8-SINF
O‘ZBEKISTON TARIXI
1-TEST
1. XVIII asr oxirlarida Buxoro amirligida vujudga kelgan
«Shashmaqom» ashulalarining she’riy matnini kimlar yaratgan?
2. Qaysi hukmdorlar Xiva xonligida davlat poytaxtini
ko‘chirgan?
3. Buxoro amiri Amir Haydar qayerda qo‘zg‘olon bo‘lganda
o‘sha hududga mulk daxlsizligi xususida yorliq berishga maj-
bur bo‘ladi?
4. Mustaqillik yillarida qaysi shaharda «Bobur va jahon
adabiyoti» nomli muzey tashkil etildi?
5. Buxoro xoni Ubaydullaxonning sag‘anasi qaysi me’moriy
obidada joylashgan?
6. Qachon Xiva xoni Abulg‘oziy Bahodirxon Buxoro xonligi
hududida joylashgan Karmanani vayronaga aylantiradi?
7. Buxoro xoni Vali Muhammad qachon Balx shahrining
hokimi bo‘lgan?
8. Shayboniylar davrida talabalarga madrasada qanday
fanlar o‘qitilgan?
9. Xiva xoni Asfandiyorxonning hukmronlik yillar qachon?
10. Shayboniylar davrida yer egaligining qanday turlari
mavjud bo‘lgan?
11. «Dashti Qipchoq» atamasi qaysi hududlarga nisbatan
ishlatilgan?
12. Boburning avlodlari o‘zlarini tarixiy hujjatlarda qan-
day nom bilan yuritishgan?
13. Xiva xonligida qaysi tabaqa vakillari yerlarning deyar-
li yarmiga egalik qilgan?
14. Qachon Rossiya Kichik juz xonligi hokimiyatini tugatib
o‘ziga qo‘shib oldi?
15. XIX asr birinchi yarmida Xiva xonligining qaysi dav-
latlar bilan savdo-iqtisodiy va elchilik aloqalari rivojlandi?
16. XIX asr o‘rtalarida Xiva xonligida qanday devonlar
faoliyat yuritgan?
243
17. Xiva xoni Abulg‘oziy Bahodirxon Yangi Urganch shah-
riga asos solgach, bu yerga qaysi shahar aholisi ko‘chirilgan?
18. Buxoro Shashmaqomi tarkibi qanday maqomlardan
iborat bo‘lgan?
19. Xiva xonligidagi qaysi hukmdor mamlakatda ichkilik
va bangilikni taqiqlagan?
20. Xiva xoni Sherg‘ozixonning hukmronlik yillarini ayting.
21. Qoraqalpoq adibi Berdaqning tarixiy mavzudagi asar-
lari qaysi?
22. Qoraqalpoqlarda qanday nomdagi ma’muriy mansablar
bo‘lgan?
23. Qoraqalpoq xalqining yozma adabiyoti qachon shakl-
landi?
24. Qo‘qon xonligida o‘zining xattotlik san’ati bilan nom
qozongan shaxslar nomini ko‘rsating.
25. Toshkentlik tarixchi Muhammad Solihning «Tarixi ja-
didayi Toshkand» («Toshkentning yangi tarixi») asarida qaysi
davr voqealari aks ettirilgan?
26. Toshkent shahri qachondan boshlab hozirgi nomi bilan
atala boshlangan?
27. Kimning qaysi asari Xiva xonligi, uning shaharlari
haqida muhim ma’lumotlar beradi?
28. Xiva xonligida qaysi davlat organi qonun chiqaruvchi,
ijro etuvchi va sud hokimiyati vazifasini bajargan?
29. Xiva xonligidagi Davkor ko‘li yonida kanal qachon qa-
zilgan?
30. Qo‘qon xoni Olimbek qaysi hududlarni Qo‘qon xonligi-
ga bo‘ysundiradi?
31. Qo‘qon xonligida qaysi amaldor xonning shaxsiy daro-
madi hisob-kitobini olib borgan?
32. XVI asrning o‘rtalaridan boshlab qaysi sohalarda
manu fakturalar vujudga keldi?
33. Qo‘qon xonligi davrida qaysi shahar pilla sotiladigan
asosiy bozor markazi bo‘lgan?
34. Qaysi rus elchisi Buxoroda bo‘lganda Sankt-Peterburg-
ga ochiq va shifrlangan xat orqali ma’lumot jo‘natib turgan?
35. Toshkent shahri qaysi yillar oralig‘ida jung‘orlarga qa-
ram bo‘lgan?
36. Rossiya podshosi Pyotr I tashkillashtirgan qaysi har-
biy ekspeditsiya Yamishchev ko‘lida istehkom quradi?
244
2-TEST
1. Qaysi shoir Abdullaxon II saroyida xizmat qilib, «Malik
ush-shuaro» unvoniga sazovor bo‘lgan?
2. Qaysi Buxoro amiri davrida Buxoro madrasalariga chet
davlatlardan o‘qishga keluvchilar soni ortib borgan?
3. Kimning qaysi asarida Shayboniyxonning o‘limidan
so‘ng Movarounnahrda vujudga kelgan ahvol haqida ma’lu-
mot keltirilgan?
4. Buxoro xoni Ubaydullaxon 1537–1538-yillarda Xorazm-
ga hujum qilib, Xiva xonligini Buxoroga bo‘ysundiradi. Shu
paytda Xiva xoni kim bo‘lgan?
5. XIX asr boshlarida Samarqand shahrining qanday nom-
lar bilan ataluvchi darvozalari bo‘lgan?
6. Shayboniylar davrida qanday mansab egasi diniy maro-
sim va amallarga rioya qilinishini kuzatgan?
7. Samarqand shahri qachon Shayboniy Ko‘chkunchixon
tasarrufiga o‘tgan?
8. Shayboniylar urf-odatiga ko‘ra, vafot etgan xon o‘rni-
ga taxtga yoshi katta shayboniy o‘tqazilishi odati qachondan
amal qilinmay qo‘yilgan?
9. Shayboniylar sulolasi vakillari qaysi daryolarning im-
koniyatlaridan unumli foydalanish choralarini ko‘rganlar?
10. Xiva xonligidagi barcha qabilalar Abulg‘oziy Bahodir-
xon davrida qanday guruhlarga bo‘lingan?
11. Qaysi Xiva xoni mamlakat poytaxtini Urganch shahri-
dan Xivaga ko‘chirgan?
12. Qaysi Buxoro xonlari davrida Xiva xonligi Buxoro xon-
ligiga bo‘ysundirilgan?
13. XIX asr o‘rtalarida Qo‘qondagi madrasalar ichida qay-
silar alohida ajralib turgan?
14. Xiva, Buxoro, Qo‘qon xonliklariga kelib harbiy, siyosiy,
iqtisodiy masalalarda ma’lumotlar to‘plab, o‘z rahbarlariga
yetkazgan ingliz razvedka vakillari kimlar?
15. Qo‘qon xonligidagi Norbo‘tabiy madrasasi qachon bun-
yod etilgan?
16. Buxoro amirligi davrida qaysi shahar qizil rangli bax-
mali bilan mashhur bo‘lgan?
17. Qachondan boshlab Buxoro amirligida hasharga keluv-
chilar oziq-ovqati, ish asboblari, ot-aravasi bilan kelishi lozim
bo‘lgan?
245
18. Toshkent va Andijon shaharlari 4 dahaga bo‘lingan
vaqt ni ayting.
19. Qoraqalpoqlarning alohida bir xalq bo‘lganligi haqida-
gi manbalar qaysi davrga to‘g‘ri keladi?
20. Xiva xonligida hukmronlik qilgan qaysi hukmdorlar
davrida Ichan qal’ada keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
amalga oshirilgan?
21. Xiva tarixiga bag‘ishlangan kimning qaysi asari fran-
suz va nemis tillariga tarjima qilingan?
22. Buxoro amirligidagi tanobona solig‘ining miqdori qan-
day belgilangan?
23. Qo‘qon xonligidagi Shayx Xovandi Tohur me’moriy
maj muasi qachon hozirgi ko‘rinishda shakllantirildi?
24. 1842–1845-yillarda Qo‘qon xonligida qanday voqealar
bo‘lgan?
25. Qoraqalpog‘iston hududida odamlar qaysi davrdan
yashab kelmoqda?
26. Buxoro amirligidagi Xoja Abdulg‘ofur madrasasi qaysi
shaharda joylashgan?
27. Nima sababdan shayboniylar davrida devon faoliyati
temuriylar davridagidek nufuzga ega bo‘lmagan?
28. Buxoro amirligidagi qaysi shaharda hind savdogarlari
va sudxo‘rlari yashaydigan alohida mahallalar bo‘lgan?
29. Bobur Mirzo yosh bo‘lganligi uchun davlat ishlarini
kimlar yordamida boshqargan?
30. Buxoro xonligiga tashrif buyurgan Rossiya elchisi An-
toniy Jenkinsonni qanday inshoot hayratga solgan?
31. Qaysi asar shayboniylar bilan Eron safaviylari o‘rtasi-
dagi munosabatlar haqida muhim ma’lumotlar beradi?
32. Buxoro xoni Abulfayzxonning Rossiya podshosi Pyotr I
ga shvedlar ustidan qozongan g‘alabasi munosabati bilan yo-
zilgan qutlov maktubini topshirgan elchi kim?
33. Samarqand shahrining 2750 yilligi qachon nishonlandi?
34. Qo‘qon xonligida qaysi lavozim vakillari islom shariati
qoidalarining amal qilishiga mas’ul bo‘lgan?
35. Ashtarxoniylar davrida qaysi mansab xondan keyingi
o‘rinda turgan?
36. Dashti Qipchoqning sharqiy qismi aholisi qachondan
o‘zbeklar deb atala boshlangan?
246
3-TEST
1. Qaysi asar Qo‘qon xoni Umarxon davrining ko‘zga
ko‘ringan tarixchisi Muhammad Hakimxon To‘ra ibn Sayid
Ma’sumxon (1802–1870) qalamiga mansub?
2. Qaysi Buxoro xonlari boburiylar sulolasi vakili Avrang-
zeb Olamgir (1658–1707) bilan aloqada bo‘lgan?
3. Qo‘qon shahri qachon ilm-ma’rifat markaziga aylangan?
4. Toshkent shahrining 2200 yilligi qachon nishonlangan?
5. Buxoro amirligida amir Shohmurod davridagi qaysi
ariqlar 24 chaqirimdan iborat?
6. Qaysi Shayboniy hukmdor 1507-yilda pul islohoti o‘tkaz gan?
7. Buxoro xonligida Ashtarxoniylar hukmronligi davrida
1651-yilda kim Balx shahri hokimi etib tayinlanadi?
8. Birinchi Prezidentimizning «Tarixiy xotirasiz kelajak
yo‘q» va «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarlarida
nechanchi asrlarni qoloqlik davri deb atagan?
9. Shayboniylarning Hirotga nechanchi yilgi hujumidan
so‘ng shahar o‘zining iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz
sifatidagi nufuzini yo‘qotadi?
10. Shayboniylardan kimlar ilm, fan, ma’rifat homiylari
bo‘lishgan?
11. Shayboniyxonga homiylik qilgan Muhammad Mazid
tarxon qaysi shaharlar hukmdori bo‘lgan?
12. Abdullaxon II tomonidan 1557–1558-yillarda Moskva-
ga yuborilgan elchilar o‘zlari bilan nimalar olib qaytgan?
13. Shayboniylar hukmronligi davrida bunyod qilingan
Mir Arab madrasasi qachon kim tomonidan qurilgan?
14. Buxoro xonligida qanday unvon davlat lavozimi man-
sabdori hisoblanmasa-da, ushbu unvonga sazovor bo‘lgan
shaxsning xon saroyida nufuzi baland bo‘lgan?
15. Buxoro amirligida suvni chuqur ariqlardan chiqarib
olish uchun qanday moslamadan foydalanilgan?
16. Buxoro amiri Muhammad Rahimbiy mustaqillikni
da’vo etib yurgan qaysi hududlarni to‘rt yil davomida o‘ziga
bo‘ysundirgan?
17. 1811–1812-yillarda Buxorodan Xivaga elchi bo‘lib kel-
gan shaxslar kim?
18. Qo‘ng‘irot qabilasining yo‘lboshchisi Muhammad Amin
1761-yilda qaysi tabaqalar madadiga tayanib inoqlik la-
vozimiga ko‘tarilgan?
247
19. Xiva xonligi qachon iqtisodiy inqirozga duchor bo‘lgan?
20. XVII–XVIII asrlarda Xivada yashab, mehnat qilgan
usta xattotlar nomlarini sanab bering.
21. Mashhur xattot Hamadoniy Eshmuhammadxonga
«Shohnoma»ni qachon miniaturalar uchun ochiq joy qoldirib
ko‘chirib bergan?
22. Xiva xonligida Kichik Kengash tarkibiga xondan tash-
qari qanday lavozim vakillari kirgan?
23. Xiva xonligida davlat yerlarini ijaraga olib ishlovchilar
qanday atalgan?
24. Buxoro amirligi davrida yaratilgan asarlarning asosiy
qismi qaysi fan sohalariga oid bo‘lgan?
25. Toshkent hokimligi qaysi hududlarni qo‘lga olib
Markaziy Osiyo bilan Rossiyaning savdo munosabatlarida ye-
takchilikni qo‘lga olishga intilgan?
26. Qo‘qon xoni Abdurahimbiy qaysi hududlarni egallab
xonlik tarkibiga qo‘shgan?
27. Qachonga kelib Xiva xonligining shaharlar hayotida
uzoq davom etgan tushkunlik holati barham topdi?
28. Qo‘qon xonligida qaysi mansab egasi xon topshiriqlari-
ni tunda bajargan?
29. XIX asrda Xivada matoga gul bosish san’ati qanday ji-
hatlari bilan Markaziy Osiyoning boshqa gul bosish markaz-
laridan farq qilib turgan?
30. Xivadagi Ichan qal’a me’moriy inshootiga qanday nom-
dagi darvozalar orqali kirilgan?
31. «Koranda» atamasi Xiva va Qo‘qon xonliklarida qanday
ma’no anglatadi?
32. XVIII asrda Qo‘qon xonligi hududiga kirgan. Beklik
markazi bo‘lgan va aholisi hunarmandchilik bilan shug‘ullan-
gan. So‘z Qo‘qon xonligidagi qaysi shahar haqida bormoqda?
33. Ma’rifatparvar shoira va tarixchi olima Dilshodi Barno
qalamiga mansub asarlarni keltiring.
34. Qo‘qon xoni Muhammad Alixon kimning foydasiga
taxt dan voz kechgan?
35. Abulxayrxon qachon Sharqiy Dashti Qipchoqni egal-
lab, «O‘zbek ulusi» nomli davlatga asos solgan?
36. Qoraqalpoq xalqi adabiyoti asoschisi Berdaq qaysi yil-
lar oralig‘ida yashab ijod qilgan?
248
4-TEST
1. «Gulshan ul-muluk» asari muallifi qachon yashagan?
2. Abulg‘oziy Sultonni akasi Asfandiyorxon qaysi shaharga
hokim etib tayinlagan?
3. Shayboniylar davrida qaysi olimlar matematika fani
rivojiga munosib hissa qo‘shganlar?
4. Boburning otasi Umarshayx Mirzoga akasi Sulton Ah-
mad davrida qaysi hududlar berilgan?
5. Buxoro xonligida XVII–XVIII asrlarning birinchi yarmida
savdo-sotiq ishlarida qaysi shaharlarning mavqeyi baland bo‘lgan?
6. Buxoro amiri Muhammad Rahimbiy markaziy hokimi-
yatga bo‘ysunmaslikka urinayotgan qaysi qabilalarni turgan
joyidan ko‘chirtirib yuborish siyosatini tutgan?
7. Ashtarxoniylar davrida zamondoshlari qaysi shoirni
«Buxoro shoirlari taxtida sulton» deb ulug‘lagan?
8. XVII asrning taniqli olimi, Mir Arab madrasasining mu-
darrisi Muhammad Sharif Buxoriy qaysi sohalarga oid asar-
lar yaratgan?
9. Samarqanddagi Registon maydonida joylashgan in-
shootlarning nomi va ularning qurilgan vaqti bilan aytib bering.
10. Buxoro amirligida barcha savdo ishlarini kim boshqar gan?
11. Subhonqulixon kimning yordamida Xiva xoni Anusha-
xon qo‘shinlarini Samarqanddan quvib chiqarishga erishgan?
12. Xiva xonligi va Eron o‘rtasida qachon davlat chegaralari
xavfsizligi va savdo-sotiq masalalarida kelishuvga eri shilgan?
13. Qo‘ng‘irot qabilasi yo‘lboshchisi Muhammad Amin Buxo-
roga – Doniyolbiy otaliq yoniga ketgan vaqtda turkman qabi-
lalari Xorazmni egallab, qaysi shaharlarni xonavayron qiladilar?
14. Buxoro amirligidagi muntazam qo‘shin tarkibida
bo‘lgan piyoda askarlar qanday atalgan?
15. XIX asrning 30–40-yillariga oid manbalarga ko‘ra Xiva
xonligining bosh taqinchog‘i bu ...
16. Xiva xonligi tarixiga doir «Xiva va xonlikning boshqa
shaharlari hamda qishloqlari, savdo-sotig‘i va sanoati» nomli
asar mualliflari kimlar?
17. Qo‘qon xoni Umarxon davridagi yirik shoirlardan biri
Maxmur (asl ismi Mahmud) qaysi madrasada tahsil olgan?
18. Jahon Otin taxallusi bilan mashhur bo‘lgan Uvaysiy
qachon yashagan?
249
19. Xiva xonligida qaysi tabaqa vakillari zakot solig‘ini
to‘lashgan?
20. Qachonga kelib Xiva xonligi poytaxti yirik qurilish
maydoniga aylandi?
21. Toshkent hokimligi aholisi qaysi davlatlar bilan savdo
qilgan?
22. Qo‘qon xonligida xon davlatni qaysi tabaqa vakillariga
tayanib boshqargan?
23. Qoraqalpoqlar qachon Xiva xonligi zulmiga qarshi Oy-
do‘stbiy boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘taradi?
24. Qoraqalpoqlarning amaliy san’atida qanday buyumlar
yasash rivojlangan?
25. Xiva xonligida qachon keng ko‘lamdagi sug‘orish in-
shootlarining tiklanishi va yangilarining qurilishi amalga
oshirilgan?
26. Qachonga kelib Xiva xonlari kutubxonalarida xattotlik
va husnixat maktabi ochilgan?
27. Eron shohi Nodirshoh qaysi davlatlarga qarshi zafar-
li yurishlardan so‘ng, 1736-yilda Buxoro xonliga qarshi katta
qo‘shin tortadi?
28. Shayboniylar davri adabiyotida kimlar alohida o‘rin
tutadi?
29. Muhammad Shayboniyxon qaysi shaharlarni temuriy-
lardan so‘ng fan, madaniyat va san’at markazlari sifatida
rivojlantirishga harakat qildi?
30. Qo‘qon xonligida oltin ma’dani qayerlardan qazib olingan?
31. Toshkent shahri qachon Shayboniylar davlati tarkibi-
ga kiritilgan?
32. Qaysi Qo‘qon xonini ruhoniylar turli axloqsizlik va sha-
riatga qarshi jinoyatlarda ayblab, xonga qarshi ochiq targ‘ibot
olib borishgan?
33. Qo‘qon xoni Umarxon akasi Olimxon davrida qaysi
shahar hokimi bo‘lgan?
34. Shayboniylar bilan boburiylar o‘rtasida elchilik muno-
sabatlari qachon o‘rnatildi?
35. Mustaqil Afg‘oniston davlati qachonga kelib tashkil
topgan?
36. XVI–XVII asrlarda Buxoro va Xiva xonliklariga Rossi-
yadan necha marta elchilar kelishgan?
250
5-TEST
1. Qachonga kelib rus sarmoyasi Markaziy Osiyo bozorida
yetakchi o‘rinni egalladi?
2. 1583–1600-yillar davomida Moskvada necha marta
Buxoro elchilari bo‘lishgan?
3. Xitoydagi Sin imperiyasi qachon Sharqiy Turkistonni o‘zi-
ga bo‘ysundirib, Qo‘qon xonligini kuchsizlantirishga urindi?
4. Abdulkarim Fazliy Namangoniyning «Umarnoma» dos-
tonining hajmi qancha?
5. Boborahim Mashrab qachon, kim tomonidan o‘limga
hukm etilgan?
6. Andijon shahri arablar istilo qilgan davrda qanday nom
bilan atalgan?
7. Qo‘qon xonligidagi qog‘oz juvozxonasi qayerda joylash-
gan?
8. Qo‘qon xoni Umarxon davrini kim «eng yaxshi podsholik
davrlardan biri» sifatida tavsiflaydi?
9. Toshkent hokimligida Yunusxo‘ja davrida qanday pullar
zarb qilingan?
10. Qaysi asarda Qo‘qon xonligidagi mansablarga ta’rif
berilgan?
11. Qoraqalpoq xalqi adabiyoti asoschisi Berdaq kimlar-
ning asarlarini o‘rgangan?
12. Qoraqalpoq xalqi qahramonligi eposi bo‘lgan «Qirqqiz»
dostoni qachongi tarixiy voqealarni badiiy shaklda aks ettirgan?
13. Qoraqalpoqlarning ma’muriy markazi bo‘lgan Chimboy
shahri qachon barpo etilgan?
14. Orol dengizi atrofida yashovchi qoraqalpoqlar qachon
Xiva xonligiga bo‘ysundirilgan?
15. Qoraqalpoqlarning birlashuvida qaysi hukmdorlar
muhim rol o‘ynagan?
16. No‘g‘ay (Mang‘it) xonligi qachon tashkil topgan?
17. Sharqshunos olim N. Vasilevskiyning qaysi asarlari
Xiva xonligining XVI asr va undan keyingi asrlar tarixiga
bag‘ishlangan?
18. Xiva shahri qachongacha xonlikda yagona shoyi to‘qish
markazi bo‘lib kelgan?
251
19. Qachonga kelib Xiva shahrida qayta qurish ishlari tu-
gallandi?
20. Xiva xonligida qachon Qilich Niyozbiy kanali qurildi?
21. Qaysi Xiva xoni Afg‘onistonda hokimiyat uchun ku-
rashayotgan shoh Mahmudga 2-marta hokimiyat tepasiga
kelishiga yordam bergan?
22. Xiva xonligida qachon qo‘ng‘irotlar sulolasi hukmronli-
gi rasman o‘rnatilgan?
23. Xiva shahri qachon bunyod etilgan?
24. 1844-yilda Buxoro amirligining Markaziy Osiyo-Rossi-
ya tashqi savdosidagi ulushi necha foizni tashkil qilgan?
25. Ashtarxoniylar sulolasining so‘nggi vakili kim?
26. Qaysi Buxoro xoni Buxoroda «Dor ush-shifo» qurdirib,
bemorlarni davolash ishini yo‘lga qo‘yadi?
27. Buxoro xoni Imomqulixon davrida qachon Qo‘shqo‘rg‘on-
da qachon kanal qazilgan?
28. O‘ziga «amir ul-umaro» unvonini olgan Ibrohimbiy qay-
si qabiladan chiqqan?
29. Ashtarxoniylar qachondan Ashtarxon (Hoji Tarxon,
Astraxan) xonligida hukmronlik qilganlar?
30. Ubaydullaxon qanday taxalluslar bilan ijod qilgan?
31. Shayboniylar davrida qanday fan sohalari boshqa so-
halarga qaraganda ildamroq rivojlandi?
32. «Moskva savdo kompaniyasi» qachon qayerda tashkil
etilgan?
33. Shayboniylar davridagi qaysi mansabga xon sulolasiga
yaqin shaxslardangina tayinlangan?
34. Buxorodagi yirik usti berk bozor – Abdullaxon timi qa-
chon qurilgan?
35. 1556–1586-yillarda Zarafshon daryosida qurilgan suv
ayirg‘ichlari keltiring.
36. Bobur Mirzo qachon Hindistonda Boburiylar saltanati-
ga asos soldi?
252
Do'stlaringiz bilan baham: |