Uo‘K: 94(079. 1) Kbk: 63/3 Sh – 26 Sharipova, Tojixon



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/116
Sana22.07.2022
Hajmi2,01 Mb.
#837176
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   116
Bog'liq
96458 306dee356493002972ae0f1cd35ecb6d (1)

9-SINF
JAHON TARIXI 
1-TEST
1. 1871-yil Germaniya konstitutsiyasiga ko‘ra savlov 
huquqi kimlarga berilgan? 
2. Fransiyada 1876-yilgi Senatga bo‘lgan saylovlardan 
so‘ng iste’fo bergan hukumat rahbari kim? 
3. XIX asming 70-yillarida jadal urbanizatsiya jarayoni 
qay si davlatlarda avj olgan? 
4. Urbanizatsiya atamasi qaysi tildan kelib chiqqan? 
5. 1891–1896-yillar davomida Fransiya qayerlarni egalla gan? 
6. AQSH «Monro doktrinasi»ga tayanib, qaysi hududni 
qo‘lga kiritdi? 
7. Germaniya qurolli kuchlari Bosh shtabi qachon ikki 
frontda, ya’ni ham G‘arbda, ham Sharqda (Rossiyaga qarshi) 
urush olib borish rejasini ishlab chiqdi? 
8. Qachon Buyuk Britaniyada tabaqaviy imtiyozlar tugatildi? 
9. Avstriya-Vengriyada qaysi siyosiy partiya barcha ijtimoiy 
nizolarni «inoqlik» va muhabbat ruhida» hal qilishga da’vat qilish 
va antisemitizmni targ‘ib qilish bilan qo‘shib olib borgan? 
10. U erta diktaturasi qayerda va qachon o‘rnatilgan? 
11. Rossiya tarixiga «qonli yakshanba» nomi bilan kirgan 
Peterburgdagi «qonli» voqealarga javoban qaysi shaharlar 
ishchilari ish tashladilar, namoyishlar uyushtirdilar? 
12. Qaysi davlat 1895–1896-yillar oralig‘ida tashkil topgan?
13. Lotin Amerikasi deyilganda qaysi hududlar tushuniladi? 
14. Qaysi davlatda yozish va o‘qishni biluvchi fuqarolarga 
umumiy saylov huquqi berildi? 
15. Avstriya qirolligi tarkibiga qayerlar kirgan? 
16. Berlin kongressida qaysi davlatlar ishtirok etgan? 
17. 1895-yilda Kuba xalqi o‘z milliy qahramoni ... bosh-
chiligida qo‘zg‘olon ko‘tardi.
18. Italiya qachon qaysi davlat bilan Bolqon yarim orolida-
gi o‘z manfaatlarini quvvatlovchi bitim tuzdi? 


273
19. Avstriya-Vengriyada qaysi hudud doimo harbiy yoki 
favqulodda holatda tutilgan? 
20. Saylovda qatnashish uchun fuqaroning ma’lum daraja-
da mulkka ega bo‘lishi qaysi atama bilan izohlanadi?
21. 1886-yil Bolgariya davlati boshlig‘i A. Battenberg taxt-
dan voz kechgach, Bolgariya Buyuk Xalq Majlisi shaxzoda 
Ferdinand Koburgni Bolgariya podshosi etib sayladi. Uni qay-
si davlat tavsiya etgan edi? 
22. 1872-yili Eronning neft konlaridan foydalanish, tosh va 
temir yo‘l qurish konsessiyalariga ega bo‘lgan davlatni aniqlang. 
23. 1878-yilda Buyuk Britaniyaga qarshi afg‘on xalqining 
qo‘zg‘oloniga kim bosqinchilik qildi? 
24. 1894–1895-yillardagi Yaponiya – Xitoy urushi davrida 
1894-yil Xitoy qo‘shinlari qayerda mag‘lubiyatga uchradi? 
25. AQSH Panama kanalini qurayotgan va kasodga uchra-
gan qaysi davlatdan aksionerlik jamiyatining hamma aksi-
yalarini arzon-garovga sotib oldi? 
26. XIX asr oxirida Argentinaning qaysi shahrida piyoda 
askarlar va harbiy dengiz maktabi ochilib, harbiy ta’limga 
asos solingan? 
27. Rossiyada 1906-yil 27-aprelda 1-Davlat dumasi o‘z 
ishini boshladi va unda ... deputat qatnashdi. 
28. XX asr boshida xorijiy davlatlar ichida qaysi davlat Xitoy 
bilan tovar ayirboshlashda birinchi o‘rinda (50 foiz) turar edi? 
29. Intervensiya atamasi qanday ma’noga ega? 
30. «Mont-Oriol» asarining muallifi kim? 
31. XIX asr oxirida Afrikadagi Bunoro davlatini qaysi dav-
lat bosib olgan?
32. 1880-yilda «Kesari» (Sher) gazetasini kim tashkil etgan? 
33. Birinchi jahon urushi yillarida Yaponiya Germaniyaga 
qarshi qachon urush e’lon qildi? 
34. Qaysi kompozitor boy kuylar vositasida Vatan mavzusi-
ni romantik pafos va lirika bilan ochib berdi? 
35. Rixard Shtraus qaysi operani qayta tikladi? 
36. Feodal qoldiqlari qoralangan «Olovli ustun» romani-
ning muallifini aniqlang.


274
2-TEST
1. XIX asr oxirida tashkil etilgan Buyuk Markaziy Amerika 
Respublikasi qaysi davlat tashabbusi bilan tarqatib yuborilgan?
2. Bolgariyaning qaysi davlat boshlig‘i armiyada xizmat 
qilayotgan rus zobitlarini xizmatdan bo‘shatib, ularning o‘rni-
ni nemis zobitlari bilan to‘ldirdi?
3. Italiya siyosiy arbobi J. Jolittining fikricha, nima mehnat 
va kapital o‘rtasida hakam vazifasini bajarishi lozim edi?
4. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiya sanoat ishlab 
chiqarish hajmi bo‘yicha dunyoda ...
5. Yaponiya Xitoydan bosib olgan qaysi orol amerikalik 
sav do-sanoatchilar uchun «ochiq» deb e’lon qilindi?
6. 1898–1901-yillar oralig‘ida neft qazib chiqarish bo‘yicha 
AQSHni ham ortda qoldirib, dunyoda birinchi o‘ringa chiqqan 
davlatni aniqlang.
7. XX asr boshida Meksika janubida bo‘lgan dehqonlar 
harakatiga kim rahbarlik qilgan?
8. 1901-yilda Buyuk Britaniya AQSH bilan qaysi masala 
bo‘yicha yon bosdi?
9. Milliy qadriyatlarni asrash va xorijning ma’naviy ta’siri-
ga qarshi qaratilgan «Kurosivo», «Yashamagan yaxshi» asar-
larining muallifini ayting. 
10. Qaysi muallif o‘z asarlarida monopolist, puldor, ayyor 
Kaupervudning salbiy illatlarini qoralaydi?
11. Birinchi jahon urushida qachon G‘arbiy frontda jang 
qilayotgan AQSH qo‘shinlarining soni 2 mln. kishini tashkil etdi?
12. Birinchi jahon urushida Kavkaz frontining urush 
harakatlari uzunligi qancha bo‘lgan?
13. Birinchi jahon urushida qachon Buyuk Britaniya va 
Fransiyaning birlashgan qo‘shinlari Bolgariyaga qaqshatqich 
zarba berdi?
14. Daymler yaratgan ikki silindrli dastlabki divegatel-
ning quvvati qanchaga yetgan?
15. XIX asr 60–70-yillarda Argentinada iqtisodiy hayot de-
yarli to‘xtab qolgan edi. Bunga asosiy sabab nima bo‘lgan? 
16. Avstriya-Vengriya 1907-yilda hukumat saylov tizimi islo-
hoti haqida qonun qabul qilishga majbur bo‘ldi. Unga ko‘ra ... 


275
17. XIX asrning oxirlariga kelib, Lotin Amerikasi mam-
lakatlari amalda qaysi davlatlarning yarim mustamlakalari-
ga aylanib qoldilar? 
18. Birinchi jahon urushi davrida AQSHda qanday turdagi 
mahsulotlar Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya erish-
gan jamiki miqdoriga teng edi? 
19. Fuqarolarning ommaviy mitinglari bo‘lgan Senno may-
doni qayerda joylashgan? 
20. 1885-yil Germaniya qaysi hududlarni egallagan? 
21. Qaysi AQSH prezidentining hukumati ishchilar bilan 
ish beruvchilar o‘rtasidagi mojarolarda hakamlik vazifasini 
ham bajara boshladi? 
22. Germaniya mustamlakasiga aylangan Angra – Peken 
buxtasi qayerda joylashgan?
23. 1877-yilda Rossiya – Turkiya urushi natijasida ikki 
davlat o‘rtasida qanday shartnoma imzolangan? 
24. Fransiya Laos ustidan protektorat o‘rnatgan yili mam-
lakat taqdirida qanday hodisa ro‘y bergan? 
25. 1891-yil qaysi davlatlar tashqi hujum sodir etilganda, 
ikki tomon bir vaqtning o‘zida harbiy safarbarlik e’lon qilishi 
ko‘zda tutilgan shatnoma imzoladi? 
26. Fransiyada tuzilgan Parij Kommunasi qachon tor-mor 
qilingan? 
27. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Sokatra oroli qaysi 
davlatga tegishli bo‘lgan? 
28. Malakali ishchilarning salmog‘i Buyuk Britaniya ke-
masozlik sohasida necha foizni tashkil qiladi? 
29. Angliya «Bog‘dod temir yo‘li»ning Fors qo‘ltig‘iga chiqi-
shiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qaysi davlat ustidan protektorati-
ni e’lon qildi? 
30. 1898-yil Italiyaning qaysi shahrida ro‘y bergan umumiy 
ish tashlash 5 kunlik barrikada janglariga aylanib ketdi?
31. Ipak matoga rasm solishning qulay usulini kim yaratgan?
32. Kim inson borlig‘ida maxluqlik va xoliqlik birlashib 
ketganini asoslashga harakat qildi? 
33. Qaysi asarga qarab hech kim insonning, dekadentlar 
ishontirmoqchi bo‘lganidek, «oliy» kuchlar qo‘lida o‘yinchoq 
ekanligiga ishonmaydi?


276
34. Braziliyada abolitsionistik harakatni quvvatlab, o‘z 
qullarini ozod qilib yuborgan plantatorlarni aniqlang.
35. AQSHda 1909-yilda sanoat mahsulotlarining qiymati 
20 mlrd. dollardan oshdi. Bu Germaniya sanoat mahsulotlari 
qiymatidan necha barobar ortiq edi?
36. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Fransiyada taraqqiy 
eta boshlagan yangi saoat tarmoqlarini aniqlang. 
3-TEST
1. 1907-yilda jahon elektr bozorini bo‘lib olish to‘g‘risida 
qaysi davlat monopoliyalari o‘rtasida shartnoma imzolangan?
2. Qaysi yillar oralig‘ida industrial davlatlar chetga chiqar-
gan kapitalning hajmi 2 barobar oshgan?
3. «Imperializm» atamasi dastlab nimaga nisbatan ishla-
tilgan?
4. Parij shahri qachonga kelib tramvay va metroga ega 
bo‘lgan?
5. Qachonga kelib Parij Prussiya qo‘shini tomonidan qur-
shab olingan?
6. Fransiyadagi Parij Kommunasi qaysi sohalarni to‘la o‘z 
qo‘liga olmagan? 
7. Germaniya o‘z qo‘shinlarini qachon Fransiyadan olib 
chiqib ketgan?
8. 1876-yil Fransiyada Senatga bo‘lgan saylovlarda 
kimlarning qo‘li baland kelgan?
9. XX asr boshlarida Germaniyada qaysi sohalar asosan 4 
ta monopoliya qo‘lida to‘plangan? 
10. Rossiyada kim ishchilar sinfini inqilobiy kuch deb 
hisoblagan, lekin hokimiyatni qurolli qo‘zg‘olon yo‘li bilan 
bosib olishga qarshi bo‘lgan? 
11. Qaysi davlat banklari Avstriyani o‘z kapitallari bilan 
to‘ldirib tashlagan? 
12. Xorvatiyadagi milliy-ozodlik harakatiga Vengriya hu-
kumati qanday javob bergan? 
13. Yaponiya 1895-yilda 10 yillar qurollanish dasturini 
qaysi davlatni mag‘lub etish uchun qabul qilgan edi? 
14. Xitoydagi «Lxetuan» harakati qo‘zg‘olon tusini olgan 
paytda AQSH tarixida qanday voqea yuz bergan?


277
15. Kimning qaysi asarida halol ijod ahlining soxta madani-
yat bilan fojeali to‘qnashuvini ochib berdi?
16. «Impressionizm»ning eng iste’dodli namoyondalari 
kimlar bo‘lgan?
17. XX asr boshlarida yangi fan hisoblangan genetikaning 
rivojlanishiga kim asos solgan? 
18. 1917-yilning kuziga kelib Turkiya qayerni to‘liq boy 
bergan?
19. Birinchi jahon urushida Germaniya Buyuk Britaniya-
ga qarshi qachon cheklanmagan suvosti urushi e’lon qilgan?
20. Zanzibar arab sultonligi qul savdosiga qarshi kurash 
bahonasi bilan kimlar tomonidan bo‘lib olingan?
21. Buyuk Britaniya, Fransiyadan keyin Afrika yerlari 
uchun qarshi kurashga qaysi davlat qo‘shilgan?
22. 1907-yilda qaysi shaharda fransuz shifokori o‘ldirilgan?
23. 1888-yilda Suvaysh kanalidan foydalanish bo‘yicha 
konvensiya qayerda imzolangan?
24. Yaponiya qachon Seulda saroy to‘ntarishi uyushtirib, 
yaponparast hukumat tuzgan?
25. Ikkinchi Bolqon urushi natijasida qaysi davlat Bolqon-
ning yetakchi davlatiga aylangan?
26. 1901-yilda Panama kanali masalasida qaysi davlat 
AQSHga yon bergan?
27. AQSHda temir yo‘llar faoliyatini tartibga soluvchi 
qonun qachon qabul qilingan?
28. Buyuk Britaniya qirolichasi Viktoriya qachon impera-
tor deb e’lon qilingan? 
29. AQSHda kimning hukumati trestlarga qarshi 20 dan 
ortiq sud jarayonini tashkil etgan?
30. Dunyoni qayta bo‘lib olish yo‘lidagi 1-urush qaysi dav-
latlar o‘rtasida bo‘lgan?
31. Meksikada kimning hukumati ish kunini 10 soatga 
cheklab qo‘ygan?
32. Lotin Amerikasidagi qaysi partiya diniy ta’limni bekor 
qilish uchun kurash olib borgan?
33. 1906-yilda Rossiya podshosi qanday farmon chiqargan?
34. Hindistonda qaysi sohalarga sarmoyalar kiritish ingliz-
larga juda katta foyda keltirgan?


278
35. XIX asr oxirida Hindistonda qaysi hududlar paxta ye-
tishtirishga ixtisoslashgan?
36. Qaysi davlatda qabul qilinayotgan qonunlarning shari-
yatga muvofiqligi ustidan nazorat qilish uchun besh ulug‘ ula-
mo tayinlangan?
4-TEST
1. Kobulda ingliz rezidensiyasi qaysi afg‘on amiri davrida 
ochilgan?
2. Turkiyada qaysi shaharlardagi harbiy qismlar «Yosh 
turklar» tarafida edi?
3. Qaysi partiya «Yosh turklar» hukumatini noqobillikda 
ayblagan?
4. Sudanda mustaqil Mahdiylar davlati tuzilgan yili Ger-
maniya qaysi orolni bosib olgan?
5. «Britaniya – Janubiy Afrika imtiyozli kompaniyasi» 
kimning tashabbusi bilan tuzilgan?
6. Belgiya Kongoni bosib olgan paytda qaysi hudud Ger-
maniya tomonidan bosib olina boshlangan? 
7. Yaponiya qaysi jihatdan Rossiyaga o‘xshab ketgan?
8. Rossiyada 1-Davlat Dumasi o‘z ishini qachon boshlagan?
9. Rossiya-Buyuk Britaniya o‘rtasida Afg‘onistonning chega-
rasini belgilash masalasi qaysi voqeadan keyin hal qilingan?
10. Qaysi davlatlar Rossiyani Berlin kongressi chaqirili-
shiga majbur qilishgan?
11. Qaysi asarda kuchli shaxslarni tarbiyalash g‘oyasi il-
gari surilgan?
12. Kimning asarlari XIX asr oxiri XX asr boshlarida Yevropa-
da adabiyot va san’atning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan?
13. Kimning qaysi asarida «Uchinchi Respublikaning» il-
latlari, hukmron doiralarning ma’naviy buzilishi oshkora 
kulgi ustiga olingan?
14. Kimning ijodi kambag‘allarning og‘ir ahvoliga chuqur 
hamdardlik ruhi bilan sug‘orilgan?
15. «Jismlarning kattaligi va vaqtning uzunligi nisbiydir»
ushbu fikr kimga tegishli?
16. Kimning qaysi kashfiyoti azotli bo‘yoqlarning katta bir 
sinfini hosil qilishga imkon bergan?


279
17. «Ikkinchi inqilib» deb nom olgan qo‘zg‘olon qachon qa-
yerda boshlangan?
18. «Lxetuanlar» Xitoy hukumati oldiga qanday talablarni 
qo‘yishgan?
19. 1895-yilda Xitoy Yaponiyaga qaysi orollarni berishga 
majbur bo‘lgan?
20. Yaponiyada qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar qa-
chon o‘tkazilgan?
21. Bolgariya o‘zini qachon Turkiyadan to‘la mustaqil deb 
e’lon qilgan?
22. Slavyan xalqlarining milliy-ozodlik kurashi qachon 
kuchaygan?
23. Ikkinchi Bolqon urushida Chernogoriya va Ruminiya 
qaysi davlatlarga yordam bergan?
24. Avstriya-Vengriya imperiyasining Birinchi jahon 
urushiga tayyorgarlik ko‘rayotganligini qaysi voqea anglatgan?
25. Avstriya-Vengriya imperiyasining industrial tuman-
lari qaysilar?
26. Qayerdagi jangdan so‘ng Rossiyaning deyarli butun 
Tinch okeani floti halokatga uchragan?
27. Rossiya tomonidan Xiva xonligi vassal davlatga aylan-
tirilganidan necha yil o‘tib O‘rta Osiyo to‘la bo‘ysundirilgan?
28. Qachonga kelib Rossiya iqtisodiy taraqqiyotda boshqa 
buyuk davlatlarga nisbatan orqada qolgan?
29. Birinchi issiqlik elektr stansiyasi qayerda ishga 
tushirilgan? 
30. Elektr bilan payvandlash usulini dastlab kim qo‘llagan?
31. Bolgariya hududida yashirin qo‘zg‘olonchi qo‘mitalar 
tuzgan inqilobchini ayting. 
32. Italiyada 1871-yilda qanday qonun qabul qilingan?
33. «Germaniya ittifoqi» nomli tashkilot qachon tuzilgan?
34. Germaniyada maktab cherkovdan qachon ajratilgan?
35. Qaysi davlat XX asr boshida sanoat ishchilarining soni 
jihatidan 1-o‘rinni egallagan?
36. Eronda demokratik matbuot qachon taqiqlangan? 


280
5-TEST
1. «Yosh afg‘onlar» harakatiga kim rahbarlik qilgan?
2. Kimning hukmronlik davri Turkiya tarixiga «zulm 
davri» nomi bilan kirgan?
3. Afg‘onistonning qaysi amiri ingliz missiyasini Kobul 
shahrida qabul qilishdan bosh tortgan?
4. Eronda 1905–1911-yilgi inqilobdan keyin qanday davlat 
tuzumi o‘rnatilgan?
5. XIX asrda so‘nggi choragi Fransiyada ko‘p partiyaviylik 
tizimi shakllangan bo‘lib, qaysi partiyalar yetakchi nufuzga ega 
bo‘lgan? 
6. Ishlab chiqarish va savdoni o‘zlaricha emas, markaziy bosh-
qaruv qarori asosida olib boradigan korxonalar birlashmasi bu ... 
7. Fransiyada kasaba uyushmalarining erkin faoliyatiga ham-
da ish tashlashga ruxsat etuvchi qonun qachon qabul qi lingan? 
8. XIX asrning ikkinchi yarmida o‘rta qatlam vakillari 
orasida, ayniqsa, ... toifasi ajralib turardi. 
9. Germaniya imperiyasida shtatgalter boshqaradigan 
hududni so‘zlab bering.
10. AQSH hukumati ish tashlash davrida trestlarga yetka-
zilgan zararni kasaba uyushmalaridan undirib olish tartibini 
qachon bekor qilgan? 
11. Qaysi AQSH prezidenti davrida «oldin ayrim shtatlar ning 
qonun chiqaruvchi organlari tomonidan saylanadigan senatorlar 
endi xalqning ovoz berishi bilan saylanadigan bo‘ldi»? 
12. Irlandiyada A. Griffit 1905-yili «Shinfeyn» («Biz o‘zimiz») 
Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish