F.N. Hikmatullayev – DAJ TAPOiCh o‘quv mashg‘ulot markaz direktori, Sh.A. Karimov – TDTU «Metallar texnologiyasi va materialhunoslik» kafedrasi mudiri, dots., t.f.n.
ISBN 978–9943–391–52–9
© O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2012.
© O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2013.
© O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2014.
© O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2017.
KIRISH
Eramizdan 8–7 ming yil oldin eng sodda payvandlash usul lari mavjud edi. Asosan mis buyumlar payvandlanar edi, uni oldindan qizdirib so‘ng bosim bilan payvandlanar edi. Mis, bron za, qo‘rg‘oshin xususiyatli metallardan buyumlar tayyorlashda, o‘ziga xos quyma payvand bilan bajarilar edi. Birikadigan detallar qoliplanib, qizdirilar edi va tutashadigan joyiga oldindan tayyor langan erigan metall quyilar edi. Temir va uning qotishmalaridan buyumlarni tayyorlashda temirchilik o‘chog‘ida «payvand tobi» darajasigacha qizdirib so‘ng toblash natijasida buyumlar tayyor lanar edi. Bu usul temirchilik o‘chog‘ida payvandlash deb nom olgan edi. Payvandlash usullari juda sekin rivojlangan, shuning uchun ko‘pincha payvandlashning jihozlari, qurilmalari va texnik usullari o‘zgarishi yuz yillar davomida sezilarli darajada o‘zgar magan.
Texnika sohasida keskin o‘zgarishlar XIX asr oxiri XX asr boshlarida sezila boshladi. 1802-yilda rus olimi akademik
V.V. Petrov birinchi bo‘lib yoy zaryadsizlanishini tadqiqot qildi va ochdi. 1803-yilda u «Galvanik-voltli tajribalar haqida yangi liklar» kitobida, yoyli zaryadsizlanish yordamida metall erishini bayon qilgan. Yoyli zaryadsizlanish yuqori darajali issiqlik man bayi va yuqori darajada yorituvchanligi bilan amaliy qo‘llanishga tez kiritilmadi, chunki, yoy ta’minlanishi uchun zarur bo‘lgan tok kuchlanishini yetkazib beruvchi manba yo‘q edi. Bunday man balar faqatgina XIX asr oxirida paydo bo‘ldi. Yoy zaryadsizlanish ochilishi davrida elektrotexnika endigina tashkil etilayotgan edi, elektrotexnika sanoati yo‘q edi. 1821-yilda ingliz yetakchi fizigi
M. Faradey elektromagnetizmni eksperimental tadqiqot qilishida elektromagnit induksiyani ochdi va shu orqali elektryurituvchi va elektr generatorning qurilmalar prinsipini ishlab chiqdi.
Ingliz fizigi D. Maksvell matematik hisoblashlar bilan jara- yonda hosil bo‘ladigan elektromagnit maydon xususiyatlariga tad qiqotlar natijasida tenglama ishlab chiqdi.
1870-yilda fransuz olimi Z.T. Gramm mexanik elektromag nit mashina uchun uzukli langar ishlab chiqdi, bu elektr gene- rator vazifasini bajarishi mumkin, uning ishi mexanik energi yani elektr energiyaga aylantirib beradi. 1882-yilda rus injeneri
N.N. Benardos erimaydigan ko‘mir elektrod bilan elektryoyli payvandlash usulini ixtiro qildi. O‘zining ixtirosiga N.N. Benar
dos «Elektrogefest» nomini berdi. 1986-yilda u «Elektr tok ta’siri yordamida metallarni biriktirish va ajratish usullari» ga rus pa- tentini oldi. N.N. Benardos yoyli payvandlash texnologiyasini va payvand birikmalar turlarini ixtiro qildi (uchma-uch, ustma-ust va b.), bular hozirgi kunda ham ishlatilmoqda; qalin metallarni payvandlaganda u payvand birikmani yonboshlab joylashtirish usulini qo‘llagan. Yupqa tunuka listlarni payvandlashda, payvand birikmani tayyorlash list chekkasi bortini chiqarib payvandlashga tayyorlangan. Payvandlash sifatini oshirish uchun ular flus ish latishar edi: po‘latlarni payvandlashda – kvarsli qum, marmar; misni payvandlashda – bura va nashatir.
1888–1890-yillarda rus injeneri N.G. Slavyanov eriydigan ele ktrod metall bilan yoyli payvandlashni taklif etdi. XX asr bosh laridan beri yoyli elektr payvandlash metallarni biriktirishda ye takchi sanoat usuli bo‘lib kelmoqda.
Fransuz olimi Anri Lui Le Shatele gaz aralashmalari yonish ini tadqiqot qilish natijasida gaz yordamida payvandlashni ishlab chiqdi. 1895-yilda u fransuz fanlar akademiyasiga atsetilen va kis lorod aralashmasi yordamida yuqori haroratli alanga hosil qilish haqida hisobot berdi. XX asr boshlarida birinchi marta yonuvchi gazlarni kislorod aralashmasida payvandlash uchun qo‘llab ko‘ril di. Birinchi atsetilen-kislorod gorelkasi konstruksiyasini Edmon Fushe ishlab chiqdi, unga Germaniyada 1903-yilda patent oldi. 1904-yilda Fransiyada kesish uchun atsetilen-kislorod gorelkasi ni qo‘llashni sinab ko‘rishdi. Birinchi bo‘lib gaz yordamida pay vandlash 1906-yilda Moskva texnik uchilishesida amalga oshiril di. 1911-yildan boshlab Rossiyada avtogen ishi rivojlanish pioneri bo‘lib Peterburgdagi «Perun» zavodi hisoblanadi, bu zavodda gaz payvandlash va kesish uchun apparatura tayyorlanadi va birinchi gaz payvandchilar o‘qitilar edi. Elektr yoy yordamida payvand lash, mexanizatsiyasi, avtomatizatsiyasi jarayonlari sohasida aso- siy xizmatlar ukrainalik olim akademik Y.O. Patonga tegishli. Ikkinchi jahon urushi davrida flus ostida avtomatik payvandlash mudofaa zavodlarida tank va artilleriya qurollarini ishlab chiqish da katta ahamiyatga ega edi.
Sanoatning jadal rivojlanishi va texnikaning hamma sohalari- dagi metallarni payvandlashda: termit aralashmalar, elektron nur, lazer, yuqori haroratli plazma, ultratovush va boshqa yangi effek- tiv payvandlash usullari qo‘llaniladi.
BOB. ERITIB PAYVANDLASH USULLARI TASNIFI VA MOHIYATI
Eritib payvandlash mohiyati
Payvandlash – metallar, qotishmalar va turli materiallarni plastik deformatsiyalash yoki birikilayotgan qismlar orasini qizdi rish bilan atomlararo birikish natijasida ajralmas birikma hosil qiluvchi texnologik jarayondir.
Atomlararo kuchlar ta’siri oqibatida birikmalar hosil qilish ja rayoniga materiallarni payvandlash deyiladi. Ma’lum bo‘lishicha detal metalining yuzadagi atomlari, erkin, to‘yinmagan aloqalari mavjud, bular atomlararo kuch ta’siri masofasida bo‘lgan har xil atom va molekulalarni o‘z ichiga oladi. Agar ikki metall detal ni atomlararo kuch ta’siri masofasigacha yaqinlashtirsak, ya’ni metall ichida qanday masofada bo‘lsa shungacha, unda tutash gan yuzalarning bir butun ulanishini ko‘ramiz. Birikish jarayoni energiya xarjisiz va tez ixtiyoriy, amaliy, oniy kechadi.
Ayrim metallar xona haroratida nafaqat oddiy tutashishda, balki kuchli qisishda ham birikmaydi. Qattiq metallarning biriki- shiga uning qattiqligi xalaqit beradi, tutashish qismiga qanchalik ishlov berilsa ham ularni tutashtirishda ko‘p joylari tutashmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |