Yoy zaryadsizlanishida kechadigan hodisalar. Turli materiallar elektr tokini turlicha o‘tkazadi. Har qanday materialning o‘tkazu vchanligi undagi erkin, elektr bilan zaryadlangan zarralar – elek- tronlar va ionlarning miqdoriga va bu elektr zaryadi tashuvchi larning qanday tezlik bilan harakatlanishiga bog‘liq. Binobarin, materialda zaryad tashuvchilar qancha ko‘p bo‘lsa va ular qan- chalik harakatchan bo‘lsa, materialning qarshiligi shuncha kam bo‘ladi. Gazlar (shu jumladan, havo) ham normal sharoitlarda elektr tokini o‘tkazmaydi. Bunga sabab shuki, odatdagi sharoit larda ular zaryad tashimaydigan neytral molekula va atomlardan iborat bo‘ladi. Ularning tarkibida elektronlar, musbat va manfiy ionlar bo‘lgandagina ular elektr o‘tkazuvchan bo‘ladi.
Gazlarda elektronlar, musbat va manfiy ionlar ularga elektr maydoni, issiqlik ta’sir qilganida, gaz orqali ultrabinafsha, rent gen va kosmik nurlar o‘tganida, shuningdek, radioaktiv moddalar chiqaradigan nurlar tushganida paydo bo‘ladi.
Elektr tokining gazlar orqali o‘tishi elektr gaz zaryadsizlanishi deb ataladi.
Elektr gaz zaryadsizlanishlari ikki asosiy guruhga bo‘linadi: mustaqil va mustaqil bo‘lmagan gaz zaryadsizlanishlari. Musta qil bo‘lmagan elektr gaz zaryadsizlanishida elektronlar va ionlar tashqi manbadan (masalan, gaz yoki havo oralig‘i alanga bilan qizdiriladi, u orqali nurlar o‘tadi, bu oraliqqa kuchli yorug‘lik energiyasi oqimi yoki kuchli elektr maydoni ta’sir qiladi), musta qil elektr gaz zaryadsizlanishida elektronlar va ionlar tashqi man ba yordamisiz hosil bo‘ladi (payvandlash yoyi shunday zaryadsiz- lanish hisoblanadi).
Elektronlar va ionlar hosil bo‘lish jarayoni ionlashish, elekt- ronlari va ionlari bo‘lgan gaz esa ionlashgan gaz deb ataladi. Elektr toki gaz oralig‘i orqali o‘tganida musbat ionlar manfiy qutb (katod)ga, manfiy ionlar esa musbat qutb (anod)ga intiladi. Harakat vaqtida ba’zi ionlar va elektronlar to‘qnashib, neytral lashadi va neytrallangan atom hamda molekulalarni hosil qiladi.
Neytral atomlar va molekulalarning hosil bo‘lish jarayoni qayta kombinatsiyalash (rekombinatsiya) deb ataladi. Qayta kombinat siyalash vaqtida elektromagnit nurlanish tarzida energiya ajraladi. Elektr gaz zaryadsizlanishida elektrod manfiy qutbi (katod) sir tini ionlar bilan bombardimon qilganida, bu sirtga elektromagnit nurlanish ta’sir qilganida, yuqori harorat ta’sirida va elektr may doni qo‘yilganida manfiy qutb (katod) sirtidan tashqi muhitga elektronlar chiqadi. Manfiy qutb sirtidan tashqi muhitga elek tronlar nurlanishi elektron emissiya deb ataladi. Shunday qilib, yoy zaryadsizlanishida ionlar hosil bo‘ladi, gazlarning ionlanishi ga teskari protsess qayta kombinatsiyalash bilan birga elektron emissiya ham bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |