Uo‘K: 94(079. 1) Kbk: 63/3 Sh – 26 Sharipova, Tojixon



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/116
Sana22.07.2022
Hajmi2,01 Mb.
#837176
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   116
Bog'liq
96458 306dee356493002972ae0f1cd35ecb6d (1)

 
7-SINF
O‘ZBEKISTON TARIXI
1-TEST 
1. Turk xoqoni To‘ng yabg‘u (618–630) hukmronlik qil-
gan davrda boshqaruv tartiblari isloh qilinadi natijada qay-
si hududlarning mustaqil hokimlari ustidan siyosiy nazorat 
kuchaytiriladi?
2. Chingizxon kim orqali Sulton Muhammaddan ayb-
dorlarni jazolashni va Inolchiqni tuttirib, uning ixtiyoriga 
jo‘natishni talab qiladi? 
3. Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi qanday 
idoralardan iborat bo‘lgan? 
4. Xorazmshohlar davlatida qaysi amaldor harbiy safarlar 
vaqtida hukmdor nomidan davlatni idora qilgan? 
5. Mutaxassis olimlarning ta’kidlashicha, VII–IX asrlarda 
Xitoy bilan savdoda qanday mahsulotlar asosiy o‘rinda turgan? 
6. G‘aznaviylar davrida qaysi shaharlarda madrasalar, 
masjid, xonaqoh va saroylar bino qilinib, kutubxonalar faoli-
yat ko‘rsatgan?
7. Saljuqiylar davlatidan dastlab qayerlar ajralib chiqqan?
8. Qaysi asar XII asrdayoq lotin va ibroniy tillariga tarjima 
qilinib o‘rganilgan?
9. Rimdagi «kolon» tarixiy atamasiga mos somoniylardagi 
atamani toping. 
10. Ilk o‘rta asrlarda ... dini vakillari o‘z xudolariga qora 
qashqa ot so‘yib qurbonlik qilishgan. 
11. Turk xoqonligida yasoq – bu ... 
12. V–VII asrlarda mavjud bo‘lgan mustaqil hokimliklar-
dan biri bo‘lmish Toxariston g‘arbda qaysi hudud bilan chega-
ralangan?
13. Ilk o‘rta asrlarda tanga zarb qildirgan Mihirakula qay-
si davlat hukmdori bo‘lgan? 


221
14. Mahmud Zamaxshariyning qaysi asari Quroni karim 
tafsiriga bag‘ishlangan?
15. Qachon Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik 
qatlam, jonli turkiy til muhiti vujudga kela boshladi? 
16. Qoraxoniylar qaysi shaharlarni davlat yoki viloyat poy-
taxtiga aylantirib, shaharlar bilan aloqa bog‘lashga harakat 
qiladilar?
17. XII asrga oid «Bayonqulixon» maqbarasi qaysi sha-
harda joylashgan? 
18. Mo‘g‘ullarga qarshi qo‘zg‘olon rahbari Mahmud Toro-
biy kim bo‘lgan?
19. O‘rta Osiyoda mavjud davlatlardan qaysi biri dengiz va 
daryo flotiga ega bo‘lgan? 
20. Temuriylar davrida Samarqand darvozalari qanday 
nomlangan? 
21. «Uning hayoti va ilmiy faoliyati xalqimiz ma’naviyati-
ning poydevoriga qo‘yilgan tamal toshlaridan biri bo‘lib, yur-
timizda bundan necha zamonlar oldin fundamental fanlarni 
rivojlantirishga qanchalik katta ahamiyat berganini ko‘rsata-
di». Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» 
asarida keltirilgan bu satrlar kim haqida ketmoqda? 
22. A.Navoiy Samarqandda Fazlulloh Abullays Samar-
qandiydan taxsil olgan bo‘lib bu olim qaysi fanlarning o‘tkir 
bilimdoni edi? 
23. XV asr 60–70-yillarda turkmanlar qayerlarga egalik 
qilar edi? 
24. XIV asrning 60-yillari oxirida Oltin O‘rdada yuz bergan 
g‘alayonlar vaqtida Qo‘ng‘irot so‘fiylari shimoliy va janubiy Xo-
razmni birlashtirish maqsadida qaysi shaharlarni egallagan? 
25. «Jaloliddin Manguberdi» ordeni qachon ta’sis etilgan?
26. O‘rta asrlarda Chig‘atoy ulusida qachondan boshlab 
tarixnavislik taraqqiy qilgan?
27. Xorazmda ma’muniylar davlat boshqaruvida markaziy 
boshqarma – devonxona tashkil etildi va unda qanday mah-
kamalar bo‘lgan? 
28. Birinchi Prezidentimizning «Yuksak ma’naviyat – 
yengilmas kuch» kitobida «Musulmonlarning e’tiqodini tu-
zatuvchi» degan yuksak sharafga sazovor bo‘lgan vatan-
doshimizni ayting?


222
29. O‘rta Osiyoning antropologik qiyofasi qachon to‘liq 
shakllanadi? 
30. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-
Farg‘oniy yashagan yillarni ayting.
31. Xorazmda hukmronlik qilgan afrig‘iylar sulolasiga qa-
chon asos solingan? 
32. Turk xoqonligi VI asrning 80-yillari oxirlarida ikkiga: 
Sharqiy turk xoqonligi va G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘linib 
ketadi. Sharqiy turk xoqonligiga qayerlar kirgan? 
33. O‘rta Osiyoda qachon dehqonlar tomonidan yerlarni 
egallash jarayoni tobora avj olib, zulm kuchaygan?
34. Buxoroda 585–586-yillarda Abro‘y qo‘zg‘oloni bo‘lib 
o‘tgan davrda turk xoqoni kim bo‘lgan? 
35. V–VII asrlarda mavjud bo‘lgan mahalliy hokimliklardan 
biri bo‘lmish Sug‘d tog‘laridan qanday ma’danlar kovlab olingan? 
36. Eron shohi, sosoniylar sulolasi vakili Xusrav I Anusher-
von hukmronlik yillarini toping.
2-TEST
1. XV asr o‘rtalarida Samarqand amiri kim edi? 
2. Kamoliddin Behzod ijodi qaysi o‘lkalar tasviriy san’ati-
ning taraqqiyotiga samarali ta’sir etgan?
3. Temuriylar davrida xattotlik san’ati turlari haqida max-
sus asar yozgan shaxsni aniqlang.
4. Tarixdan ma’lumki misdan yasalgan mayda chaqa pul-
lar turli nomlar bilan atalgan bo‘lib, Somoniylar davrida va 
Temuriylar davrida qanday nomlar bilan atalgan? 
5. Temuriylar davrida bunyod qilingan qaysi tarixiy in-
shootda Qur’onni qo‘yish uchun o‘rnatilgan ulkan tosh lavh 
mavjud bo‘lgan? 
6. Mirzo Ulugbek o‘z davrida qaysi yunon olimlari asarlari 
bilan tanishgan?
7. «Sarxang» tarixiy atamasi arab xalifaligi davrida va 
g‘aznaviylar davrida qanday ma’no bergan? 
8. «Metafizika» asarining muallifi kim?
9. O‘zbek xalqiga xos etnik omillar qachon shakllangan? 
10. Chingizxon Xorazmni egallash uchun qo‘shinni 4 qism-
ga bo‘lib, ikkinchi qismga Jo‘jini boshliq etib qaysi shaharlar-
ni bosib olishga buyurgan?


223
11. O‘rta asrlarda ziroatchi oddiy qo‘shchilar tabaqasi 
nima deb atalgan? 
12. V–VI asrlarda O‘rta Osiyoda mavjud bo‘lgan qaysi din 
jon va ruhlarga, ota-bobolar ruhiga sig‘inish e’tiqodini tarbi-
yalagan?
13. Xorazm davlatida «Xorazmshoh» unvoniga sazovor 
bo‘lgan 4 sulolani ketma-ketlikda aytib o‘ting. 
14. V–VII asrlarda mavjud bo‘lgan mahalliy hokimliklar-
dan biri bo‘lmish Farg‘ona qo‘shnilariga qanday mahsulot 
chiqargan?
15. Xorazmda mo‘g‘ullar istilosi paytida O‘tror qamalining 
dastlabki kunlaridayoq mo‘g‘ullar tomoniga o‘tib ketgan sha-
har hokimiyati vakilini ayting.
16. Qoraxoniylar Xuroson ustiga ikkinchi marta qo‘shin 
tortgan paytda g‘aznaviylar hukmdori kim edi?
17. XIV asrda Buxoroda vujudga kelgan Naqshbandiya 
ta’limoti taraqqiyotiga keyingi asrlarda qaysi buyuk alloma-
lar katta hissa qo‘shadilar?
18. X asr o‘rtalarida yag‘mo qabilasi qayerda yashagan?
19. Qoraxoniylar tomonidan kimlarga katta-katta yer 
maydonlari iqto tarzida hadya qilinadi? 
20. Xorazm qachon Saljuqiylar davlatiga qaram bo‘lib 
qoladi? 
21. Somoniylar sulolasidan bo‘lgan Nuh II hukmronlik yil-
larini ayting.
22. G‘aznaviylar sulolasining siyosiy nufuzi ortib, sulola ning 
qaysi vakili davrida somoniylar tomonidan e’tirof etilgan?
23. Qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketgach, 
Sharqiy qoraxoniylar davlati poytaxti qaysi shahar bo‘lgan?
24. O‘rta asrlar tarixida Talos vodiysida jang bo‘lgan yillar-
ni ayting.
25. Xorazmda Anushteginiylar hukumronligi davrida 
Elarslondan so‘ng taxtga o‘tirgan hukmdor kim?
26. Xorazm davlati qachon mintaqadagi yirik savdo 
markaz laridan biriga aylangan? 
27. XV asrda ulkan yutuqlarga erishgan tasviriy san’at 
– portretlar ishlangan bo‘lib, kimlarning tasvirlari bizgacha 
yetib kelgan? 


224
28. Amir Temurning otasi Amir Tarag‘ay barlos urug‘ining 
oqsoqollaridan bo‘lib, ajdodlari qayerlarda mulkka ega bo‘lgan? 
29. XIV–XV asrlarda yangi kuy va qo‘shiqlar, cholg‘u as-
boblari va musiqa nazariyasiga doir nodir asarlar yaratilgan 
bo‘lib, Alisher Navoiy qanday nomdagi kuyni yaratgan?
30. Temuriylar davrida yashab, ijod qilgan mashhur xattot 
Sultonali Mashxadiy qaysi bog‘dagi saroy devorlarini bezagan? 
31. «Yo Olloh! Kambag‘alni badavlat kishiga aylantirding» 
satrlar qaysi manbadan olingan?
32. Eftallar tomonidan Marv shahri nechanchi yilda ishg‘ol 
qilingan?
33. O‘rta asrlarda «Suyanchiq, ma’muriyat» ma’nosini ang-
latuvchi tarixiy atamani keltiring. 
34. O‘rta Osiyoga Yettisuv va Sharqiy Turkistondan ko‘ch-
manchi xion nomli qabilalarning hujumi boshlanish jarayoni 
qachon ro‘y berdi? 
35. VII asrda G‘arbiy turk xoqonligi Xitoyga necha marta 
elchi yuborgan? 
36. V–VII asrlarda mavjud bo‘lgan mahalliy hokimliklar-
dan biri bo‘lmish Toxariston aholisining asosiy qismi qanday 
mashg‘ulot bilan shug‘ullangan? 
3-TEST
1. Amir Temur Xorazm davlatiga qaysi yillar oralig‘ida 
yurish qilgan? 
2. Al-Azhar diniy dorilfununining talabalari hozir kunda 
ham qaysi asar asosida Qur’oni karimni o‘rganadilar? 
3. «U 160 dan ortiq asar yozib, o‘rta asr ilm-fan va madani-
yatiga ulkan hissa qo‘shdi, IX–XIII asr boshlarida Movaroun-
nahr va Xorazmda ijod qilgan olimlardan qaysi biri to‘g‘risida 
so‘z bormoqda?
4. Amir Temur Movarounnahr va Turkistonni obod qildi
balki bo‘ysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham 
obod qildi, ana shunday shaharlar sirasiga kiradigan sha-
harlarni toping.
5. Abu Rayhon Beruniy qancha qo‘zg‘almas yulduz o‘rnini 
o‘rgangan?
6. Tarak (Terek) daryosi qayerda joylashgan? 


225
7. Temuriylar davrida «o‘z davrining Ptolemeyi» nomi bi-
lan shuhrat qozongan shaxs kim? 
8. VI asr o‘rtalarida qaysi hududlarda yashagan turkiy qa-
bilalarni birlashtirish natijasida Turk xoqonligi nomli davlat 
vujudga keldi?
9. Ilk o‘rta asrlarda Parakning markazi qaysi hudud bo‘lgan? 
10. O‘rta asrlardan ma’lum bo‘lgan Turfan shahri qayerda 
joylashgan? 
11. G‘arbiy Turk xoqonligida hukmdor va malika uchun 
Yabg‘ukat va Xotunkat kabi o‘ziga xos qarorgohlar bino qilin-
gan bo‘lib, ushbu qarorgohlar qayerda joylashgan? 
12. Amir Temur markazlashgan davlat tuzish rejasini amal-
ga oshirishda Temurni qaysi tabaqalar qo‘llab-quvvatlagan?
13. Temuriylar davrida ijod qilgan mashhur xattot Mirali 
Tabriziy qachon yashagan? 
14. Abu Ali ibn Sino qaysi somoniylar sulolasi vakilini davolab, 
saroy kutubxonasidan foydalanish imkonini qo‘lga kiritgan?
15. Ispan elchisi Klavixoning Amir Temurga bag‘ishlangan
qanday asarlar yozgan?
16. O‘rta asrlarda «kuhandiz» bu ... 
17. Qaysi asarlar XII asrdayoq Ispaniyada lotin tilga tar-
jima qilingan?
18. Qaysi sulola hukmronligi davrida Movarounnahr-
da ruhoniylarning, ya’ni imomlar, sayidlar, shayxlar va 
sadrlarning e’tibori kuchayib, obro‘yi har qachongidan ham 
ko‘tarilib ketadi?
19. Chig‘atoy ulusida qachondan boshlab tarixnavislik 
ham taraqqiy qilgan? 
20. Temuriylar davrida savdo boji qanday nomlangan? 
21. O‘rta asrlarda vujudga kelgan Xurosondagi Sarbador-
lar davlati qaysi yillar oralig‘ida mavjud bo‘lgan? 
22. XIII asr o‘rtalarida Movaraunnahrda bo‘lgan qaysi 
mad rasalar mingtagacha talabalarni o‘qita olgan?
23. 1352-yil Amir Temur o‘z nikohiga olgan Turmush Og‘o 
kimning farzandi bo‘lgan?
24. Xorazmga mo‘g‘ullar hujum qilgan vaqtda O‘tror mudo-
faasi uchun jasorat ko‘rsatgan G‘oyirxon mo‘g‘ullar tomoni-
dan qayerda o‘ldiriladi?


226
25. Mo‘g‘ullar istibdodini o‘rganishda birinchi darajali 
manbalardan biri bo‘lmish «Nosir turkumlari» asarining mu-
allifi kim?
26. Sharqda «Shayx ur-rais» nomi bilan shuhrat qozongan 
buyuk o‘zbek allomasi aniqlang. 
27. Xorazm va Movarounnahrda mo‘g‘ullar bosqini davrida 
Sharqda shuhrat topgan qaysi sohalar barham topgan? 
28. Xorazm davlatining savdogarlari X–XI asrlarda qayer-
lar bilan savdo-sotiq olib borgan?
29. O‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan G‘aznaviylar davlati 
chegaralarini ayting. 
30. Arxeologlar tomonidan qaysi shaharlarning xarobalari 
o‘rganilishi natijasida X–XI asrlarda ham paxsa va xom 
g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligida asosiy 
o‘rin tutganligi ma’lum bo‘lgan?
31. Qarluqlar davlatining poytaxti bo‘lgan Suyob shahri 
qayerda joylashgan edi? 
32. «Hadis» so‘zining ma’nosini to‘g‘ri ayting.
33. Ma’muniylar sulolasi qachon Xorazmshohlar davlati 
taxtiga kelgan?
34. Birinchi marta mahalliy aholini islom diniga kiri tish 
maqsadida masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun ikki dir-
hamdan pul hadya etishni joriy qilgan xalifalik noibi kim?
35. Somoniylar davlati qaysi vaqt oralig‘ida mavjud bo‘lgan?
36. 673-yilning kuzida xalifa Muoviya I (661–680) farmoni 
bilan Ubaydulloh ibn Ziyodning Buxoro muzofotiga bostirib kir-
ganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni qaysi tarixchi yozib qoldirgan? 
4-TEST
1. O‘rta asrlarda Somoniylar davlati ravnaq topgan davri-
da qayerlarni o‘z ichiga olgan?
2. Eronning bosh kohini Mazdak ibn Hamdodon qachon 
yashagan? 
3. Qarluqlar va O‘g‘uzlar davlati qaysi hududlar aholisi-
ning siyosiy hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan?
4. V–VII asrlarda Toshkent (Binkat)da 22 ta darvozasi 
borligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kimlarning qaydnomalarida 
uchraydi?


227
5. O‘rta asrlarda «Ashura» nomini olgan orol qayerda joy-
lashgan?
6. Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi ikki ido-
radan: dargoh va vazirlik (devon)dan iborat bo‘lgan bo‘lib, 
devonda qanday vazirliklar faoliyat yuritgan?
7. Nizomiy Ganjaviydan so‘ng «Xamsa» dostonini yozgan 
ham shoir, ham musiqashunos mutafakkir bu ... 
8. Chig‘atoy ulusining mo‘g‘ul amaldorlari doirasida o‘troq-
likka ko‘chish jarayoni qachon ro‘y bergan?
9. Movarounnahrda mo‘g‘ullar bosqini davrida 4, 5, 8 kun-
da taslim bo‘lgan shaharlarni shu ketma-ketlikda keltiring.
10. Amir Temur tomonidan 1370-yilda egallangan 
hududlarni ayting.
11. Somoniylar davrida Zarafshon va Farg‘ona vodiysi 
tog‘laridan qanday madanlar qazib olingan? 
12. Abu Nasr Farobiy qayerlarda tahsil olgan? 
13. Mo‘g‘ullar davrida qurilib, bizning davrimizgacha yetib 
kelgan «To‘rabekxonim» maqbarasi qayerda joylashgan? 
14. X asr o‘rtalarida Qoshg‘arda istiqomat qilgan qabila 
qaysi? 
15. Abu Rayhon Beruniy qaysi fanlar bo‘yicha 160 dan or-
tiq asarlar yozgan? 
16. Movarounnahrda keng yoyilgan tasavvuf «Yassaviya» 
tariqati bo‘lib, unga Ahmad Yassaviy asos soladi. Tariqatning 
asoslari Yassaviyning qaysi asarida bayon etiladi?
17. Chig‘atoy xonlari davrida hunarmandlar va savdo-
garlardan ishlab chiqarilgan mahsulot yoki sotilgan molning 
o‘ttizdan bir qismi hajmida qanday soliq undirilgan? 
18. Xorazm davlati 1040-yilda Saljuqiylarga qaram bo‘lgan 
bo‘lib, bu davlatning mustaqillikka erishishi qaysi Xorazm-
shoh nomi bilan bog‘liq? 
19. Temuriylar davrida nil (bo‘yoqlar) qayerdan keltirilgan?
20. Muqaddas ommaviy hashar bu … 
21. Ilk o‘rta asr shaharlaridan qaysi biri Xushkat deb ham 
yuritilgan? 
22. V–VII asrlarda mavjud bo‘lgan mahalliy hokimliklar-
dan Choch va Eloqqa ichki va tashqi savdo-sotiqning kenga-
yib, shaharlarining gavjumlashuviga imkon bergan omil bu ...


228
23. Amir Temur o‘z saltanatining janubiy chegaralarini 
mustahkamlash va kengaytirish maqsadida qayerlarga uch 
marta askar tortgan? 
24. Mo‘g‘ulcha «nazoratchi», «shahar boshlig‘i» degan 
ma’noni beradigan tarixiy atamani ayting.
25. O‘rta Osiyoda mo‘g‘ullar hukmronligi davrida Orol 
dengizi qanday nomlangan? 
26. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida yer egaligining «mulki 
inju» turi bu ...
27. Amir Temurning shuhratini oshirib, uning dong‘ini butun 
Qashqadaryo vohasi, xususan Kesh viloyatiga yoygan omil bu ...
28. Somoniylar saroyidagi oliy unvon qaysi?
29. Qarluqlar davlati qachon, qayerda tashkil topgan?
30. 1210 va 1212-yillarda qaysi shaharlarda Xorazmshoh 
Sulton Muhammad siyosatidan xalqning noroziligi ifodalan-
gan qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tdi? 
31. G‘aznaviylar hukmronligi davrida viloyat va sha-
harlarda boshqaruv ishlari qaysi mansab vakillari tomonidan 
amalga oshirilgan?
32. Abu Rayhon Beruniy qaysi shaharda tahsil olgan? 
33. Anushteginiylar sulolasi vakili Otsiz hukmronligida Xo-
razmshoh dastlab qaysi qabilalarni Xorazmga bo‘ysundiradi? 
34. Temuriylar davrida askariy qismlarni viloyatlardan 
to‘plash bilan qaysi amaldor shug‘ullangan?
35. Chingizxon asosiy kuchni Xorazmshohlar davlatining 
markaziy qismi – Xorazmga tashlagunga qadar qayerlarni 
egallagan? 
36. X asrda qarluqlar Movarounnahrning shimoliy hudud-
larini egallagach, qaysi hududlarga kelib o‘rnashganlar?
5-TEST
1. Somoniylar sulolasining qaysi vakili Movarounnahrning 
barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib 
olish choralarini ko‘rgan? 
2. O‘rta Osiyoda mo‘g‘ullar hukmronligi davrida «Shulen» 
solig‘ining olinish tartibi qanaqa bo‘lgan? 
3. Temuriylar davrida xon va mahalliy hokimlarning barcha 
yozuv ishlarini olib boruvchi mansabdor qanday nomlangan?


229
4. Temuriylar davrida O‘rtayer dengizi qanday atalgan?
5. 1381-yil Amir Temurga jangsiz taslim bo‘lgan hududlar-
ni ayting.
6. 1238-yilda mo‘g‘ullarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan Mah-
mud Tarobiyning qarorgohi qaysi saroy bo‘lgan?
7. O‘z qarorgohini mo‘g‘ul hukmdorlari orasida birinchi 
bo‘lib Movarounnahrga ko‘chirgan hukmdorni ayting. 
8. O‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan Xulakiylar davlati qa-
chon, qayerda vujudga kelgan? 
9. Amir Temurning besh yillik urushlarni boshlashiga sa-
bab bo‘lgan qo‘zg‘olonlar qayerda bo‘lgan?
10. Qarluqlar davlatining shimol va sharqdan chegaralari-
ni so‘zlang.
11. Abbosiylar davrida Xuroson amirining xalifaga qarshi 
isyonida qatnashgan va keyinchalik o‘zi qo‘zg‘olon boshlig‘i 
bo‘lgan tarixiy shaxs kim?
12. Somoniylar saroyida «Amid ul-mulk» mansabining 
vazifasi bu ...
13. X asrning birinchi choragida O‘g‘uzlar davlatining 
bo‘linib ketishiga qanday sabab turtki bo‘lgan? 
14. Ilk o‘rta asrlarda Turk xoqonligining chorvador aholisi 
o‘rtasida keng tarqalgan dinni aniqlang.
15. O‘rta asrlarda qo‘lida lochin tutgan tojdor tasviri so‘qil-
gan tanga qaysi manzilgohdan topilgan?
16. «Eftal» degan nom arman manbalarida qanday shakl-
da uchraydi?
17. Somoniylarning davlat boshqaruvi asosan o‘nta devon 
orqali idora etilishi haqida qaysi tarixchi yozib qoldirgan?
18. Ma’lumotlarga qaraganda, VII–IX asrlarda O‘rta Osiyo 
va Xitoy o‘rtasidagi savdoda bitta ot Xitoy bozorida qancha 
ipak matoga ayirbosh qilingan?
19. Umaviylar sulolasi nechanchi yillarda hukmronlik qil-
gan?
20. Turk xoqonligi Sirdaryo va Orol dengizi bo‘ylarigacha 
cho‘zilgan o‘lkalarni egallagan yilni ayting.
21. Ilk o‘rta asrlarda Xorazmda shahar va qishloqlar qan-
day ko‘rinishda bo‘lgan?
22. Abu Nasr Farobiy umrining oxirlarida qayerlarda 
yashagan?


230
23. Qachon eftallar Kidariylar davlatini mag‘lub etib, 
Xurosonning talay qismini egallaganlar va sosoniylar bilan 
to‘qnashganlar?
24. G‘aznaviylar saroyida ijod qilgan allomalar kimlar edi?
25. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda musiqa san’ati ancha 
rivojlangan edi. Birgina Buxoro shahrining o‘zida usta hunar-
mandlar tomonidan nechta turdagi cholg‘u asboblari yasalgan?
26. Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va 
o‘rnini aniqlash, yangicha zij yaratish ishlariga kim rahbarlik 
qilgan?
27. O‘rta Osiyoda ilk madrasa qachon va qaysi shaharda 
bunyod etilgan?
28. Abu Ali ibn Sino ustozi Abu Abdullohdan qaysi ilmlar-
ni o‘rgangan?
29. Qaysi o‘rta asr davlati hududida Navkat degan shahar 
mavjud bo‘lgan?
30. Temuriylar davrida «Aflotuni zamon» deb nom olgan 
mutafakkir bu ...
31. Chingizxon qaysi elchilik orqali Xorazmshoh Sulton 
Muhammadni «G‘arbning sohibqironi», o‘zini esa «Sharqning 
podshosi» deb hisoblashini Xorazmshohga yetkazgan edi?
32. Amir Temur lashkarining «qo‘shun» deb atalgan har-
biy bo‘linmasi qancha askardan iborat bo‘lgan?
33. XIV asrning 50–60-yillarida Movarounnahr 10 dan 
ortiq mustaqil davlatlarga bo‘linib ketgan. Xususan, Balxda 
kim o‘zini «hokimi mutlaq» deb e’lon qilgan edi?
34. O‘rta asrlarda «Suriya» yana qanday nom bilan yuri-
tilgan?
35. Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida «targ‘u» solig‘i kimlar-
dan olingan?
36. Amir Temurning yetti yillik urushi qaysi hududlarga 
nisbatan amalga oshirildi?


231

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish