MUSTAQIL ISH
Metallarni payvandlashga tayyorlash . Nuqtali payvandlash. Releftli payvandlash
Tekshirdi:
Bajardi:
Metallarni elektr yoy yordamida payvandlash.
Reja:
Rayvandlash yoyi haqida tushuncha
Nuqatli payvandlash
Releftli payvanlash
Elektrod bilan payvandlanadigan metall oralig’idagi ionlashgan gaz va bug’ muxitidan o’tib turuvchi kuchli elektr razryadiga payvandlash yoyi deyiladi.
Yoyning tashqi ko’rinishi uning yonish sharoiti bilan belgilanadi.
Agar elektr payvandlash yoyining sxemasiga nazar tashlasak, (1-rasm), yoy metall elektrod 1 bilan payvandlanayotgan metall 2 orasida yonib metall vannasi 3 ni hosil qilishini ko’ramiz. Yoy ustunida temperatura 60000 ga, anod va katod uyalarida esa 2000-30000 ga yetadi. Yoy hosil qilish uchun elektrod uchini asosiy metallga bir on qisqa tutashtirib 3-4 mm uzoqlashtirish kifoya. Bu prosessni tushunib olish uchun yoy hosil qilish ketma-ketligini kuzatamiz. (2-rasm).
Ma’lumki, elektrodni metallga
tekkizishda uning tegib turgan nuqtalaridagi zichligi nihoyatda katta (20-100 a/mm2)
1-rasm.Payvandlash yoyining bo’lgan tok
ayrim-ayrim kontakt nuqtalaridan sxemasi:
1-elektrod; 2-payvandlanadigan o’tib,
ularni shu ondayoq suyuqlantirib metall; 3-vanna
yuboradi. (2-rasm: a). Natijada elektrod bilan metall orasida suyuq metallning yupqa pardasi hosil bo’ladi. (2-rasm: б).
2-rasm. Metall elektrod bilan payvandlanuvchi metall orasida elektr yoyini yondirish sxemasi:
a-elektrodning qisqa tutashuvi; б-yupqa suyuq metall pardasining hosil bo’lishi; в-bo’yin hosil bo’lishi; г-elektr yoyning hosil bo’lishi
Keyingi daqiqada, ya’ni payvandchi elektrodni yanada uzoqlashtirishida suyuq metallda bo’yin hosil bo’ladi. (2-rasm: в). Bo’yinda tok zichligi, binobarin, metall temperaturasi yanada ortadi, bu esa suyuq, metallning bug’lanishiga olib keladi va natijada bo’yin uziladi va oraliq gazlar bug’larga to’ladi.
Elektrod (katod)ning qizigan yuzasidan elektronlar (elektrik maydon ta’sirida) katta tezlikda uchib chiqib, asosiy metall (anod) tomon harakatida oraliqdagi gaz molekulalari (metall bug’i atomlari) bilan urilib, ularni ionlashtiradi. Natijada, yoy oralig’idagi muhit elektr o’tkazgich muhit bo’lib qoladi va u orqali elektr toki o’taveradi (razryad mavjud bo’ladi).
Ma’lumki, gaz va bug’lar odatdagi fizikaviy sharoitlarda elektrik neytral muhit hisoblanadi. Gazda elektr zaryadlari bo’lgan zarrachalar mavjud bo’lgani taqdirdagina undan elektr toki o’ta boshlaydi. Gazda elektronlar, musbat ionlar, manfiy ionlar bo’lganda bunday gaz ionlashgan gaz deb ataladi. Moddaning elektr toki bilan zaryadlangan zarrachalari ionlashgan gaz muhitida elektr energiyasini tashiydi.
Elektrod bilan asosiy metall orasida harakatdagi elektronlar gazni ionlashtirishi 3-rasmdagi sxemada ko’rsatilgan.
Faraz qilaylik, katod yuzasidan erkin elektronlar uchib chiqa boshlagan bo’lsin. Bu hodisa elektronlar emissiyasi deb ataladi. Elektr maydoni ta’sirida katod zonasida elektronlar harakati keskin sur’atda tezlashadi. Katta harakat energiyasiga ega bo’lgan elektronlar gazning neytral atomlariga kelib urilganda nisbatan og’ir va shuning uchun ham unchalik harakatchan bo’lmagan atom qobig’idan bir yoki bir necha elektronni urib chiqaradi. Ana shu elektronlar musbat zaryadlangan anodning elektr maydoni ta’sirida nisbatan sekinroq tezlikda anodga tomon harakatlanadi.
Manfiy ionlarni hosil qila olish mumkin bo’lmagani uchun ionlashgan gazlarda manfiy ionlar musbat ionlarga qaraganda kamroq bo’ladi. Zaryadlangan zarrachalarning gaz va bug’lar muhitida bo’ladigan yuqorida bayon etib o’tilgan prosessi hajmiy ionlashish deb ataladi.
Yоyning issiqlik harakteristikasi
Ma’lumki, elektrik yoydan juda katta issiqlik ajraladi va bu issiqlik payvandlanayotgan metall bilan elektrod uchini suyuqlantiradi. Yoyning to’la issiqlik quvvati quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi.
qe = 0,24 · I · U kal/sek yoki m/sek
bu yerda 0,24- elektrik kattaliklarning birliklarini issiqlik kattaliklari yoyning kuchlanishi.
Shuni qayd etish lozimki, payvandlashda yoy issiqligining 20 prosenti tashqi muhitga o’tish sababli yoyning effektiv issiqlik quvvati bir muncha kamayadi va uni tubandagi formula bilan aniqlanadi.
qe = 0,24 I · U · η kal/sek
bu yerda η – harfi bilan metallarni yoy yordamida qizdirishning effektiv foydali ish koeffisiyenti ifodalangan. η ning qiymati payvandlash usuliga, elektrodning xiliga va boshqa ko’rmatkichlarga bog’liq. Masalan. Dastaki payvandlashda 0,5 – 0,8, flyus ostida avtomatikaviy payvandlashda 0,8 – 0,95 belgilanadi. Payvandlash yoki barqaror yonishi uchuntok kuchi, kuchlanish va yoy uzunligi orasida ma’lum nisbat bo’lmog’i lozim va bu nisbat tokning xiliga, kuchiga, elektrodlarning materialiga, tashqi muhitning harakteriga bog’liq. Yoy yondirilganda va yoy barqaror yonayotgan paytda kuchlanish bilan tokning o’zgarishi uning volt-amper harakteristikasi bilan ifodalanadi va bunga ko’ra tok manbaalariga talablar qo’yiladi.
Payvandlash rejimini belgilash
Metallarni dastaki usulda payvandlashda payvandlash rejimining asosiy parametri payvandlash toki bo’lib, uning qiymati elektrodning diametriga va xiliga ko’ra belgilanadi va tubandagi formula bo’yicha aniqlanadi:
J = kd
Bu yerda d – elektrod diametri, mm; k – koeffisiyent, a/mm; kam uglerodli po’latlarni, metall elektrod bilan payvandlashda esa 5-8 a/mm olinadi. Elektrod simning diametri payvandlanadigan metall qalinligiga ko’ra quyidagi jadvalga qarab belgilanadi: ]
Do'stlaringiz bilan baham: |