Uo‘K: 62(075) kbk



Download 8,16 Mb.
bet5/146
Sana22.07.2022
Hajmi8,16 Mb.
#839054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146
Bog'liq
qolda yoyli payvandlash jihozlari

1.6-rasm. Flus ostida payvandlash chizmasi:
1 – payvandlanayotgan detal; 2 – flus qatlami; 3 – payvandlash simi; 4 – payvandlash yoyi; 5 – erigan flus; 6 – shlak qatlami; 7 – flus qoldig‘i; 8 – payvand chok; 9 – payvandlash vannasi.


    1. Himoya gazlar muhitida payvandlash

Himoya gazlar muhitida payvandlash – bu yoyli payvandlash, bunda yoy va erigan metall, ayrim hollarda soviyotgan chok, pay­ vandlash zonasiga maxsus qurilma bilan yetkazib berilayotgan hi­ moya gazlar ta’sirida bo‘ladi, ya’ni havo ta’siridan himoyalanadi. Himoya gazlar muhitida payvandlash g‘oyasini XIX asr oxirida
N.N. Benardos taklif etdi. XX asrning 20-yillarida AQSHda mu­ handis Aleksander va fizik Lengmyur gaz aralashmalarida o‘zakli elektrod bilan payvandlashni amalga oshirishdi. 1925-yilda Leng­ myur erimaydigan volfram elektrod bilan himoya muhiti sifatida vodorodni, ya’ni atom-vodorodli payvandlash usuli sifatida yoy­ li payvandlashning bilvosita ta’siri orqali payvandlashni ishlab chiqdi. XX asrning 40-yillarida Aviatsion Texnikasi Ilmiy Tad­ qiqot Institutida inert gaz muhitida volfram elektrod bilan pay­ vandlash ishlab chiqildi. 1949-yilda elektr payvandlash institutida ko‘mir elektrodi bilan karbonat angidrid gaz muhitida payvand­ lash ishlab chiqildi.
Himoya gazlar muhitida payvandlashni eriydigan va erimay­ digan elektrodlar bilan amalga oshirsa bo‘ladi.
Himoya gazlar muhitida erimaydigan elektrod bilan payvand­ lash – bu jarayonda issiqlik manbayi sifatida yoyli razryad qo‘lla­ niladi, yoyli razryad buyum va volframli, ko‘mirli, grafitli elek­ trodlar orasida qo‘zg‘atiladi.

Himoya gazi


Himoya gazi
a) b)
1.7-rasm. Himoya gazlar muhitida payvandlash jarayonining chizmasi:
a – erimaydigan elektrod bilan; b – eriydigan elektrod bilan; 1 elektrod; 2 soplo; 3 yoy; 4 chok metali; 5 buyum.

Himoya gaz muhitida eriydigan elektrod bilan payvandlash – bunda yoyli payvandlashda eriydigan elektrod qo‘shimcha metall sifatida xizmat qiladi.


Himoya gaz muhitida eriydigan elektrod bilan payvandlashda yoyli razryad, eriyotgan sim uchida va buyumda hosil bo‘ladi. Sim payvandlash muhitiga maxsus mexanizm yordamida uning erish tezligi baravarida uzatiladi; bu bilan yoy uzunligi oralig‘i uzluksiz bo‘ladi. Erigan elektrod simining metali payvandlash vannasiga o‘tadi va shu bilan chok hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
    1. Elektr-shlak payvandlash

Elektr-shlak payvandlash – bu eritib payvandlash usuli bo‘lib, bunda chokni qizdirish uchun, issiqlik, erigan shlak orqali o‘tay­ otgan elektr tok yordamida qizdiriladi.
Elektr-shlak payvandlash usuli XX asrning 50-yillarida Ukrai­ na Fanlar Akademiyasining Elektr payvandlash institutida ishlab chiqildi. 1949-yilda G.Z. Voloshkevich birinchi bo‘lib elektrod simlari bilan elektr-shlak payvandlashni amalga oshirdi. 1955-yil­ da Yu.A. Sterenbogen Novokramator mashinasozlik zavodida sa­ noat sharoitida yassi elektrodlar bilan elektr-shlak payvandlashni birinchi bo‘lib amalga oshira oldi.


Download 8,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish