3.8-rasm. Uzlukli choklar:
a – zanjir chok; b – shaxmatsimon chok.
List detallarni ustma-ust qilib ba’zan, yuqorigi listda parma langan teshiklar bo‘yicha alohida nurlar bilan yoki yuqorigi listni parron eritib payvandlanadi. Bu choklar nuqta choklar yoki elektr-parchin choklar deb ataladi.
Payvand birikmani ishlatishda unga ta’sir etuvchi kuchlar- ning yo‘nalishi bo‘yicha choklarni yon tomongi choklarga, pesh choklarga (yo‘nalishga perpendikular choklarga), qiyshiq choklar ga (yo‘nalishga burchak ostida joylashgan choklarga) va kombi natsiyalashtirilgan choklarga bo‘linadi (3.9-rasm).
3.9-rasm. N yuklamaga nisbatan payvand choklarning turlari:
1 – yon tomongi; 2 – pesh chok; 3 – qiyshiq chok; 4 – kombinatsiyalangan chok.
Payvandlashda fazodagi vaziyatga qarab pastki, yarim verti kal, vertikal, yarim ship, ship choklarga, shuningdek, vertikal tekislikdagi gorizontal choklarga va «qayiqcha» (â ëîäî÷êó) deb ataladigan burchak choklarga bo‘linadi (3.10-rasm). Ular bir-biri dan payvandlanadigan detal sirtining joylashish burchagi bilan farq qiladi.
shipli
pastki
3.10-rasm. Payvand choklarini fazoda joylashuvining belgilanishi.
Bajarish uchun eng qiyin ship chokdir, chok pastki vaziyatda eng yaxshi shakllanadi. Ship, vertikal va gorizontal choklarni, odatda, yirik gabaritli konstruksiyalarni tayyorlashda va, ayniqsa, montaj qilishda bajarishga to‘g‘ri keladi. Tavrsimon, ustma-ust va burchakli birikmalarning burchak choklarini payvandlashda chok
«qayiqcha» usulida payvandlash yo‘li bilan yaxshi shakllanadi.
Payvand birikmalar va payvand choklarning chizmalarda belgilanishi
Payvand birikmalar va choklarning turi, ularning o‘lchamlari va chizmada belgilanishi davlat standartlari bilan belgilab qo‘yilgan.
Chizmalarning rejalarida va yon tomondan ko‘rinishlarida ko‘rinadigan chokning joyi tutash chiziq bilan, ko‘rinmaydigan chokni punktir chiziq bilan belgilanadi. Ko‘ndalang kesimlarda chokning chegaralari tutash yo‘g‘on chiziqlar bilan, payvandlana- digan detallarning qirralari esa ingichka tutash chiziqlar bilan ko‘rsatiladi. Chokni uning tasvirida strelkasi bir tomonlama og‘ma chiziq bilan va ikkinchi uchida chokning shartli belgisini yozish uchun tokcha (polka) bilan belgilanadi.
3.11-rasmda kvadrat ichidagi raqamlar bilan belgilangan ma’lumotlar quyidagi elementlardan iborat: 1 – berk kontur bo‘yicha bajarilgan chokning shartli belgisi; 2 – payvandlashning ayni usulida chokning belgilangan standart belgisi; 3 – chokning harfiy-raqamli belgisi; 4 – payvandlash usulining shartli belgisi;
5 – burchak chokning kateti (katetning belgisi va o‘lchami, mm); 6 – uzlukli chok uchun payvandlanadigan uchastkaning
uzunligi va chokning zanjirli yoki shaxmatsimon ekanligini bildiruvchi belgi; 7 – yordamchi belgilar (3.1-jadval). Belgilash elementlari bir-biridan defis bilan ajratiladi (yordamchi belgi lardan tashqari).
3.11-rasm. Chizmalarda payvand chokni belgilash:
a – payvand chokning bosh ko‘rinishi; b – rejada ko‘rinishi; 1 va 2 ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan choklar; 3 – bir tomonlama ko‘rsat kich; 4 – tokcha; 5 va 6 – ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan choklarni belgilash; kvadratlar ichidagi raqamlar bilan quyidagilar belgilangan: 1
– chokning shartli belgisi; 2 – ayni chokni payvandlash usuli belgilangan standartning belgisi; 3 – chokning harfiyraqamli belgisi; 4 – payvand lash usulining shartli belgisi; 5 – burchakli chokning kateti; 6 – uzlukli chok uchun payvandlanadigan uchastkaning uzunligi va zanjirli yoki shaxmatsimon chok ekanligini bildiruvchi belgi; 7 – yordamchi belgilar.
Chokning harfiy-raqamli belgisi birikma turini va uning stan dart bo‘yicha tartib nomerini bildiradi. Masalan, C8 – uch ma-uch, Ó4 – burchakli, T1 – tavrsimon, Í2 – ustma-ust birik malarining choklari.
Agar buyumda payvandlashning bir nechta usullari qo‘llansa, payvandlash belgisining harfiy belgilari quyidagilarni bildiradi: Ô – flus ostida yoy bilan payvandlash, Ó – karbonat angidrid muhitida payvandlash, È – inert gaz muhitida payvandlash, Ø
– elektr-shlak usulida payvandlash, K – kontaktli payvandlash.
Payvandlash jarayonining mexanizatsiyalashtirilish darajasi pay vandlash usulining belgisi harflar bilan ko‘rsatiladi: Ð – ko‘lda payvandlash, A – avtomatlashtirilgan payvandlash, Ï – mexa- nizatsiyalashtirilgan payvandlash (yarim avtomatik payvand lash). Shuningdek, payvandlashda qo‘llaniladigan texnologik priyomlarning shartli belgilari ham mavjud. Masalan, flus os tida avtomatik payvandlash uchun A indeksi payvandlashning muallaq olib borilishini, Aô – flus yostiqchasida olib borilishini, Añ – po‘lat ostquymada olib borilishini, Aïø – payvand chok bo‘yicha olib borilishini, Aì – flus-mis ostquymasida olib bori lishini bildiradi.
3.1jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |