining rahbarlari kimlar bo‘lgan?
18. Qoraqalpoqlarning Xiva xoniga qarshi qo‘zg‘olon rahbari 
Ernazarbiy kimni xon qilib ko‘tarishga intilgan edi?
19. Qoraqalpoqlarning Xiva xoniga qarshi qo‘zg‘olon rahbari 
Ernazarbiy o‘ldirilgach, bu qo‘zg‘olonni oxirigacha qo‘llab-quvvat-
lovchi guruhlar qayerga qochishadi?
20. «Qirqqiz» dostonining bosh g‘oyasi ... 
21. Tarixan qoraqalpoqlar qaysi hududlarda yashab kelgan?
22. Temir yo‘l orqali dastlabki poyezd Samarqandga kelgan 
yili jadidlar hayotida qanday hodisa ro‘y berdi? 
23. Mirkomil Mirmo‘minboyev – bu ... 
24. Podsho farmoniga muvofiq, Turkiston o‘lkasining qaysi 
viloyatidan front orqasiga eng ko‘p mardikor olinishi kerak edi?
25. 1916-yilgi qo‘zg‘olonlarni eslang! Damin kulol bosh-
chiligidagi hunarmandlar qaysi shaharda norozilik harakatini 
amalga oshirgan edi?
26. XIX asr oxirida Xiva xonligida oliy ta’lim hisoblangan 
mad rasalarda asosiy fanlar sifatida qaysi fanlar o‘qitilgan?
27. XX asr boshida Xiva xonligining qaysi shahrida Rossiya 
– Osiyo va Sibir savdo bankining bo‘limlari va pochta-telegraf 
idorasi joylashgan edi?
28. Rus noibi polkovnik Konshevskiy qaysi qo‘zg‘olonning 
bostirilishiga oid chora-tadbirlar ko‘rgan edi?
29. Mo‘yi muborak madrasasi qaysi shaharda bunyod etilgan?


267
30. XIX asr O‘rta Osiyoning qaysi shaharlarida do‘ppichi lik 
taraqqiy etgan?
31. XX asr boshida erk va ozodlik g‘oyalarini tarannum etgan 
she’rlari uchun zindonga tashlangan shoirni ayting.
32. Turkiston mintaqasining bosh xaritasi qachon tuzib 
chiqilgan?
33. Buxoro amirligida bog‘ va polizlar uchun qanday soliqlar 
undirilgan?
34. Xiva xonligi hunarmandchiligida qoplar va arqonlar 
asosan qaysi shaharda tayyorlangan?
35. Xiva xonligi tarixida «xalq inqilobi» nomi bilan kirgan in-
qilob qachon yuz bergan?
36. Jadid ma’rifatparvarlaridan M. Behbudiy qanday la-
vozimlarda faoliyat ko‘rsatgan?
4-TEST
1. Xivada korxonalar soni 81 taga yetganda O‘rta Osiyoda vu-
judga kelgan sindikat qaysi?
2. 1912-yil Hazorasp va Xonqada qo‘zg‘olon ko‘targan aholi 
qayerda Xiva xoni qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratgan?
3. Turkistonning qaysi shahrida va qachon birinchi gimnazi-
ya ochilgan edi?
4. O‘zbek tilida yaratilgan ilk sayohatnomalar (yo‘l ocherk lari) 
muallifi kim?
5. Qaysi pyesada oilaviy va shaxsiy fojialar sababchisiga aylan-
gan serchiqim ba’zi urf-odatlar va an’analar tanqid ostiga olingan?
6. XIX asrning ikkinchi yarmida bir necha shaharlarda an’ana-
viy teatr uyushmalari vujudga kelgan edi. Shulardan To‘la masxara 
boshchiligidagi truppa qaysi shaharda tashkil etilgan edi?
7. Muhammad Yusuf Bayoniy qalamiga mansub asarlarni 
sanab bering.
8. Xiva xoni Muhammad Rahimxon II ning Xorazm maqomla-
rini asrash haqidagi farmoni nechanchi yilda e’lon qi lingan edi?
9. Xiva xoni Said Abdulla nechanchi yillarda hukmronlik qil-
gan?
10. Matyoqub pishiq boshchiligidagi qo‘zg‘olon qaysi tuman-
larda bo‘lgan edi?
11. Buxoro amirligini Moskva bilan bog‘laydigan temir yo‘l 
qaysi hududlar orqali o‘tar edi?


268
12. Qachon yosh buxoroliklar Chorjo‘yda qo‘zg‘olon 
uyushtirdilar?
13. Buxoroning qaysi amiri Qrim va Kavkazga borganida 
qimmatbaho sovg‘alar va saroylar sotib olar edi?
14. Buxoroda tuzilgan birinchi hukumat – Xalq nozirlari ken-
gashiga kim boshchilik qilgan?
15. Jizzax qo‘zg‘oloni rahbarlaridan biri Abdurahmon jevachi 
qo‘zg‘olonchilarni qayerda to‘plab, barcha birgalikda harakat qili-
shiga kelishib olinadi?
16. 1916-yilgi norozilik harakatlari Toshkentdan keyin qay si 
hududga o‘tib, u yerda alangalanib ketgan?
17. Jizzax qo‘zg‘olonini bostirgan harbiy boshliqlarni aniqlang.
18. Abdulla Avloniyning islom tarixiga oid asari qachon yo-
zilgan?
19. «Tarbiyayi atfol» jamiyati qayerda tashkil etilgan?
20. Biror-bir hududning qonun bilan chegaralangan davlat 
hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi nima deyiladi?
21. Qaysi hududdagi milliy ziyolilarning harakati Tur kiston 
o‘lkasiga nisbatan og‘ir ijtimoiy-siyosiy sharoitda vujudga keldi?
22. Qoraqalpoqlarda qachondan ilk yozma asarlar paydo bo‘la 
boshladi?
23. Qoraqalpoqlarning Ernazarbiy boshchiligidagi qo‘zg‘oloni-
ni qaysi davlat qo‘llab-quvvatlagan?
24. Toshkentda «vabo isyoni» boshlanishi arafasida shahar 
ma’muriyati nechta qabristonni yopib qo‘ydi?
25. 1892-yilgi Toshkent qo‘zg‘oloni vaqtida shahar boshlig‘i 
kim edi?
26. Sirdaryo magistral kanalining qurilish ishlari qachon 
amalga oshirilgan?
27. Turkistonda sud tergovchilari, viloyat prokurorlari la-
vozimi qachon joriy qilingan?
28. O‘rta Osiyoda Amerika paxtasi asosida yangi paxta navi 
nechanchi yilda yaratilgan?
29. Rossiya imperiyasi harbiy qurolli kuchlarining asosiy ba-
zalari qayerda joylashgan edi?
30. Andijon, O‘sh va Marg‘ilon uyezdlarida qachon aholi ning 
mustamlakachilikka qarshi ommaviy chiqishlari bo‘lib o‘tgan? 
31. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ayrim tumanlarda 
hunarmandchilik ishlab chiqarishining u yoki bu sohasiga ixti-


269
soslashuvi jarayoni kuzatildi. Yangi Urganchda qaysi sohalar 
taraqqiy etgan?
32. Qachon qoraqalpoqlar Amudaryoning har ikkala 
qirg‘og‘ida va Orol dengiziga quyiladigan yerlarda yashagan?
33. Qaysi qoraqalpoq shoirining (yashagan yillari bilan) she’rla-
rida zulmni qoralovchi tuyg‘ular, jo‘shqinlik ustuvor bo‘lgan? 
34. Oqmachit qal’asi qaysi rus generali tomonidan egallan-
gan? 
35. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ayrim tumanlar hunar-
mandchilik ishlab chiqarishining u yoki bu sohasiga ixtisoslashu-
vi jarayoni kuzatildi. Metallni qayta ishlovchi asosiy ustaxonalar 
qaysi shaharlarda joylashgan edi?
36. Qaysi shaharda Rossiya – Osiyo va Sibir savdo banki-
ning bo‘limlari, pochta-telegraf idorasi, komission va sug‘urta 
jamiyatlarining vakolatxonalari ochilgan?
5-TEST
1. Xiva xonligida yuz bergan qachon va qayerda bo‘lgan 
qo‘zg‘olonda dehqonlar yirik zamindorlar va xonlik amaldorlari-
ning yerlarini egallab ola boshladilar? 
2. Turkistonda ta’lim tizimida o‘qitilgan kimning asari she’riy 
tarzda yozilgan bo‘lib, unda avliyolar, payg‘ambarlar hayoti 
haqidagi ma’lumotlar aks etgan? 
3. Yerli xalq, mahalliy aholi rus mustamlakachilari tomoni-
dan qanday atalgan?
4. Kundalik turmushda ro‘y beradigan salbiy hodisalarni 
tanqid qilib yozilgan gazeta yoki jurnal maqolasi qanday ataladi 
(qay si tildan kelib chiqqan)? 
5. ... me’morchiligi maktabining e’tiborli tomoni shundaki, 
pesh toqlar, shiplar, burjlar o‘ta nozik did va nafosat timsoli ara-
biy yozuvlar bilan bezatilardi. 
6. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Xiva xoni mam-
lakatni kimlarning madadiga tayanib boshqargan? 
7. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ayrim tumanlarda hu-
narmandchilik ishlab chiqarishining u yoki bu sohasiga ixtisos-
lashuvi jarayoni kuzatildi. Jumladan, qaysi shaharlar gilam va 
kigizlar to‘qishga ixtisoslashgan? 
8. Turkistonda XX asrdagi nashrlar orasida qaysi gazetalar-
ning milliy o‘zlikni anglashdagi xizmatlari katta bo‘lgan? 


