Uo‘K: 62(075) kbk



Download 8,16 Mb.
bet15/146
Sana22.07.2022
Hajmi8,16 Mb.
#839054
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   146
Bog'liq
qolda yoyli payvandlash jihozlari

Anod sohasi. Anod sohasining uzunligi katod sohasinikiga qaraganda katta, kuchlanish gradienti esa kichik bo‘ladi. Anod sohasida kuchlanish tushishi yoy zaryadsizlanish ustunidan elek- tronlarning chiqishi va anodga kirishida ularni tezlatish nati­ jasida vujudga keltiriladi. Anod sohasida asosan, faqat elektron toki bo‘ladi, chunki harakat tezliklari elektronga nisbatan kichik bo‘lgan manfiy zaryadlangan ionlar kam bo‘ladi. Anod sirti­ ga tushgan elektron metalga faqat kinetik energiya zaxirasigina emas, shu bilan birga chiqish ishi energiyasini ham beradi, shu- ning uchun anod yoy ustunidan faqat elektronlar oqimi tarzi­ da emas, issiqlik nurlanishi tarzida ham energiya oladi. Shuning uchun ham anodning harorati hamma vaqt yuqori bo‘ladi va un­ dan ko‘p issiqlik ajraladi.
O‘zgaruvchan tok manbayidan hosil qilingan payvandlash yoyi- ning xususiyatlari. O‘zgaruvchan tok (sanoat chastotasi 50 Gts)
yoyi bilan payvandlashda katod va anod dog‘lari sekundiga 100 marta o‘rin almashadi. Qutbligi o‘zgarganida tok qisman to‘g‘ri­ lanadigan «ventil effekti» yuzaga keladi. Tok uzluksiz o‘zgaruv- chi elektron emissiya tufayli to‘g‘rilanadi, chunki tok yo‘nalishi o‘zgarishida elektroddan va buyumdan emissiya toklarining chi­ qish sharoitlari bir xil bo‘lmaydi.
Bir xil materiallarda tok deyarli to‘g‘rilanmaydi, payvand­ lash yoyida tokning to‘g‘rilanishi o‘zgarmas tokning tashkil etuvchisi deb ataladi va argon yoyi vositasida aluminiy pay­ vandlashda jarayonga salbiy ta’sir qiladi. O‘zgaruvchan tok­ dan hosil qilinadigan payvandlash yoyi o‘zgarmas tokdan hosil qilinadigan payvandlash yoyiga nisbatan turg‘unroq yonadi. Buning sababi shuki, tokning noldan o‘tish jarayonida va qutb- lilik o‘zgarayotganda har bir yarim davrning boshi va oxirida yoy so‘nadi. Yoy so‘nish paytida yoy oralig‘i harorati pasayadi va yoy ustunidagi gazlarning deionlanishini yuzaga keltiradi. Bu bilan bir vaqtda faol dog‘larning harorati ham pasayadi. Harorat, ayniqsa, payvandlash vannasining sirtidagi faol dog‘da pasayib ketadi, chunki bu yerda issiqlik buyumga o‘tib ketadi. Jarayonning issiqlik inersiyasi tufayli harorat pasayishi tokning noldan o‘tishida faza bo‘yicha birmuncha orqada qoladi. Har bir yarim davrning boshida ionlanishning past bo‘lgani tufay­ li yoy faqat elektrod bilan buyum orasida yuqori kuchlanish bo‘lganidagina yonadi, bu kuchlanish yonish piki deb ataladi. Agar katod dog‘i asosiy metalda bo‘lsa, u holda yonish cho‘qqi­ si kattaligi ancha balandroq bo‘ladi. Yonish cho‘qqisi kattaligi­ ga ionlash effektiv potensiali ta’sir ko‘rsatadi: ionlash effektiv potensiali qancha katta bo‘lsa, yonish cho‘qqisi shuncha yuqori bo‘ladi. Agar payvandlash yoyida oson ionlanadigan elementlar bo‘lsa, yonish cho‘qqisi pasayadi va aksincha yoy atmosferasida musbat ionlar bilan osongina neytral molekulalar hosil qiladi­ gan ftor ionlari bo‘lsa, yonish cho‘qqisi ortadi.
O‘zgaruvchan tok payvandlash yoyining asosiy afzalliklari – uskunalarning nisbatan oddiy bo‘lishi va arzon turishi, magni­ taviy shamolning bo‘lmasligi, aluminiyni argon yoyi bilan pay­ vandlashda oksid pardasining katod changlanishi mavjudligidir. Katod changlanish deb buyum katod paytida payvandlash van­ nasining musbat ionlar bilan bombardimon qilinish jarayoniga aytiladi, bu jarayon hisobiga oksid pardasi yemiriladi.
      1. Magnit maydon va ferromagnit massalarning payvandlash yoyiga ta’siri

Payvandlash yoyida yoy ustuni elektr toki o‘tib turadigan va elektr magnitaviy maydon ta’sirida o‘z shaklini o‘zgarti- rib turadigan yumshoq o‘tkazgich deb qarash mumkin. Agar payvandlash yoyi atrofida hosil bo‘ladigan elektromagnitaviy maydon begona magnitaviy maydonlar bilan, payvandlash zan­ jirining xususiy maydoni bilan, shuningdek, ferromagnit ma­ teriallar bilan o‘zaro ta’sir qilishiga sharoit yaratilsa, u holda yoy zaryadsizlanishi o‘zining dastlabki xususiy o‘qidan og‘ishi- ni kuzatish mumkin. Bunda ba’zida payvandlash jarayonining o‘zi ham buzilishi mumkin. Bu hodisa magnitaviy shamol deb nom olgan.
Tashqi magnitaviy maydonning payvandlash yoyiga ta’sirini ko‘rsatuvchi bir qancha misollarni ko‘raylik.

  1. Agar yoy atrofida simmetrik magnitaviy maydon hosil qi­ linsa, yoy og‘maydi, chunki hosil qilingan maydon yoy ustuniga simmetrik ta’sir ko‘rsatadi (2.1.7-rasm, a).

  2. Payvandlash yoyiga buyum orqali o‘tayotgan tok hosil qila- yotgan nosimmetrik magnitaviy maydon ta’sir qiladi, bu holda yoy ustuni tok o‘tayotgan simga qarama-qarshi tomonga og‘adi (2.1.7-rasm, b).





Download 8,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish