partiyasini tuzdi. Bu partiya qanday tashviqot olib borgan?
13. Ekspansiya atamasi qaysi tildan kelib chiqqan va qan-
day ma’no anglatadi?
14. AQSH Kongressi Janubdagi sobiq isyonchilarga umumiy
afv berish to‘g‘risida qonun qabul qilgan yili Qo‘qonda...
15. 1889-yil Rio-de-Janeyroda respublika tarafdorlarining kat-
ta namoyishi bo‘lib o‘tdi. Namoyishda qaysi toifalar qatnashgan?
16. Z. Freyd kimning inson to‘g‘risidagi tasavvurlarini
inkor etgan?
17. Lyofler nechanchi yilda bo‘g‘ma tug‘diruvchi mikrobni
topdi?
18. XIX asr oxirida Argentinaning qaysi shahrida piyoda
askarlar va harbiy dengiz maktabi ochilib, harbiy ta’limga
asos solingan?
281
19. XIX asrning 70-yillarida qaysi slavyan davlatining
ma’lum bir qismi mustaqil edi?
20. XX asr boshlarida Rossiya qora metallurgiyasida qan-
day yirik monopolistik tashkilot qaror topdi?
21. XIX asr oxirida Braziliyada qancha aholi yashagan?
22. Qaysi olim amyoma dezentiriyasini tug‘diruvchi
mikrobni aniqladi?
23. Hindistonda XIX asr oxirlarida qishloq xo‘jaligida mo-
nokultura vujudga keldi. Bu davrda qaysi hudud choy yetish-
tirishga ixtisoslashgan edi?
24. Afrikada asosiy mustamlaka «o‘choq»laridan biri bu ...
25. 1915-yil 19-yanvarda Antanta harbiy dengiz kuchlari
Turkiyaga qarshi qayerda harbiy operatsiyani boshlab yubordi?
26. Sharqiy frontdagi dastlabki muvaffaqiyatlardan ruh-
langan Germaniya G‘arbiy frontdagi ahvolni o‘zgartirib olish
niyatida qanday qurolga umid bog‘lagan?
27. XIX asr o‘rtalarida Buyuk Britaniya parlamenti jamoa
palatasining 489 a’zosi ... edi.
28. Angliyada «Leyboristlar partiyasining tuzilishi Libe-
rallar hukumatining xatosi», deb afsus bilan qayd etgan siyo-
siy arbobni aniqlang.
29. Rossiyada 1907-yil 3-iyunda saylov to‘g‘risida yangi
qabul qilingan bo‘lib, unda Davlat Kengashi a’zolarining qan-
chasini podsho tayinlashi belgilandi?
30. Rossiya imperiyasi 1885-yil qayerni bosib oldi?
31. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida aholi jon boshiga
daromad taqsimoti darajasi bo‘yicha G‘arbiy Yevropada eng
oxirgi o‘rinda qaysi davlat turgan?
32. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Rossiya sanoatiga kiri-
tilgan chet el sarmoyasining asosiy qismi qaysi mamlakatga
tegishli edi?
33. Birinchi jahon urushi davrida Marna jangi qaysi dav-
latlar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi?
34. Qachon Yaponiyada feodal zamindor samuraylar, deh-
qon, hunarmand va savdogar tabaqalari rasman teng huquqli
deb e’lon qilindi?
35. Rossiyada «Mehnatni ozod qilish» guruhini tuzgan
shaxsni aniqlang.
36. G‘arbiy sudanliklarning ozodlik kurashida kimning
nomi yorqin iz qoldirgan?
282
Do'stlaringiz bilan baham: |