270
9. Munavvarqori Abdurashidxonov qachondan boshlab 
o‘lkadagi ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy harakatlarning faol ishtirok-
chisiga aylangan? 
10. Buxoro amirligida mahalliy ma’muriyat vakillari qaysi 
qatlamlardan iborat bo‘lgan?
11. Buxoro amirligi xazinasi ro‘yxatini kim tuzgan? 
12. Rossiya imperatori Nikolay II hukmronlik qilgan yillarni 
aniqlang? 
13. Qaysi shaharda rus podshosining mardikorlikka olish 
to‘g‘risidagi farmoni o‘qib eshittirilgandan so‘ng tayoq, tosh, ket-
mon va boshqa narsalar bilan qurollangan aholi mardikorlikdan 
bosh tortib namoyishga chiqdilar? 
14. Avtonomiya atamasi qaysi tildan kelib chiqqan va qan day 
ma’noni anglatadi?
15. Turkistondagi yangi usul maktablarida ta ’lim jarayo nida 
Yevropa standartlari mezon qilib olingan bo‘lib qaysi fanlar bilan 
bir qatorda islom ta’limoti asoslarini o‘rganishga ham katta e’ti-
bor berilgan? 
16. Rossiyadan aholining Farg‘ona viloyatiga ko‘plab ko‘chirib 
keltirilishi qachon ro‘y berdi? 
17. Qachon qayerda bo‘lgan qo‘zg‘olonda qo‘zg‘olonchilar 
uyezd boshlig‘ining uyini o‘rab oldilar? 
18. Tarixda «Vabo isyoni» deb nom olgan qo‘zg‘olonda 
qo‘zg‘olonchilar asosan kimlardan iborat edi? 
19. «Qirqqiz» dostoni bosh qahramoni Guloyimning otasi kim 
bo‘lgan? 
20. Andijon qo‘zg‘olonida Dukchi eshonga qo‘shilish o‘rniga 
mustamlakachilarga qarshi kurash olib borishga harakat qilib 
taktik xatoga yo‘l qo‘ygan shaxs kim? 
21. Xiva xoni Muhammad Aminxon hukmronlik yillarini 
aniqlang. 
22. Qoraqalpoq urug‘lari orasida qaysilari harbiy kuch borasi-
da 2-o‘rinda turgan? 
23. Qaysi shahar Rossiya imperiyasini Xiva xonligining asosiy 
iqtisodiy markazlari bilan bog‘lardi? 
24. Qoraqalpoq ma’rifatparvarlarini madrasa ta’limi olganla-
rini qaysi madrasada o‘qigani bilan birga ayting. 
25. Turkiston general-gubernatorligi qaysi viloyatlardan ibo-
rat bo‘lgan? 


271
26. Sharqiy Turkistonning Ili o‘lkasidagi qo‘zg‘olon podsho hu-
kumati qo‘shinlari tomonidan qachon bostirildi? 
27. Qo‘qon xonligi bilan Buxoro amirligi o‘rtasida joylashgan 
Toshkent, Qo‘qon, Balx va Buxoro bilan bog‘lovchi shahar bu ... 
28. Zarafshon okrugi tashkil etilganda qaysi bo‘limlardan ibo-
rat edi? 
29. «Turkiston o‘lkasi boshqa o‘lkalarga nisbatan tarixiy 
o‘tmishi, etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida 
e’tibor berilishini talab qiladi» satrlar muallifi kim? 
30. Turkiston o‘lkasida nechanchi yil qabul qilingan nizomga 
ko‘ra o‘troq aholi bir bosqichli tizim shaklida, ya’ni oqsoqolliklar-
ga, chorvador aholi esa ikki bosqichli tizim ko‘rinishidagi volost 
va ovullarga birlashtirilgan? 
31. Tumanlarga teng ma’muriy-hududiy bo‘linma qanday ata-
ladi? 
32. Xiva xonligida xon qarindoshlari va yaqinlariga berila-
digan unvon ...
33. Buxoro amirining vakili bilan sulh shartnomasi bo‘yicha 
uchrashib, 10 kun mobaynida 100 ming rubl tovon to‘lashni talab 
qilgan shaxs kim? 
34. 1898-yilda tuzilgan Toshkent sud palatasi qaysi organga 
bo‘ysungan? 
35. Andijondagi Dukchi eshon qo‘zg‘oloni ikkiga bo‘linib 
harakat qilgan va ikkinchi guruhga kim rahbarlik qilgan? 
36. Go‘ktepa bo‘ysundirilgach Rossiya qaysi davlat bilan che-
gara belgilash imkoniyatiga ega bo‘lgan? 


272

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish