A) 1, 2, 5 B) 2, 4, 5, 6 C) 2, 3, 6 D) 1, 3, 4,5
23. Vilgelm Konrad Rentgen kimning elektromagnit
to‘lqinlari haqidagi nazariyasidan kelib chiqib har xil buyum:
narsalardan turlicha o‘tuvchi ko‘rinmas nurlarni kashf etdi?
A) Maksvell B) R. Verxov C)
I. Lyofler
D) K. Eber
24. 1878-yilda imzolangan «Berlin traktati»ga ko‘ra, Tur-
kiyaning Rossiyaga to‘lashi lozim bo‘lgan tovonning katta qis-
mi o‘rniga Rossiyaga qaysi hududlar berildi?
A) Qora dengizning shimoli va Kipr oroli
B) Bosniya va Gersegovinaning shimoliy hududlari
C) Kavkazning Botumi, Kars va Ardagan hududlari
D) Chernogoriya, Serbiya va Ruminiyaning bir qismi
25. Avstriya hukumati 1907-yilda saylov tizimi islohoti
haqida qonun qabul qildi. Unga ko‘ra …
A) mulk senzi biroz kamaytirildi
B) 25 yoshga to‘lgan barcha erkaklar saylash huquqiga ega
bo‘ldi
C) 24 yoshli erkaklar saylash va saylanish huquqiga ega
bo‘ldilar
D) 23 yoshga to‘lgan barcha fuqaro saylash huquqiga ega
bo‘ldi
26. AQSH prezidenti Vudro Vilson davrida o‘tkazilgan par-
lament islohotiga ko‘ra …
A) senatorlar saylovida shtatlarning faqat mulk senziga
ega bo‘lganlari ishtirok etishi, prezidentlik saylovida barcha
erkak fuqarolarning qatnashishi belgilandi
B) parlament deputatligiga saylanish uchun ma’lum
miqdorda belgilangan mol-mulk egasi bo‘lish man etildi
C) saylov yoshi 20, shtat senatorligiga saylanish 25, parla-
mentga saylanish 30 yosh etib belgilandi
D) oldin ayrim shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari
tomonidan saylanadigan senatorlar endi xalqning ovoz beri-
shi bilan saylanadigan bo‘ldi
198
27. 1914-yilning 1-oktabrida Rossiya – Ruminiya shat-
nomasi imzolandi. Shartnomaga ko‘ra ...
1) Rossiya Ruminiyaning hududiy yaxlitligini ta’minlay-
digan bo‘ldi; 2) Rossiya Ruminiya katta miqdorda qarz beradi-
gan bo‘ldi; 3) Rossiya Ruminiyani urushda harbiy qurollar
bilan qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ldi; 4) Ruminiyaning Avstri-
ya-Vengriya imperiyasidagi ruminlar yashaydigan hududlar-
ga bo‘lgan huquqi tan olindi
A) 1, 3, 4 B) 1, 4 C) 2, 4 D) 2, 3
28. XIX asr oxiri XX asr boshida quyidagi qaysi yozuvchi
o‘z asarida «oq tanli kishi» boshqalardan ustun bo‘lib, «rang-
dor» xalqlar orasiga madaniyat olib kirishga tayyor turadi,
degan aqidani ilgari surgan?
A) G. Bicher-Stou
B) R. Kipling
C) Z. Freyd
D) Bernard Shou
29. 1905-yilning 23-avgustida imzolangan Rossiya – Ya-
poniya shartnomasiga ko‘ra ...
1) Rossiya Koreyani Yaponiya ta’sir doirasi deb tan oldi;
2) Yaponiya Port-Arturga to‘liq ega bo‘ldi; 3) Yaponiya Port
Arturni ijaraga olish huquqiga ega bo‘ldi; 4) Saxalin orolining
janubiy qismi Yaponiyaga berildi; 5) Rossiya Kuril orollari-
dan voz kechadigan bo‘ldi; 6) Rossiya yaponiyaga 410 mln.
rubl tovon to‘laydigan bo‘ldi
A) 1, 3, 4 B) 2, 4, 6 C) 1, 2, 5, 6 D) 2, 5
30. XIX asrning oxiri XX asr boshlarida qaysi hol Italiya-
ning qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarini yomonlashtirdi?
A) mustamlaka hududlarning kengaytirilishi
B) bojxona to‘lovlarining oshirib yuborilishi
C) irredentizm tarafdorlari ta’sirining kuchayishi
D) mamlakatda chet el fuqarolariga qarshi terrorning
kuchayishi
31. XIX asr oxirida Efiopiya va Sudan mahdiylari davlatlari
o‘rtasidagi kurash qaysi hukmdorlar davriga to‘g‘ri keladi?
A) Menelik va Muhammad Ahmad
B) Menelik va Jamoliddin Muhammad
C) Solomon va Muhammad Ali
D) Yo‘xonni va Abdulloh
199
32. Eronda ingliz monopolisti Reyter «Shohanshohbank»
ochishga erishgan yili ...
A) AQSH davlat kotibi Xeyning «Ochiq eshiklar va teng im-
konyatlar» siyosati e’lon qilindi
B) Avstriya-Vengriya imperiyasida Gabsburglar sulolasi
hokimiyatga keldi
C) Xitoyda Ixetuan qo‘zg‘oloni boshlandi
D) AQSH Davlat departamenti tashabbusi bilan Vashing-
tonda birinchi Panamerika konferensiyasi chaqirildi
33. G‘arbiy Sudan, Senegal va Nil daryosi havzasi XIX asr
oxiri XX asr boshlarida asosan qaysi davlatlarning raqobat
maydoniga aylandi?
A) Gollandiya, Belgiya va Portugaliya
B) Fransiya, Gollandiya va Buyuk Britaniya
C) Germaniya, Belgiya va Fransiya
D) Ispaniya, Italiya va Buyuk Britaniya
34. Jyul Vern asarlari keltirilgan qatorni toping.
A) «Yer markaziga sayohat», «Kapitan Grant bolalari»,
«Havo sharida besh hafta», «O‘n besh yoshli kapitan»
B) «Yigirma yil ichida», «O‘n besh yoshli kapitan», «Hayot-
ga muhabbat», «Kapitan Grant bolalari»
C) «Rugon-Makkarlar», «Qurol va inson», «Yer markaziga
sayohat», «To‘qson uchinchi yil»
D) «Olovli ustun», «O‘n besh yoshli kapitan», «Rugon-Mak-
karlar», «Havo sharida besh hafta»
35. Nima uchun Birinchi jahon urushida Verden jangi
«Verden qirg‘ini» nomi bilan kirgan?
A) jangda fransuz jangchilari halok bo‘lganlarning
ko‘pchiligini tashkil etganligi uchun
B) misli ko‘rilmagan qirg‘inbarot janglar bo‘lganligi uchun
C) jangda insoniyat tarixida uchramagan miqdorda ko‘p
odam halok bo‘lganligi uchun
D) Birinchi jahon urushida halok bo‘lgan askarlarning
teng yarmi shu jangda yo‘qotilganligi uchun
36. Inqilobchi demokrat Sun Yat Sen «Xitoy uyushmalari
ittifoqi» degan siyosiy tashkilot tuzgan yilni aniqlang.
A) 1905-yil B) 1909-yil C) 1911-yil D) 1899-yil
200
Do'stlaringiz bilan baham: |