T oshkent viloyati Angren shahar
XTMFMT va TEBga qarashli
8-umumiy o`rta ta`lim maktabi
ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Kuldasheva Surayyoning
adabiyot fanidan bir soatlik
ochiq dars ishlanmasi.
Mavzu:”Uvaysiy g`azallari tahlili”
Mavzu:7-sinfda “Uvaysiy g`azallari tahlili”
Dars vaqti 45 daqiqa
|
O`quvchialar soni 33 nafar
|
Dars mavzusi
|
“Uvaysiy g`azallari tahlili”
|
Dars shakli
|
Aralash, ma`ruza, suhbat
|
Dars rejasi
|
1.Uvaysiy g`azallaridan na`munalar.
2. ”Sog`indim” g`azalida farzandga muhabbat fazilatlari
3.Chiston janrining o`ziga xosligi
|
R a s m
Mavzu: ”Uvaysiy g`azallari tahlili”
Darsning maqsadi:
ta`limiy maqsad: Uvaysiy g`azallari mazmunini ochib berish. G`azallar orqali bilim va malakalarini hosil qilish va mustahkamlash.
tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarni milliy qadryatlarga, ota-onaga hurmat, yaqinlarga muhabbat ruhida tarbiyalash.
rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni ifodali o`qish, og`zaki nutqlarini rivojlantirish,
o`quvchilar xotirasini mustahkamlash, erkin va ma`noli mulohaza yuritishga o`rgatish.
Dars turi: yangi bilim berish
Dars metodi: aqliy hujum, “Klaster” usuli, ”Sinkveyn” usuli.
Dars jihozi: kompyuter, videoproyektor, Uvaysiy rasmi, darslik, tarqatmalar.
Dars shiori: ”Adabiyot – so`z san`ati”
Dars bosqichlari yuzasidan vaqt taqsimoti.
T/r
|
Dars bosqichlari
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
2
|
Tarbiyaviy daqiqa
|
4 daqiqa
|
3
|
O`tilgan mavzuni so`rash va takrorlash
|
8 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzu bayoni
|
20 daqiqa
|
5
|
O`rganilgan mavzuni mustahkamlash “Bahs-munozara”
|
8 daqiqa
|
6
|
Uy vazifa va baholash
|
3 daqiqa
|
Darsni tashkil etish.
1. Salomlashish
2. Davomatni aniqlash
3. Guruhlarga bo`lish
1-”Bilimdonlar”
2-”Zukkolar”
4.Tarbiyaviy daqiqa
Tarbiyaviy daqiqa
Guruhlarga savollar beriladi. Fevral oyida qanday shoirlarning tavallud kunlari nishonlanadi?
1-guruh: 9-fevral kuni A.Navoiyning 575-yilligini nishonlaymiz. A.Navoiy 1441-yil 9- fevral kuni
Hirotda dunyoga kelgan.
2-guruh: 14-fevral kuni Z.M.Boburning 533-yilligini nishonlaymiz. Z.M.Bobur 1483-yil 14-fevral kuni Farg`ona viloyatining poytaxti Andijonda dunyoga keladi.
2.A.Navoiy va Z.M.Bobur haqidagi she`rlardan bilasizmi?
1-guruh:
So`z mulkining sohibqironi
Siz millat ramzisiz, millat faxrisiz
Sizdek shamsul millat, zebu jahon yo`q
Siz bilan toabad baland qadrimiz,
Tangri nazar solgan sizdek kamron yo`q
2-guruh:
Bobur monologi
Hindu elda yurt sog`ingan ko`zim yig`lar
Andijonim deya bunda so`zim yig`lar
Shohman bunda lek uzatsam yetmas qo`lim,
Nahot endi ko`rolmasman turkiy elim.
Qovunlari tushlarimda tilim-tilim
Sharbatlari ko`zdan o`qib ko`zim yig`lar,
O`lgunimcha Hindistonda Bobur Mirzo,
Yursam edi Andijonda bo`lib gado
Guruh a`zolari she`r aytib bo`lganicha ”Klaster” usulida ishlashadi.
1 -guruh
2-guruh:
O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
Guruhlarga savollar beriladi.
1-guruh savollari:
1.Uvaysiy qayerda tug`ilgan? (Marg`ilonning Childuxtaron mahallasida)
2.Uvaysiyning otasi kim bo`lgan?
(Otasi Sidiq kosiblik bilan shug`ullangan. El orasida ”Hofiz bobo” nomi bilan tanilgan bo`lib, o`zbekcha va tojikcha she`rlar yozgan)
3.Uvaysiyning onasi haqida ayting.
(Chinnibibi maktabdor otin bo`lgan)
4.Jahon otin necha yoshida turmushga chiqadi? (17 yoshida marg`ilonlik Hojixon ismlik kishiga)
1.Uvaysiy farzandlarini ayting (Muhammadxon va Quyoshxon)
2.O`g`li Muhammadxon qanday taxallus bilan she`rlar yozgan? (Majnun taxallusi bilan she`rlar bitgan)
3.Qizi Quyoshxon qnday taxallusda she`rlar yozgan?
(Xokiy taxallusida she`rlar yozgan)
4.Uvaysiyning nabirasi Quyoshxonning qizi Bibi Hadicha qanday taxallusda ijod qilgan? (Azmiy taxallusi bilan ijod qilgan)
III. Yangi Mavzu:
Mavzu daftarga yozdiriladi.
“Uvaysiyman” g`azali o`qituvchi tomonidan yoddan aytiladi.
Mehnat-u alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
Qayda dard edi bo`lsa, oshno Uvaysiyman.
Istadim bu olamni, topmadim vafo ahlim,
Barchadin yumib ko`zni muddao Uvaysiyman.
Uz diling taalluqdin, band qil Xudo sori,
To degil kech-kunduz: “Mosivo Uvaysiyman!”
Kechalar fig`onimdin tinmadi kavokiblar,
Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman.
To ko`rib xarobotin ta`na etma, ey zohid
Bir nafas emas xoli iqtido Uvaysiyman.
Faqr borgohida qo`ysa gar qadam har kim
Bosh agar kerak bo`lsa, jon fido Uvaysiyman
Vaysiy beriyozat deb sahl tutma, ey orif,
Ishq aro nohon dardi bedavo Uvaysiyman.
Bugun biz Uvaysiy g`azallarini tahlil qilamiz. Shoira gazal, murabba, muhammas, musaddas, chiston va doston janrida ijod qilgan.
“Uvaysiyman” radifli g`azalidagi Uvaysiyman radifi ikki ma`noni anglatadi. Shorning taxallusi va tasavvufidagi uvaysiylik yo`lidagi so`fiy ma`nosida kelgan. Jahon otin o`tmishda Uvays Qaraniy ismli o`tgan valiy zotga alohida ikrom va e`zoz bilan mehr qo`ygan. Dilim dunyo aloqasidan uzilgan Uvaysiyman. Dunyodan uzib dilni Xudo sari boylagin deydi. Xudoni, iymon va vijdonni unitmaslik kerakligini uqtiradi. Chunki Ilohiy ishqda o`rtanayotgan oshiqning kechinmalari yer-u ko`kni larzaga soladi.
Guruhlar fikrlarini tinglash.
“Sog`indim” g`azalni ifodali o`qitish
Sog`indim
Bukun, ey do`stlar, farzandi jonimni sog`indim,
Gado bo`lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog`indim.
Musofirman, g`aribman, bekas-u ham benavodurman,
Vujudim dardga to`ldi, emdi darmonimni sog`indim
Tilimning zikr-yu, ko`nglimni fikri, yaxshi farzandim,
Azizm, yolg`izim, davlatli sultonimni sog`indim.
Kech-kunduz yo`lig`a muntazirdurman, tikarman ko`z,
Kelib holim so`ribman ketsa, mehmonimni sog`indim.
Nasibin uzmadi tangri, ilojim topmag`ay kelsa,
Onam deb bo`lg`usi bag`ri qizil qonimni sog`indim.
Qorong`u bo`ldi olam ko`zima ushbu judolikdin,
Ko`z-u ko`nglum ziyosi mohi tobonimni sog`indim.
Mani bekasi Uvaysiy, yig`layman ro`z – shab tinmay
Uyimning ziynati, ko`z ravshani, xonimni sog`indim.
“Sog`indim” she`ri shoiraning tarjimayi holi bilan bog`liq. Amir Umarxon vafotidan keyin Qo`qon taxtiga o`g`li Muhammad Alixon o`tiradi. Uvaysiyning o`g`lini sarbozlikka oladi. Qashqar urishiga jo`natilgan o`g`li Muhammadxonni sog`inib, o`rtanib “Sog`indim” gazalini yozadi.
G`azaldagi “Gado”, “Shohi davron” so`zlari orqali biz shoiraning intizorlik tuyg`ularini xis qilamiz.
Vujudim, dardga to`ldi,
emdi darmonimni sog`indim
misralarida farzandini sog`inib, iztirob chekayotgan ayol tuyg`ulari aks ettirilgan.
Dard-sog`inch, darmon-diydor ma`nosida kelgan.
Tilimning zikri-yu, ko`nglimni fikri, yaxshi farzandim,
Azizim, yolg`izim, davlati sultonimni sog`indim
Bu misralarda onaning farzand dog`ida azoblanishi aks ettirilgan. Shoira oddiygina – askar o`g`lini ”davlati sultonim” deb ataydi. Albatta, har bir ona uchun farzand, sulton kabidir. Uvaysiy ham o`g`lini o`z davlati, oilasining sultoni deb biladi.
“Onam deb bo`lgusi bag`ri qizil qonimni sog`indim”
misralari orqali esa farzandining ham ko`ksi qonga to`lib, uni ham onasiga bo`lgan sog`inch qiynayotgani aks ettirilgan.
Uvaysiy g`azal yozish bilan birga “Chiston” janrida ham ijod qilgan. O`zbek adabiyotida ilk chitonni A.Navoiy yaratgan Fors-tojik adabiyotida Chiston lug`z deb atalgan. Chist(nima?) on(u)
Chistonlar
Ul na gumbazdir, eshigi, tuynugidin yo`q nishon,
Necha gulgunpo`sh qizlar manzil aylabdur makon
Sindurub gumbazni, qizlar holidin olsam xabar,
Yuzlarig`a parda tortig`liq turarlar bag`ri qon.
(Anor)
Ul nadurkum, sabzto`nlik, yoz yog`ochning boshida
Qish yalang`och aylagay barcha xaloyiq qoshida
Barcha qushlarning so`ngoki ichida
Ul na qushdurkim, so`ngoki toshida
(Yong`oq)
Ikki mahbubni ko`rdum, bir-birisin ko`rmagan
Ikkisining o`rtasiga, do`stlar, qil sig`magan
(Kun va tun)
IVMustahkamlash:
”Sinkveyn” usuli
1-guruh:
”Uvaysiyman” g`azali
G`azal ikki ma`no beradi. Taxallusi va Uvays Qaraniyga mehr qo`ygan. Ollohga dilini boylaydi. Iymon va vijdonni unitmaslik. Dili dunyodan uzilib, Xudo tomon boylanganligi.
2-guruh:
“Sog`indim” g`azali
O`g`li Muhammadxonga atalgan. Farzand sog`inchi. Judolik va iztirob haqida. Onaning farzandiga muhabbati so`zini sho`rpeshana, baxtsiz deb biladi. O`g`lini sultonga tenglashtiradi.
Guruhlar rag`batlantiriladi.
“Klaster” usuli.
1-guruh:
Guruhlar rag`batlantiriladi.
”Aqliy hujum” usuli
1-guruh:
Shoira qaysi janrda ijod qilgan?
(g`azal, murabba, muxammas, musaddas, chiston va doston )
2-guruh:
Uvaysiy she`rlarining nomlarini ayting (”Uvaysiyman”, ”Dog` oldi, dog` o`ldi”, ”Sog`indim”)
1-guruh:
Shoiraning “Sog`indim” g`azalida nima aks ettirilgan?
(Farzand sog`inchi)
2-guruh:
“Uvaysiyman” radifli g`azalida radif nechta ma`noda kelgan (ikkita)
1-guruh:
Mumtoz adabiyotdagi she`riy topishmoq nima? (Chiston)
2-guruh:
Chiston hajmi qancha bo`ladi?
(Hajmi cheklanmagan)
1-guruh:
“Uyimizning ziynati, ko`z ravshan”
misrasi orqali nima aks ettirilgan? (Kecha – yu kunduz o`g`lini nomini takrorlab, uni o`ylashi aks ettirilgan)
2-guruh:
Masuvo Uvaysiyman so`zining ma`nosi nima?
(Dunyodan uzilgan Uvaysiyman)
1-guruh:
Kavokib so`zining ma`nosi nima? (Yulduzlar)
2-guruh:
Beriyozat so`zining ma`nosi nima?
(Mashaqatsiz, azobsiz, qiynoqsiz)
1-guruh:
Benavo so`zining ma`nosi nima?
(sho`rpeshana, baxtsiz )
2- guruh:
Ro`z-shab so`zining ma`nosi nima?
(Kun –tun, erta - kech)
V.Baholash va rag`batlantirish: Eng ko`p rag`bat kartochka olgan guruh g`olib deb e`lon qilinadi. O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra rag`batlantirilib, baholanadi.
VI. Uyga vazifa: Uvaysiy –g`azallarini yod olish
Do'stlaringiz bilan baham: |