Og‘irlik kuchi tomchining xususiy og‘irligi ta’sirida pastga sil jishga intilishida namoyon bo‘ladi. Pastki vaziyatda payvandlash vaqtida og‘irlik kuchi tomchini payvandlash vannasiga o‘tka zishda musbat rol o‘ynaydi; vertikal holatda, ayniqsa, shipdagi narsalarni payvandlashda bu kuch elektrod metalni o‘tkazish (ko‘chirish)ni qiyinlashtiradi.
Sirt taranglik kuchi tomchining molekular kuchlar ta’sirida o‘z sirtini kichiklashtirishga intilishida namoyon bo‘ladi. Mole kular kuchlar ta’sirida suyuqlik minimal energiya zaxirasiga ega bo‘lgan shaklni egallashga intiladi. Bunday shakl sfera. Shuning uchun sirt taranglik kuchi suyuqlangan metall tomchisiga shar shaklini beradi va bu shaklni suyuqlangan vanna sirti bilan te gishguncha yoki tomchining vannaga tegmagani holda elektrod dan uzilguniga qadar saqlab turadi, metall vannaga tekkandan keyin esa vanna metalining sirt taranglik kuchi tomchini van naga «tortib» oladi. Sirt taranglik kuchi shipdagi narsalarni pay vandlashda vanna suyuq metalining tutib turishiga yordam beradi va bu bilan chokning yaxshi shakllanishi uchun qulay sharoit yaratib beradi.
Elektromagnitaviy maydonning kuchi shundan iboratki, el ektr toki elektrod orqali o‘tib, uning atrofida magnitaviy kuch maydoni hosil qiladi, bu maydon elektrod sirtiga siquvchi ta’sir ko‘rsatib, elektrod ko‘ndalang kesimini kichraytirishga harakat qiladi. Qattiq metalga magnitaviy kuch maydoni ta’sir qilmaydi. Sferik shakldagi suyuqlangan tomchi sirtiga normal ta’sir qiluv- chi magnitaviy kuchlar unga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Elektrod uchida suyuqlangan metall miqdori ortishi bilan sirt tarang lik kuchlari ta’sirida, shuningdek, siquvchi magnitaviy kuchlar ta’sirida suyuqlangan va qattiq elektrod metallari orasida bo‘yin hosil bo‘ladi (2.1.10-rasm).
2.1.10-rasm. Magnit kuch chiziqlarning elektrodni siqish ta’siri sxemasi.
BO‘yin kesimi kamaygan sari tok zichligi keskin ortadi va tomchini elektroddan uzishga intiluvchi magnitaviy kuchlar- ning siquvchi ta’siri zo‘rayadi. Magnitaviy kuchlar tomchining suyuqlangan vannaga qaragan shar sirtiga minimal siquvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Buning sababi shuki, yoyning bu qismida va buyumda tok zichligi katta emas, shuning uchun magnitaviy kuch maydonining siquvchi ta’siri ham katta bo‘lmaydi. Shu tufayli metall hamma vaqt kichik kesimli elektrod (sterjen)dan katta kesimli elektrod (buyum)ga qarab ko‘chadi. Hosil bo‘lgan bo‘yindan tok o‘tayot ganda qarshilikning ortishi tufayli katta miqdorda issiqlik ajrala di, bu issiqlikdan bo‘yin kuchli qiziydi va qaynab ketadi. Bunday o‘ta qizishda hosil bo‘lgan metall bug‘lari tomchi uzilish paytida unga reaktiv ta’sir ko‘rsatadi – tomchining vannaga o‘tishini tez- latadi. Elektromagnitaviy kuchlar fazoning barcha vaziyatlarida payvandlash (pastda, yuqorida, shipda)da ham metalning o‘tishi ga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |