9-sinflar uchun adabiyot fanidan test savollari (II chorak)
1.1711-yilda Balx hokimi Muhammad Qatag’on tomonidan qatl etilgan shoir kim edi?
A)Huvaydo B) Mashrab C) Munis D) Uvaysiy
2. Qaysi shoirimizning qismati hukmdorlar tomonidan osib o’ldirilgan Mansur Xalloj qismatiga o’xshaydi?
A) Ogahiy B) Munis C) Furqat D) Mashrab
3. “Agar oshiqligim aytsam, kuyb jonu jahon o’rtar” – misrasi bilan boshlanuvchi mashhur g’azlni Mashrab kimning huzurida aytgan?
A) Imomi A’zam B)Hazrati Ofoq xo’ja C) Mulla Bozor xo’ja D)Muhhammad Qatag’on.
4. “Qissayi Mashrab”ga ko’ra, qaysi hukmdorning o’zi ham Mashrab o’limidan so’ng uch kun o’tgach, halokatli o’lim topishi bashorat qilingan?
A) Oqbotabiy B) Subhonquluxon C) Mahmud Qatag’on D) Mavlaviyi Sharif
5. Mashrab Buxoroda kimdan “Mushkoti Sharif” tahsilini olgan va kimning huzurida bo’lib, karomatlari bilan uni lol qoldirgan ?
A) Oqbo’tabiydan, Abdullaxonni B) Ofoq xo’jadan, Ubaydullaxonni
C) So’fi Oloyordan, Ubaydullaxonni D) Mavlaviyi Sharifdan, Abdullaxonni
6. “Choy” radifli g’azalning muallifini ko’rsating?
A Nodira B) Uvaysiy C) Munis D) Ogahiy
7. “Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustuna,
Qatlim uchum “nas” keltirur, chun etibon “sod” ustuna ”- matla’li mashhur g’azalning muallifi kim ?
A) Alisher Navoiy B) Munis C) Ogahiy D) Nodira
8. Ogahning “Bo’lmasa bo’lmasun, netay ” radifli g’azali –
A) Yassaviy g’azaliga muxammas B) Bobur g’azaliga nazira
C) Mashrab g’azaliga o’xshatmoq D) Navoiy g’azaliga nazira.
9.Ogahiyning “Ta’viz ul-oshiqin ” devonida nechta janrdagi asarlar mavjud?
A) 47 ta B) 10 ta C) 19 ta D)12 ta
10.Ogahiy talqinicha, barkamol hukmdor quyidagi fazilatlarini qaysi biriga ega bo’lishi kerak ?
A) himmat, shijoat, adolat, g’ayrat, sipoh ko’nglini olmoq
B) saxovat, iffat, hayo, hilm
C) futuvvat ,sof niyat muruvvat ,hamiyat ,shariat hukmiga rivoj bermoq
D) yuqoridagi barcha fikrlarga ega bo’lmoq
11.Furqat chet ellarda yurgan paytlarda qaysi gazeta bilan doimiy aloqada bo’lgan?
A) “Sadoiy Turkiston ” B) “Turkiston viloyatining gazetasida ”
C) “Ishtirokiyun ” D) “Oina ”
12. Furqatning qaysi g’azali Fuzuliy g’azaliga tazmin hisoblanadi?
A) “Kashmirda” B) “Fasli navbahor oldi ” C) “Kelinchak ” D) “Bormasmiz”
13. Furqatning ikkinchi taxallusi nima va bu taxallusni unga kim taklif etgan?
A) Furqatiy – Xo’qandiy, Sattorxon B) Furqatiy-Tabibiy, In’omxo’ja
C) Umidiy, Muhammad Sharif D) Farhat, Sharif xo’ja
14. Furqatning Istambulda yozib yuborgan asari qanday nomlanadi va u qanday shaklda bitilgan?
A) “Sabog’a xitob”, masnaviy B) “Adashganman ”, g’azal
C) “Sayding qo’ya ber, sayyod”, musaddas D) “Bir qamar siymoni ko’rdim…”,g’azal
15. Furqat qaysi g’azalida Navoiy asaridan (Shirinning Farhodga maktubidan) tazmin-iq’tibos olgan?
A) “Adashganman” B) “Sabova Xitob” C) “Furqatnoma” D) “Ilm xosiyati”
16. Boborahim Mashrab hayoti va ijodi tasavvufning qaysi turiga mansub?
17. “Namangan shahridin do’stlar,mening yoronlarim keldi,
Otam birla onamni biguvchi mehmonlarim keldi” matla’li g’azal kimning qalamiga mansub?
18. “Shoh Mashrab”qissasida mashrabning ikkinchi,uchinchi taxalluslari nima deb yuritilgan?
19. “Choy” radifli g’azalning maullifi kim?
20. Qaysi shoirimizning qismati hukmdorlar tomonidan osib o’ldirilgan Mansur Xalloj qismatiga o’xshaydi?
21. “Mabdai nur”, “Kimyo”asarlarining muallifi kim?
22. Muhammad Rizo Ogahiy merosini atroflicha o’rgangan olimlarimiz nomini yozing
23.Ogahiy tavalludining 190 yilligi qachon nishonlangan.
24.”Ta’viz ul-oshiqin” nomli devon kimning qalamiga mansub?
25. Tashxis san’ati haqida qisqacha ma’lumot bering
Do'stlaringiz bilan baham: |